Tilshunoslik nazariyasi
dan ma’ruzalar to’plami
Saloxiddin SUYUNBOYEV
Fikr-mulohazalar uchun:
+99899 700 42 97 Sahifa | 21
birliklarining yig’indisi va ana shu birliklardan foydalanish qoidalaridan tashkil
topgan murakkab tizimdir. Til tizimini tashkil etuvchi birliklarning o‘zaro
munosabati va bog’lanish qonuniyatlari murakkab hamda ko‘p qirralidir. Garchi
til yaxlit tizim bo‘lsa-da, bu tizim o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lgan, til tizimining
tarkibiy qismlari hisoblangan sathlar birligan iborat. Har bir sathning o‘z
birliklari va tushunchalari bo‘lib, ular bir-biridan farqlanib turadi. Masalan,
fonetik-fonologik sath lug‘at sathidan, lug‘at sathi grammatik sathdan farqlanadi.
Ammo, ushbu sathlar o‘zaro bog‘liq ravishda butun til tizimini tashkil etadi. Til
tizimini tashkil etgan asosiy sathlar quyidagilar:
1. Fonetik-fonologik sath.
2. Lug‘at sathi.
3. Grammatik sath.
Fonetik-fonologik sath.
Tilning bu sathi til tizimidagi nutq tovushlarini o‘rganadi. Fikr almashish uchun
foydalaniladigan so‘zlar va gaplar, albatta, tovushlar tizimida o‘z ifodasini
topadi. Tilning tovush tizimini turli tomondan o‘rganish mumkin, chunki nutq
tovushlari o‘z tabiatiga va til tizimida bajaradigan funksiyasiga ko‘ra murakkab
hodisadir. Inson nutqining tovushlari fizik xususiyatlariga ko‘ra tabiatda paydo
bo‘ladigan tovushlarning bir turidir. Shuning uchun tovushlar tizimini
o‘rganishda akustik nuqtayi nazardan ham yondashiladi. Ammo, inson
foydalanadigan tovushlar, tabiatdagi boshqa tovushlardan farqli o‘laroq,
kishining nerv sistemasi tomonidan boshqarilib turadigan nutq organlari
mahsulidir. Shuning uchun, tovushlar fiziologik nuqtayi nazardan ham
o‘rganiladi. Nihoyat, tovushlarni tildagi bajaradigan funksiyasi nuqtayi nazaridan
ham o‘rganish mumkin, chunki tovushlar tilda o‘z holicha mavjud bo‘lmaydi.
Ular so‘zlarni yasashda va fikr almashish vositasini ta’minlab berishda muhim
rol o‘ynaydi. Tovushlarning fizik va biologik xususiyatlarini fonetika fani
o‘rganadi. Tovushlarning til tizimida bajaradigan funksiyalarini esa fonologiya
o‘rganadi. Fonetikaning bir necha ko‘rinishlari bor: nazariy fonetika, amaliy
fonetika, segmental, supersegmental fonetika va fonologiya. Fonetikaning
to‘rtinchi asosiy sohasi hisoblanmish fonologiya alohida fan sifatida qaraladi.
Fonetika tilning boshqa qismlari va sathlari bo‘lgan morfologiya va sintaksis,
leksika va uslubiyat bilan uzviy bog’liqdir. Nutq fonetik jihatdan fraza, takt,
bo‘g’in va nutq tovushlariga ajraladi. Fraza nutqning eng katta fonetik birligi
bo‘lib, ikki tomondan pauza bilan chegaralanib, o‘ziga xos ohangga ega bo‘ladi.
Frazalar taktdan tashkil topgan bo‘ladi. Frazaning ikki kichik pauza orasiga
Do'stlaringiz bilan baham: |