Buxoro davlat universiteti
Filologiya va tillarni o’qitish o’zbek tili: ta’lim yo’nalishi
6.5uzb21guruh talabasi
Yo’ldosheva Mubinaning
“Tilshunoslik nazariyasi” fanidan
tayyorlagan
Mustaqil ishi
O’qituvchi: Toirova G.
Mavzu: Lotin yozuvi imlo qoidalarini o’zlashtirish.
1-diogramma
2-diogramma
3-Topshiriq
Matnda tushurib qoldirilgan tinish belgilarini qo’yib, to’ldiring.
BORINGNI ATROFDAGILAR BILAN BAHAM KO‘R
Yodingda tut derdi onam Senda neki bo‘lsa atrofdagilar bilan baham ko‘r. Hatto isrof bo‘lishini bilsang-da berishdan iymanma Hayotingda kimki uchrasa barchasiga muruvvatli bo‘l. Shunda hech kim hech narsangni o‘g‘irlamaydi boisi agar sen o‘g‘riga bersang u sendan berkinmaydi va o‘z illatidan andisha qiladi.
To’g’ri javob
BORINGNI ATROFDAGILAR BILAN BAHAM KO‘R
Yodingda tut, — derdi onam, — Senda neki bo‘lsa, atrofdagilar bilan baham ko‘r. Hatto isrof bo‘lishini bilsang-da, berishdan iymanma. Hayotingda kimki uchrasa, barchasiga muruvvatli bo‘l. Shunda hech kim hech narsangni o‘g‘irlamaydi, boisi agar sen o‘g‘riga bersang, u sendan berkinmaydi va o‘z illatidan andisha qiladi.
4- topshiriq
Quyidagi so’zlarni mos jadvallarga joylashtiring.
Kuydi pishdi, to’ppa to’g’ri, aytib ber, u yerda, bira to’la, o’g’limey, so’rab qo’y, tim qora, qip qizil, yam yashil, liq to’la, rang barang, dum dumaloq, to’ qizil, jiqqa ho’l, har kim, to’ppa to’g’ri, hamma vaqt, ochiqdan ochiq, bab baravar, yashi yu.
Chiziqcha bilan yozish
|
Ajratib yozish
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
To’g’ri javob
Chiziqcha bilan yozish
|
Ajratib yozish
|
Kuydi-pishdi
|
Aytib ber
|
Qip-qizil
|
Hamma vaqt
|
Yam-yashil
|
Har kim
|
To’ppa-to’g’ri
|
To’q qizil
|
Bab-baravar
|
Jiqqa ho’l
|
Yaxshi-yu
|
Liq to’la
|
O’g’lim-ey
|
Tekindan tekin
|
5-topshiriq
1.O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari nechanchi yil tashkil etilgan?
(1995-yil 24-avgustda)
2. O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari nechchi bobdan iborat?
(8bob 82 moddadan iborat)
3. Xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh,kam, unum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so'zlar qanday yoziladi?
(Xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, unum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so'zlar yordamida yasalgan qo'shma ot va qo'shma sifatlar qo'shib yoziladi: qabulxona, tabriknoma, taklifnoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, orom- baxsh, kamquvvat, bug'doyrang, umumxalq, sovuq- mijoz, devsifat, suvtalab kabi.)
4. Belgini kuchaytiruvchi qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi, to'ppa-to'g'ri, bab- barobar kabi so'z shakllari qanday tartibda yoziladi (lekin oppoq so'zi qo'shib yoziladi)?
(Belgini kuchaytiruvchi qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, kuppa-kunduzi, to'ppa-to'g'ri, bab- barobar kabi so'z shakllari chiziqcha bilan yoziladi (lekin oppoq so'zi qo'shib yoziladi).
5. Ko'makchilar qay tartibda yoziladi.
. Ko'makchilar ajratib yoziladi: shu bilan, soat sayin, borgan sari, bu qadar, кип bo yi kabi. Lekin bilan ko'makchisining -la shakli, uchun ko'mak- chisining -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: sen-la, sen-chun kabi.
6. Murakkab son qismlari qanday yoziladi?
Murakkab son qismlari ajratib yoziladi: o'n bir, besh yuz, qirq ming olti yuz bir, bir ming yetti yuz sakson beshinchi kabi.
7. Takror taqlid so'zlarga qo'shimcha qo'shish bilan yasalgan ot va fe'llar qanday yoziladi?
Takror taqlid so'zlarga qo'shimcha qo'shish bilan yasalgan ot va fe'llar qo’shib yoziladi: pirpi- rak (pir-pir+ak), hay hay la (hay-hay+la), gijgijla (gij-gij+la) kabi.
8. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo'sh- ma otlar qanday yoziladi?
Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo'sh- ma otlar qo'shib yoziladi: kiryuvdi, kelintushdi, qoryog'di, Urto'qmoq, Ochildasturxon kabi.
9. Narsani uning rangi, mazasi, o'zidagi biror rnrsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qo’shma otlar qanday yoziladi..
Narsani uning rangi, mazasi, o'zidagi biror rnrsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qo’shma otlar qo'shib yoziladi: olaqarg'a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi.
10. Tartib son arab raqamlari bilan yozilsa qanday yoziladi?
Tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo'shimchasi o'rniga chiziqcha (-) qo'yiladi: 7- sinf, 5- „А" sinfl, 3-, 7-, 8- sinf о 'quvchilari, 60- yillar, 1991- yilning 1- sentabri kabi. Tartib sonni ko'rsa- tuvchi rim raqamlaridan keyin chiziqcha yozil- maydi: XX asr, X sinf kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |