U Qozonda 9 yil, Yuryevda 10 yil, Krakovda 5 yil, Peterburgda 18 yil ishladi. Peterburgda ishlagan paytda L.V.Shcherba, A.P. Barannikov, V.V.Radlov kabi mashhur tilshunoslarni, Varshavada ijod qilgan paytlarida esa V.Doroshevskiy, N.V.Krushevskiy singari olimlarni yetishtirgan. V.Doroshevskiy semasiologiya, leksikografiya va leksikologiya, til va tafakkur, axborot nazariyasi hamda so‘zlarning lug‘aviy tahlili kabi masalalar bilan shug‘ullangan ko‘zga ko‘ringan olim. N.V.Krushevskiy fonetikaning eng muhim vazifasi bobo tilning tovush sistemasini qayta tiklash emas, balki ma’lum tilning tovushlari harakterini, ularning o‘zgarish qonuniyatlarini, yo‘qolish va yangi tovushlarning paydo bo‘lish sharoitlarini o‘rganishdir, deb hisoblaydi. Qozon maktabi vakillari bilan til faoliyatining psixik, fonetik tomonlari hamda fonologiya masalalari bilan shug‘ullanadi. U tilshunoslikka fonema nazariyasi va atamasini kiritdi. Uning shogirdi V.A. Bogorodiskiy eksperimental fonetika asoschilardan biri hisoblanib, Qozon universiteti qoshida Rossiyada birinchi bo‘lib fonetik laboratoriya tashkil qilgan, so‘zlardagi morfologik qayta bo‘linish, soddalashish, singarmonizm hodisalari bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borgan, turkiy tillar tadqiqi bilan ham shug‘ullangan. - U Qozonda 9 yil, Yuryevda 10 yil, Krakovda 5 yil, Peterburgda 18 yil ishladi. Peterburgda ishlagan paytda L.V.Shcherba, A.P. Barannikov, V.V.Radlov kabi mashhur tilshunoslarni, Varshavada ijod qilgan paytlarida esa V.Doroshevskiy, N.V.Krushevskiy singari olimlarni yetishtirgan. V.Doroshevskiy semasiologiya, leksikografiya va leksikologiya, til va tafakkur, axborot nazariyasi hamda so‘zlarning lug‘aviy tahlili kabi masalalar bilan shug‘ullangan ko‘zga ko‘ringan olim. N.V.Krushevskiy fonetikaning eng muhim vazifasi bobo tilning tovush sistemasini qayta tiklash emas, balki ma’lum tilning tovushlari harakterini, ularning o‘zgarish qonuniyatlarini, yo‘qolish va yangi tovushlarning paydo bo‘lish sharoitlarini o‘rganishdir, deb hisoblaydi. Qozon maktabi vakillari bilan til faoliyatining psixik, fonetik tomonlari hamda fonologiya masalalari bilan shug‘ullanadi. U tilshunoslikka fonema nazariyasi va atamasini kiritdi. Uning shogirdi V.A. Bogorodiskiy eksperimental fonetika asoschilardan biri hisoblanib, Qozon universiteti qoshida Rossiyada birinchi bo‘lib fonetik laboratoriya tashkil qilgan, so‘zlardagi morfologik qayta bo‘linish, soddalashish, singarmonizm hodisalari bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borgan, turkiy tillar tadqiqi bilan ham shug‘ullangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |