Tilshunoslik nazariyasi


Moskva lingvistik maktabi



Download 8,91 Mb.
bet50/68
Sana13.03.2023
Hajmi8,91 Mb.
#918502
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   68
Bog'liq
d7ce2bb58815cc4ad9a9ffeb4f6d413e “TILSHUNOSLIK NAZARIYASI” FANIDAN O‘QUV-USLUBIY MAJMUA (Moodle tizimi rejasi asosida)

1. Moskva lingvistik maktabi F. F. Fortunatov (1848-1914) tomonidan boshqarilgan. Fortunatov yosh grammatikachilar bilan bir qatorda tovush evolyusiyasi muammosi bilan shug‘ullanadi. Individual-psixologik pozitsiyada turuvchi yosh grammatikachilarga qarshi F. Fortunatov tilning ijtimoiy xarakterini va til tarixining jamiyat tarixi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi.
F. F. Fortunatov til va tafakkur birligiga katta e’tibor berib, shu asosda tilni o‘rganishning aniq masalalarini echadi. F. F. Fortunatov so‘z strukturasi muammosini, grammatik nazariya talqinini berib, tilshunoslik taraqqiyotiga katta xizmat qildi. Bundan tashqari, tildagi shakl haqida original ta’limot yaratdi. Moskva universitetida o‘qituvchilik qilib yurgan davrida o‘z maktabini yaratdi.
F. F. Fortunatovning e’lon qilingan asarlari ko‘p emas. Uning qarashlari «Hind-Evropa tillarining qiyosiy grammatikasidan bir necha sahifa», «Qiyosiy tilshunoslik», «Hind-Evropa tillarining qiyosiy morfologiyasi (turlanish va tuslanish)» kabi asarlarida o‘z ifodasini topgan.
F. F. Fortunatovning til va til hodisalari haqidagi qarashlari quyidagilardan iborat:

  1. YOsh grammatikachilar ta’siri ostida tilning tashqi va ichki tarixi haqidagi ta’limotni yaratdi. U bir tomondan tilni ijtimoiy hodisa deb, uning taraqqiyotini jamiyat taraqqiyotida ko‘rsa, ikkinchidan, tilni har bir shaxsning individual faoliyati bilan bog‘laydi.

  2. So‘zning ma’no tomoni haqida gap borganda, u so‘zning real va formal ma’nosi haqida yozadi. Real ma’no, uningcha, faktning o‘ziga, ob’ektiv borliqqa aloqador bo‘lsa, formal ma’no tilning o‘ziga aloqadordir. So‘zning ongda formal va leksik ma’noli qismlari mavjud.

  3. Olimning shakl (forma) haqidagi ta’limoti izchil emas. Uning so‘z shakli haqidagi fikri ikki xil: 1) so‘zlarning negiz va affikslarga bo‘linish qobiliyati shakldir; 2) so‘zlarning affikslarga ko‘ra farqlanishi shakl haqidagi birinchi fikrga asoslanishi lozim.

  4. So‘z turkumi atamasiga qarshi chiqib, uning o‘rniga so‘zlarning grammatik turkumi deb nomlash kerak, deydi.

U grammatik jihatdan so‘zlarni uchga bo‘ladi:
A. Ayrim to‘la so‘zlar. Uni o‘z navbatida: a) so‘z o‘zgartirishga ega bo‘lgan so‘zlar va b) o‘zgarmaydigan so‘zlarga bo‘ladi.
B. To‘la bo‘lmagan so‘zlar.
V. Undovlar.
To‘la so‘zlar shakliga ega bo‘lganlariga ot, fe’l, sifat, olmoshlarni kiritadi.
5.Rus tilshunosligida etimologiya nomi bilan atalib kelgan bo‘limni morfologiya deb atadi. Morfologiya ayrim so‘zning shakllari haqidagi ta’limot bo‘lsa, sintaksis so‘z birikmalari shakli haqidagi ta’limotdir.
Leksikologiya so‘zlarning real ma’nolarini o‘rgansa, grammatika formal ma’nolarini o‘rganadi va u tilning shakli haqidagi ta’limotdir. Tilning tovush tomoni haqidagi ta’limot esa mustaqil bo‘limni tashkil qiladi.
So‘zning grammatik shakli, so‘z shakllarining tuzilishiga ko‘ra, sintetik, analitik, aralash shakllari, so‘z birikmasi shakli, gap bo‘lagi va gap shakllari mavjud.
6. So‘z o‘zgartirish paradigmalarida shakllardan ba’zilarining formal qismi, yani affiksi bo‘lmasligi mumkin. Paradigmadagi bunday so‘z shakli yuqorida keltirilgan birinchi qarashga sig‘may qoladi. Masalan, otning bosh kelishik shakli. Affikssiz holatni shakl deyish bilan amalda asos qilib olingan mezondan chekinib, so‘zning nutqdagi umumiy ko‘rinishini butunicha shakl deb hisoblash kerak, degan mezonga asoslanadi.
So‘zning negiz va affikslarga bo‘linish imkoniyatini haqiqatdan ham, uning qiyofasi, yaxlitligi, bir butunligi bilan qanday qilib tenglashtirish mumkin? SHakl tushunchasi goh bir butunlikni inkor qilishga asoslansa, goh beixtiyor ravishda bir butun so‘zni e’tirof qilishga asoslanadi.
F. F. Fortunatov ajoyib tilshunoslarni, shogirdlarni etishtirdi. Ular qatorida A. A. SHaxmatov, M. M. Pokrovskiy, V. K. Porjezinskiy, A.Tomson, A. M. Peshkovskiy, D. N. Petersonlarni ko‘rsatish mumkin. Moskva lingvistik maktabini o‘rganishning ahamiyati shundaki, u chet ellarga ham mashhur edi.

Download 8,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish