1.Rustam dehqonchilikni tilini yaxshi biladi.
2.Doktor kasalning tilini chiqarib ko‘rdi.
Keltirilgan misoldagi "til" so‘zining birinchi gapdagi ma’nosi
ko‘chma ma’no bo‘lib, figural ma’no hisoblanadi. Ikkinchi gapdagi ma’nosi
so‘zning o‘z ma’nosi bo‘lib, nominativ ma’no hisoblanadi.
Ko‘rinadiki, nominativ ma’no va figural ma’no munosabati ham
polisemantik
so‘z ma’nolari uchun harakterli. Polisemantik so‘z
ma’nolaridan faqat yasama ma’nogina figural ma’no bo‘la oladi. Lekin
yasama ma’nolar doirasida ham figural ma’no nominativ ma’noga nisbatan
kam miqdorni tashkil qiladi.
Nutqda reallashish holatiga ko‘ra leksik ma’no ikki turga bo‘linadi: erkin
ma’no va bog‘li ma’no.
1
Erkin ma’no narsa, belgi, harakat bilan bevosita bog‘lanadigan ma’no
bo‘lib, uning reallashuvi ma’lum kontekstga, so‘z qurshoviga bog‘liq
bo‘lmaydi. Masalan, o‘yin so‘zining raqs ma’nosi, yugurmoq so‘zining
chopmoq ma’nosi erkin ma’no hisoblanadi. Bu ma’nolar hech qanday
qo‘shimcha vositaga bog‘liq bo‘lmagan holda reallasha oladi. Xuddi shu
xususiyatiga ko‘ra bu tipdagi leksik ma’no erkin ma’no deyiladi.
Bog‘li ma’no ma’lum so‘z yoki so‘zlar qurshovidagina reallashadi. Bu
ma’no voqelik bilan bevosita bog‘lana olmaydi. So‘zning bog‘li ma’nosini
qo‘llanish doirasi juda chegaralangan bo‘ladi, ya’ni u shu bog‘liq ma’noni
reallashtiradigan so‘z yoki so‘zlar bilangina bog‘lana oladi. Masalan,
yuqoridagi o‘yin, yugurmoq so‘zlarining quyidagi gaplarda bildiradigan
1
Ўзбек тили лексикологияси. Т., 1981, 207–бет.
15
ma’nosi bog‘li ma’no hisoblanadi:
1. Qizniki qiyin bilan, o‘g‘ilniki o‘yin bilan bitar.
2. U qaynonasining ko‘nglini olish uchun ozmuncha yugurmadi.
Bu misollarda “o‘yin”,”yugurmoq” so‘zlariga xos ma’no ular bilan
qo‘llanayotgan "bilan bitar", "ko‘nglini olish uchun", so‘zlari yordamida
reallashyapti, ya’ni ma’noning reallashuvi shu so‘zlarning qo‘llanishi bilan
bog‘liq. Xuddi shu sababli bu ma’nolar bog‘li ma’no hisoblanadi.
3-§. Leksik ma’noning taraqqiyot yo‘llari
Har qanday so‘z paydo bo‘lishi bilanoq, ma’lum bir tovush qiyofasi, leksik
ma’nosi bilan yuzaga keladi. Demak, leksik ma’no semantik strukturada so‘zning
paydo bo‘lishidanoq mavjud bo‘ladigan komponent hisoblanadi. Qo‘shimcha
ottenkalar, shuningdek, stilistik belgilar esa, odatda, so‘z semantik strukturasi
taraqqiyotining (umuman, so‘z hayotining) keyingi bosqichlariga xos, so‘z paydo
bo‘lgandan keyingi davrlarda yuzaga keladigan hodisalardir.
So‘zning har qanday leksik ma’nosi ma’lum sabab, talab bilan yuzaga keladi va
har qanday leksik ma’noning yuzaga kelishi o‘z asos va qonuniyatlariga ega.
So‘zning yangi ma’nosi hamma vaqt ham yangi paydo bo‘lgan narsa-hodisalarni
ifodalash talabi bilangina emas, balki aslida bor bo‘lgan narsa-hodisalarni ifodalash
talabi bilan ham yuzaga keladi. Aslida, bor narsa hodisalarni yana boshqa so‘zlar
bilan atashning o‘ziyoq ma’lum talab bilan, uni qandaydir o‘zgachalik bilan ifodalash
talabi natijasida namoyon bo‘ladi.
Narsa-hodisalardagi o‘ziga xoslikni to‘liqligicha ifodalash, unga munosabatni
aniq ifodalash talabi bilan so‘zlarning tanlanishi, shunga xoslanish natijasida so‘zlar u
yoki bu ottenkani kasb etadi, uslubning ma’lum turiga xoslanadi. So‘z semantik
strukturasining qo‘shimcha ottenkalar va stilistik belgi hisobiga boyishi
sinonimiyaning rivojlanishiga olib keluvchi omil hisoblanadi. Sinonimiya esa tilning
rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi omillardan biridir.
16
Leksik ma’noning taraqqiyoti, odatda, bir predmetning, belgining, harakatning
nomini boshqa predmetga, belgiga, harakatga ko‘chirish yo‘li bilan sodir bo‘lishini
yuqorida ko‘rib o‘tdik. Bundan tashqari, leksik ma’no hajmining taraqqiyotini ham
nazarda tutish lozim. Leksik ma’no hajmidagi taraqqiyot ikki xildir:
a) leksik ma’no hajmining kengayishi;
b) leksik ma’no ‘hajmining torayishi.
1. Leksik ma’no hajmining kengayishida tor doiradagi voqelikni
atovchi so‘z keng doiradagi voqelikni atash uchun xizmat qiladi. Masalan,
"o‘q" so‘zi aslida "kamonning o‘qi" ma’nosini anglatgan. Keyinchalik
"miltiq
patroni",
"snaryad"
kabi
ma’nolarni
ham
anglatib,
leksik ma’no hajmini kengaytiradi.
Konkret ma’noning abstrakt ma’noga o‘tishi ham leksik ma’no hajmining
kengayishi hisoblanadi. Masalan, "otlanmoq" aslida ko‘chmanchilik davri uchun xos
konkret bir harakatni (boshqa joyga ko‘chish uchun otga minish, otga yuklanishni)
atagan. Hozir esa umuman "bir joyga borish uchun hozirlanish" ma’nosiga ko‘chgan.
Bu holatda avvalgi konkret ma’no o‘rnini abstrakt ma’no egallagan.
Atoqli otni turdosh otga (yoki boshqa bir turkumga) aylanishi ham leksik ma’no
hajmining kengayishi hisoblanadi. Bunday holat hozirgi o‘zbek tili uchun tipik emas.
Masalan, Don-Juan - ispan legendasining qahramoni, "donjuan"- ishqiy sarguzashtlar
shaydosi. Yoki Rentgen - olim, rentgen – apparat kab.
2. Leksik ma’no hajmining torayishida keng doiradagi voqelikni
atovchi so‘z tor doiradagi voqelikni atash uchun xizmat qiladi. Masalan,
turdosh otning (yoki boshqa biror turkumga xos so‘zning) atoqli otga
aylanishi ham leksik ma’noning torayishi sanaladi. Po‘lat (atoqli), po‘lat
(turdosh ot), O‘tkir (atoqli ot), o‘tkir (turdosh), ergash (fel), Ergash (atoqli
ot).
Ma’lumki, leksik ma’no bir necha tomondan baholanadi. Avvalo,
etimologik leksik ma’no va etimologik bo‘lmagan leksik ma’no farqlanadi.
17
Etimologik leksik ma’no o‘z-o‘zidan etimologiyada o‘rganiladi. Etimologik
bo‘lmagan leksik ma’no ikki turga bo‘linadi :
a) eski leksik ma’no;
b) hozirgi leksik ma’no.
Tarixiy leksikologiyada eski leksik ma’no tadqiq etiladi. Hozirgi leksik
ma’no esa tasviriy leksikologiyada o‘rganiladi. Til taraqqiyotining
o‘rganilayotgan bosqichida mavjud bo‘lgan leksik ma’noga shu davrning
o‘ziga qarata hozirgi leksik ma’no deyiladi. So‘zning hozirgi leksik ma’nolari
quyidagicha tasnif etiladi:
1) bosh ma’no va yasama ma’no;
2) to‘g‘ri ma’no va ko‘chma ma’no;
3) nominativ mano va figural (majoziy) mano;
4) erkin ma’no va bog‘liq ma’no.
So‘zning leksik ma’nolari sistemasida, avvalo, bosh ma’no va yasama
ma’no farqlanadi. Bosh ma’no boshqa bir leksik ma’noning taraqqiy etib
chiqishi uchun asos bo‘lgan ma’nolardir. Bosh ma’noning taraqqiyoti
natijasida yuzaga kelgan ma’no yasama ma’no hisoblanadi. Masalan, "ochiq"
so‘zining bosh ma’nosi - berklanmagan ( yopiq so‘zining antonimi): ochiq
eshik kabi. Quyidagi ma’nolar shu bosh ma’nodan taraqqiy etib chiqqan
yasama ma’nolardir:
1) "tushunarli", "aniq", "yashirmay ochiq gapirmoq", "qo‘li ochiq" kabi.
2) "Unli tovush bilan tugallanuvchi": ochiq bo‘g‘in.
So‘zning bosh ma’nosi, odatda, to‘g‘ri ma’no sanaladi. Masalan, tosh
so‘zining to‘g‘ri ma’nosi "qattiq tog‘ jismi" (kamen). Bu shu so‘zning to‘g‘ri
ma’nosidir. Tosh so‘zining bag’ri tosh, tosh ko’ngil kabi bog‘lanishidagi
"qattiq" ma’nosi oldingi bosh ma’nosiga nisbatan yasama, shu bilan birga
ko‘chma ma’nodir. Har qanday yasama ma’no ko‘chma ma’no hisoblanadi.
Ma’noni ko‘chirish asosida yotgan obraz so‘nishi, unitilishi mumkin.
18
Shunga qaramay, bunday ma’no ko‘chma ma’no deb atalaveradi.
Leksik ma’nolar nomlovchi (nominativ) ma’no va majoziy (figural)
ma’no deb ham ikki guruhga ajratiladi. Ma’lum bir predmet, belgi,
harakatning atamasi bo‘lgan leksik ma’noga nominativ ma’no deymiz.
Masalan, gul so‘zining nominativ ma’nosi o‘simlik turlaridan birini
atashdir.
Shu so‘z davraning guli birikmasida "sara", "noyob",
"chiroyli" ma’nosini anglatadi. Bu shu so‘zning figural ma’nosi hisoblanadi.
Nominativ ma’no bevosita bog‘lanadi. Figural ma’no esa, voqelik bilan shu
so‘zning nominativ ma’nosi orqali bog‘lanadi. Figural ma’no obrazlilik,
majoz hosil qilish uchun ishlatiladi. Ba’zan figural ma’no xuddi nominativ
ma’nodek gavdalanadi. Bu ma’noni boshqacha atab bo‘lmaydi, topilgan
izohlar ham biror so‘zning figural ma’nosi bo‘ladi. Masalan, tuz so‘zining
“gapning tuzi” kabi bog‘lanishidagi ma’nosini qaymoq, mag‘iz
so‘zlarining figural ma’nosi orqaligina izohlash mumkin (gapning
qaymog‘i, gapning mag‘zi kabi).
So‘zning bosh ma’nosi nominativ ma’no bo‘ladi. Har bir so‘z bir bosh
ma’noga ega. Ammo nominativ ma’no bittadan ortiq bo‘lishi ham mumkin.
Chunki nominativ ma’no uchun voqelik bilan bevosita bog‘lanishning
mavjud bo‘lishi va shu ma’noning voqelikning atamasi bo‘lishi shart qilib
qo‘yiladi. Shuning uchun yasama ma’no ham nominativ ma’no bo‘la oladi.
Masalan, til so‘zining bosh, to‘g‘ri nominativ ma’nosi -"og‘izda
joylashgan va tam, maza bilishga xizmat qiladigan organ". Shunga nisbatan
"til-nutq organi" ma’nosi yasama ma’nodir. Voqelik bilan bog‘lanishiga,
voqelikni atashiga ko‘ra esa bu ma’no nominativ ma’no (yasama
nominativ ma’no) hisoblanadi. Shu so‘zning yana til-"nutq", til - "aloqa-
fikrlashuv quroli"; til - "puflab gapiradigan asboblarning havo oqimiga
to‘siqlik vazifasini bajaruvchi ma’lum bir qismi" kabi leksik ma’nolari ham
19
nominativ ma’nolardir. Chunki bu ma’nolar o‘zi anglatadigan voqelikning
atamasi bo‘lib xizmat qiladi.
Shu so‘zning quyidagi leksik ma’nolari esa figural ma’no hisoblanadi.
Masalan, til - "nozik tomon", "sir": dehqonchilikning tilini bilmoq,
mashinaning tilini bilmoq, "yozish uslubi, stili" asar tili, til -"ifodalanayotgan
tuyg‘u, kechinma"- ko‘yning tili.
Leksik ma’no yana erkin ma’no va bog‘lik ma’no deb ham ajratiladi.
Juda tor kontekstda ma’lum bir semantik guruhni tashkil etuvchi sanoqli
so‘zlar bilangina bog‘lanishda reallashuvchi ko‘chma ma’noga bog‘li ma’no
deyiladi. Qolgan holatlarda anglashiluvchi leksik man’oga erkin ma’no
deyiladi. Masalan, "chekmoq" fe’lining "g‘am chekmoq" , "dard chekmoq",
"azob chekmoq" kabi bog‘lanishlardagi ma’nosi tor kontekst doirasidagina
reallashuvchi ko‘chma ma’no hisoblanadi. Bu so‘zning chilim chekmoq,
sigaret chekmoq kabi biriktirishlardagi ma’nosi erkin ma’nodir.
Kontekst har qancha tor bo‘lishidan qatiy nazar, agar so‘z to‘g‘ri
ma’noda qo‘llanilsa, uni bog‘li ma’no deb bo‘lmaydi. Masalan, tin - "xavo"
so‘zi juda tor kontekstli: birgina tin olmoq (nafas olmoq, nafas rostlamoq)
birikmasida o‘zining to‘g‘ri manosida qo‘llaniladi. Shu sababli buni bog‘li
ma’no deb bo‘lmaydi.
So‘zning semantik strukturasida, leksik ma’nodan tashqari, stilistik
bo‘yoq ham hisobga olinadi. Masalan, ona, onajon so‘zlari leksik ma’no
anglatishi jihatidan bir xil. Ammo bu so‘zlar o‘zaro stilistik bo‘yog‘i nuqtai
nazaridan farqlanib turadi. Bulardan ona so‘zining semantik strukturasi
stilistik bo‘yoq jihatidan betaraf, predmetga shaxsning munosabati
ifodalanmagan. Ammo onajon so‘zida bunday munosabat aniq sezilib
turadi, ya’ni unda predmet atalibgina qolmay, unga munosabat ham
bildirilgan.
So‘zning semantik strukturasida asosiy hodisa uning leksik ma’nosidir.
20
Stilistik bo‘yoq shu leksik ma’noga suyanadi. Stilistik bo‘yoq bir so‘zning
leksik ma’nosiga nisbatan har xil bo‘lishi mumkin. Shu sababli bir so‘zning
leksik ma’nolari xatto turli nutq ko‘rinishiga xoslangan bo‘lishi ham
mumkin. Stilistik bo‘yoq asosan ikki xil ifodalanadi:
1. Morfema yordamida; 2. So‘z negizining o‘zi bilan.
Bulardan tashqari, kontekst yordamida ham ifodalanishi mumkin.
Birinchi va ikkinchi usul bilan ifodalanish leksik ma’noga bog‘liq, uchinchi
usul bilan ifodalanish esa asosan leksik qo‘llashga bog‘liq.
Stilistik bo‘yoqning morfema bilan ifodalanishiga morfologik
ifodalanish
deyiladi.
Masalan,
-cha
(uycha),...gina(qizgina),.,.jon
(otajon),...chak, ...choq (kelinchak, qo‘zichoq). Bu morfemalar asosan
erkalash ma’nosini ifodalash uchun ishlatiladi.
Stilistik bo‘yoq so‘z negizining o‘zi bilan ifodalansa, leksik
ifodalanish deyiladi. Bunda stilistik bo‘yoq ko‘pincha so‘zlarning o‘zaro
semantik munosabatidan kelib chiqadi. Masalan, yuz, bet, aft, bagira, chexra
so‘zlari o‘zaro ma’lum semantik munosabatda bo‘lib, asosan bir ma’noni
anglatadi. Ammo bu so‘zlar stilistik bo‘yog‘iga ko‘ra farqlanadi. Shu nuqtai
nazardan eng betaraf so‘z "yuz" so‘zidir. Ikkinchi o‘rinda "bet" so‘zi turadi,
bu so‘zda stilistik bo‘yoq aniq sezilib turadi. Aft, bashara so‘zlarida esa
stilistik bo‘yoq yanada kuchliroq ifodalangan bo‘lib, o‘zi anglatayotgan
predmetga salbiy munosabat yanada yaqqol seziladi.
Stilistik bo‘yoq har biri o‘z doirasida neytral bo‘lgan so‘zlarni o‘zaro
ma’no munosabatiga kiritish orqali ham tuziladi. Bunday ifodalanishga
kontekstual ifodalanish deyiladi. Masalan, bosh so‘zi kishi organizimiga
nisbatan ishlatiladi, kalla so‘zi esa odatda hayvon organizmga nisbatan
ishlatiladi. Bularning har biri o‘z ishlatilish doirasida stilistik nuqtai
nazaridan betarafdir.
Masalan, boshini ko’tardi, kalla solib sho’rva qildi. Ammo "kalla" so‘zi
21
hayvonlardan odamga ko‘chirilishi natijasida bosh so‘zi bilan o‘zaro
ma’lum semantik munosabat hosil qilib, stilistik bo‘yoqqa ega bo‘ladi.
Odatda bosh so‘zi aql bilan bog‘lansa, kalla so‘zi shuning aksini anglatish
uchun ishlatiladi. Kontekstual ifodalanishda stilistik bo‘yoq nutq
vaziyatida reallashadi. Masalan, olim so‘zi haqiqatda olim kishiga nisbatan
aytilsa, stilistik bo‘yoq betaraf bo‘ladi. Taqlidchiga qarata mazax tariqasida
aytilsa, stilistik bo‘yoqqa ega bo‘ladi. Masalan, Olimimiz nima der ekan.
So‘zning semantik strukturasiga bog‘liq holda so‘zning qo‘llanishi ham
ta’kidlanadi. So‘zning qo‘llanishi ma’lum darajada leksik ma’noning
taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Shunga ko‘ra so‘zning qo‘llanishini "leksik
qo‘llash"deb atash mumkin. Leksik ma’no bilan leksik qo‘llash bir-biridan
farq qiladi.
1) Leksik ma’no til birligidir, ya’ni shu tilda gapiruvchilar tomonidan
tanilgan, qabul qilingan bo‘ladi. Leksik qo‘llash esa, individual nutq
hodisasidir, ya’ni shu tilda gapiruvchilar orasida umumlashmagan, faqat
ayrim kishining nutqigagina xos bo‘ladi.
2) Leksik ma’no lug‘at tarkibiga kiradi, u lug‘atda beriladi. Leksik
qo‘llash esa lug‘atda berilmaydi. Lekin lug‘atga kirishi mumkin bo‘lgan
imkoniyat (potensial)dir.
3) Leksik qo‘llash shu so‘zga xos leksik ma’nolardan birining ayrim
kishi nutqida yangicha berilishi, yangicha baholanishidir. Leksik
qo‘llash shu tilda gapiruvchi shaxslar tomonidan tanilsa, ko‘pchilik
nutqida ishlatilsa, shundagina leksik ma’noga aylanadi.
4) Leksik ma’no kontekstda reallashadi: kontekst ko‘p ma’noli so‘zning
bir leksik ma’nosini reallashtiradi. Leksik ma’no har galgi konkret
bog‘lanishlar tufayli yuzaga kelmaydi, balki shu konteksgacha
shakllangan bo‘ladi, kontekstning shu ma’noni yuzaga chiqarib beradi,
xolos.
22
Leksik qo‘llash esa kontekstning o‘zida sodir bo‘ladi. Uni individual,
konkret
bir
muallif tuzgan matn yuzaga keltiradi, leksik qo‘llash shu kontekstning o‘zi
tufayli tug‘iladi va shu kontekst doirasidagina mavjud bo‘ladi.
Masalan, A.Qahhorning "Sinchalak" asaridan keltirilgan parchaga
nazar solsak quyidagi holatni ko‘rishimiz mumkin.
—...Qalandarov yaxshi tashkilotchi deymiz, lekin bu chiroyli guldasta
qanaqa gullardan bog‘langanini bilmaymiz. (55-bet) Bu matnda guldasta
so‘zi orqali tilga olinayotgan qahramonning tashkilotchilik mahorati
tavsiflangan.
Leksik qo‘llash nutqning deyarli barcha ko‘rinishlarida uchraydi.
Shunday bo‘lishiga qaramay, leksik qo‘llash asosan badiiy nutqqa xos deb
qaraladi. So‘zning semantik strukturasiga shu so‘zning tildagi boshqa so‘zlar
bilan bo‘lgan ma’no munosabatlariga zid kelmaydigan leksik qo‘llashlargina
ijobiy bo‘ladi. Shunday talabga javob beradigan leksik qo‘llash shu so‘zning
leksik ma’nosida mavjud imkoniyatlarni davom ettiradi va bora-bora leksik
qo‘llashdan leksik m’anoga aylanishi ham mumkin.
23
2. So‘z ma’nolarining ko‘chish usullari
2.1. Metafora asosida nom ko’chishi
Nom ko‘chishi asosida yangi ma’no hosil bo‘lishi barcha mutaxassislar
tomonidan e’tirof etilsa-da, lekin nom ko‘chishiga olib keluvchi hodisalar,
ularning turi masalasidagi qarashlar turlicha. Ba’zi ishlarda nom ko‘chishiga
olib keladigan hodisaning ikki turi ko‘rsatilsa, ayrim ishlarda bunday
hodisalarning undan ko‘p turlari ko‘rsatiladi. Lingvistik adabiyotlarning
ko‘pchiligida esa (ayniqsa, keyingi vaqtlarda nashr etilgan adabiyotlarda)
nom ko‘chishiga olib keluvchi hodisaning to‘rt turi keltiradi: 1) metafora, 2)
metonimiya, 3) sinekdoxa, 4) vazifadoshlik.
Ma’lumki, so‘zlar asl-real ma’nosidan tashqari ko‘chma ma’noni ham
anglatadi. So‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llanganda predmet-hodisalarni
atabgina qolmay, o‘sha predmet va hodisalarni tasvirlash vazifasini ham
bajaradi. Ko‘chma ma’no tildagi so‘zlarning to‘g‘ri ma’nosi negizida
vujudga keladi. Ko‘chma ma’noli so‘zlar ilmiy va rasmiy uslubdan
tashqari barcha uslublarda qo‘llaniladi. So‘zlarning ko‘chma ma’nosi faqat
kontekstda reallashadi.
Badiiy nutqda hatto o‘zining to‘g‘ri ma’nosi bilan qo‘llangan so‘z
lug‘atdagi ayni shu so‘z bilan teng kela olmaydi. Chunki u estetik butunlik
bo‘lgan yaxlit badiiy asar matni tarkibida boshqa so‘zlar bilan faqat
semantik - grammatik jihatdangina emas, balki hissiy-estetik jihatdan ham
munosabatga kirishadi.
Tildagi nominativ birliklarning ma’no tuzilishini o‘rganishda
tilshunoslikda semantikaning konnotativ jihati tushunchasiga alohida e’tibor
qilinadi. V.N.Teliya ta’rificha, "konnotatsiya til birliklari semantikasiga
uzual yoki okkazional ravishda kiradigan, nutq sub’ektining borliqni
24
jumlada ifodalashida uning ayni shu borliqqa bo‘lgan hissiy baholash va
stilistik munosabatini ifodalaydigan hamda shu axborotga ko‘ra ekspressiv
qimmat kasb etadigan mazmuniy mohiyatdir"
1
.
Konnotatsiya semantikaning ekspressiv qiymatga ega bo‘lgan uzvi
sifatida nomlash jarayonlaridagi borliqni baholagan holda idrok etish va aks
ettirish mahsuli hisoblanadi. M.A.Mamadalieva ham konnotatsiyaning asosiy
vazifasi so‘zlovchining ifodalanayotgan predmetga sub’yektiv munosabatini
aks ettirish asosida ta’sir etish, ta’sirchanlikni ta’minlash ekanligini alohida
ta’kidlaydi
2
.
Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, leksema va tushuncha o‘zaro
dialektik munosabatda bo‘lsa ham, lekin har bir yangi tushuncha alohida so‘z
bilan ifodalana olmaydi. Agar har bir tushunchaga yangi so‘z deb baho
berganimizda edi, til o‘zining kommunikativ vazifasini hiralashtirgan,
yo‘qotish darajasiga olib kelgan bo‘lar edi. Tilning muhim xususiyati shuki, u
hotirada saqlash mumkin bo‘lgan sanoqli birliklar bilan cheksiz
tushunchalarni ifodalash imkoniyatiga ega. Shuning uchun ham yangi paydo
bo‘lgan tushunchalar, asosan, u yoki bu tilning amal qiladigan modellari
asosda mavjud birliklar yordamida ifodalanadi. So‘zni ko‘chma ma’noda
qo‘llash ham yangi tushunchani tilda mavjud birliklar yordamida
ifodalashning bir yo‘lidir.
Insoniyatning olamni bilishida o‘xshatishning o‘rni beqiyosdir. Yangi
kuzatilayotgan narsa va hodisa doimo oldin o‘zlashtirgan narsa va hodisaga
qiyoslanadi, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik oldingi nomning yangi narsa va
hodisa uchun ishlatilishiga sabab bo‘ladi. Tilda ilgari mavjud bo‘lgan
nomning muayyan o‘xshashlik asosida yangi ma’no uchun qo‘llanishi
oddiy nominatsiya vazifasinigina bajarmaydi, balki tinglovchiga ta’sir
1
Теля В.Н. Коннотативный аспект семантики номинативных единиц. –М., Наука, 1986 г. С.-5.
2
Мамадалиева М.А. Ўзбек тилида номинатив бьирликларнинг коннотатив аспекти. Филол. фан. ном. диссер.
автореферати. -Т., 1998. б-10.
25
etish vazifasini ham bajaradi, hamda tilning ifoda imkoniyatlarini
kengaytiradi. Ana shunday ko‘chim – METAFORADIR.
Metafora nominatsiya jarayonida muhim o‘rin tutishiga qaramay, shu
kunga qadar ko‘proq badiiy vosita sifatida adabiyoshunoslarning diqqatini
jalb qilib keldi. Lekin har qanday badiiy vosita, ifoda lingvistik vosita
yordamida amalga oshiriladi. Shunday ekan, badiiy nutq tarkibidagi
ko‘chimlar muayyan lingvistik qonuniyatlar asosida maydonga keladi.
Shuning uchun ham ular adabiyotshunoslikninggina emas, tilshunoslikning
ham tekshirish ob’ekti sanaladi.
Metaforaning o‘rganilish tarixi juda uzoq davrlarga borib
taqaladi. Aristotel zamonidan buyon u ritorika, psixologiya, falsafa,
stilistika, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik va xatto kibernetika kabi
fan namoyondalari tomonidan tahlil qilib kelindi. Lekin bu bilan masalaning
lingvistik aspekti yetarlicha o‘rganilgan deb bo‘lmaydi. Har qanday badiiy
vositalar lisoniy vositalar yordamida moddiylashadi. Shuning uchun ham
metaforani lingvistik nuqtai nazardan o‘rganish zarurdir.
1
Nutq lisonning xilma-xil yuzaga chiqish usullari bo‘lgan shaxsiy,
moddiy hodisadir. Har qanday tilga hos hodisa lisoniy va nutqiy jixatlarga
ega bo‘ladi. Nutqiy jihat kuzatish uchun qulay (o‘ng‘ay) va bevositadir.
Ammo shu bilan birga, u o‘zgaruvchan va hisobsiz hamdir. Uning ortida-
asosida nisbatan turg‘un va chegaralangan lisoniy hodisa yotadi. Tilshunoslik
fanining tarixiga nazar tashlasak, unda til hodisalarining birinchi jihatini
o‘rganish an’anasi kuchliroq ekanini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan
metforaning o‘rganilishida ham. Uning ikkinchi jixati-lisoniy asosini
o‘rganish zaruriyati anchadan beri mavjud va dolzarbdir.
Har qanday hodisa-u hoh ob’ektiv, hoh sub’ektiv bo‘lsin, tashqi kuzatish
1
Бикертон Д.Кведение в лингвистическую теорию метафорий. И.Теория метафорий. –М., Наука, 1990. С
287-506
26
imkoni bo‘lgan jihati ortida uning mohiyati yotadi va u ko‘zdan yashirindir
1
.
Aristotelning "Poetika" asarida metafora (to‘g‘rirog‘i epifora)
tushunchasiga ta’rif berilgandan buyon bu hodisaga qiziqish ortsa ortdiki,
sira susaygan emas. O‘tgan davrlar mobaynida metaforaga ko‘plab ta’riflar
berilgan bo‘lib, shu soha bilan shug‘ullanganlarning hammasi Arastu
ta’rifini yodga olib o‘tadilar.
Aristotelning o‘zi ham bu haqda quyidagi fikrlarni e’tirof etgan:
"Ko‘chma so‘z (metafora) narsaga xos bo‘lmagan, jinsdan turga, yoki turdan
jinsga, yohud turdan turga ko‘chirilgan yoinki o‘xshatilgan so‘zdir
1. Jinsdan turga ko‘chirilgan so‘zlarga "Ana mening kemam turibdi"
jumlasi misol bo‘la oladi Bu yerda umuman "turibdi" so‘zi "langarda
turibdi" xususiy ma’nosini anglatadi.
2. Turdan jinsga ko‘chirilgan so‘zlar "Minglab shavkatli ishlarni qildi
Odissey... jumlasidagi, minglab so‘zi umuman "ko‘plab"ning xususiy
xolati bo‘lgan uchun, bu o‘rinda, ko‘plab ma’nosini anglatadi.
3..Turdan turga ko‘chirilgan so‘zlar masalan, "Mis bilan jonni
bo‘shatib va suv zarrasini charchmas mis bilan kesib". Birinchi holda
"bo‘shatib"so‘j "kesib" ma’nosida, ikkinchi holda "kesib " so‘zi, "bo‘shatib"
ma’nosini anglatadi.
4.O‘xshatilgan so‘z bu yerda men ikkinchi so‘z birinchisiga qanchalik
aloqasi bo‘lsa, to‘rtinchi so‘z uchinchisiga shunchalik aloqador bo‘lgan holni
nazarda tutaman. Shuning uchun (shoir) ikkinchi so‘z o‘rniga to‘rtinchisini
yoki to‘rtinchi so‘z o‘rniga ikkinchisini aytish mumkin. Goho bunga
almashtirilgan so‘zga aloqador bo‘lgan so‘z ham qo‘shiladi. Masalan, kosa
Dionisga qanchalik aloqador bo‘lsa, qalqon Aresga shunchalik aloqador.
Shuning uchun kosani "Dionis qalqoni" qalqonni esa "Ares kosasi" deyish
1
Солнцев К.М.Язқк как системно- структурное образование. М., -Наука,1941-191с.
27
ham mumkin"
1
Arastu "metaforaga g‘alati nomning yo jinsdan turga, yo turdan jinsga,
yo turdan turga, yo o‘xshashlik asosida ko‘chirishdir" deb ta’rif beradi.
Yana u "men ko‘p qo‘llanadigan hamma so‘zlardan boshqasini noyob
so‘zlar, metafora, cho‘zilgan boshqa so‘zlarni "g‘alati" deb atayman deydi.
Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, metafora "g‘alati" nomlarning bir turi
"G‘alati" nom esa aslida mavjud emas, u oddiy nom natijasida hosil bo‘ladi.
Aristotelning ta’rifi butun yutuq va kamchiliklari bilan tilshunoslik
tarixida muhim o‘rin tutadi.
Metafora asosida o‘xshashlikning mavjudligini shu soha bilan
shug‘ullanganlarning barchasi e’tirof etadi. Lekin o‘xshatishning
metaforadagi o‘rni masalasida turli fikrlar bildiriladi.
"Metafora qisqargan o‘xshatishdir". (A.Potebnya) ya’ni o‘xshatishga
xos bo‘lgan "kabi", "xuddi", "aynan" "o‘xshamoq" kabi so‘zlar tushirilsa,
metafora yuzaga keladi.
Masalan: U gul kabi go‘zal va nafis edi //
U go‘zal va nafis gul edi.
Polyak olimi Ya.Kasyan ham yuqoridagi
i fikrni rivojlantirishga harakat qiladi. Agar kelib chiqishini
tekshiradigan bo‘lsak, shaksiz, aniqlash mumkin bo‘ladiki, u yoki bu
metafora u yoki bu o‘xshatishdan rivojlangan bo‘ladi.
Biroq shunday asosda xuddi qarama-qarshi xulosa ham chiqarish
mumkin -ko‘plab o‘xshatishlar metaforadan kelib chiqkan.
2
Shuning uchun
ayrim olimlar metafora va o‘xshatish orasidagi farqqa alohida e’tibor
berganlar.
Masalan, Veselovskiy, Ch.Kukin, M. Shteynlar fikricha,
1
Аристотель Поэтика. –Т. Адабиёт ва санъат 1980. 45-бет
2
Кассир Э. Сила метафоры.// Теория метафоры. 1990. с.33.
28
o‘xshatishda o‘xshatilayotgan narsalar ajratib tasavvur qilinsa, metaforada
ular bir butundek tushuniladi.
1
A.Vejbitskaya fikricha, metafora mohiyatan inkorni nazarda tutadi:
ko‘zlar-olov, insonlar-vaxshiy sherlar deyilganda, hech kim haqiqatan ham
ko‘zni olov, odamni sher deb o‘ylamaydi, bunday fikrni rad etadi, inkor
qiladi. O‘xshatishda esa o‘xshashlik o‘z mavqeini saqlab qoladi.
2
Metafora va o‘xshatish orasidagi munosabatga qarash ikki xil:
1. Metafora - qisqargan o‘xshatish, ya’ni ular orasida farq tashqi
shakllanishidadir.
2. Metafora va o‘xshatish o‘zaro mazmuniy (ichki) shakllanuv jihatidan
farq qiladi.
Umuman, metaforaga berilgan ta’riflarda uni yondash hodisalar bilan
qo‘shib yuborilgan holatlar ko‘p uchraydi.
Masalan, E. Kassirer metaforaga quyidagicha ta’rif beradi: "Metafora
bir tasavvur nomini unga mutanosib qandaydir belgiga ega bo‘lgan yoki u
bilan qandaydir bilvosita "analogiya"larni nazarda tutuvchi boshqa soha-
boshqa tasavvurga ko‘chirish deb tasavvur qilish mumkin".
Ta’rifdan ma’lumki, Kassirer metafora asosida o‘xshashliknigina
ko‘rmaydi, balki umuman har qanday "analogiya"larni nazarda tutadi.
Natijada metafora metafora tushunchasi ostiga metonimiya va sinekdoxa
ham kiritiladi. Chunki nomi ko‘chayotgan va nomni qabul qilayotgan
predmetlararo belgining tabiati izohlanmaydi: (o‘xshashlikmi, bog‘liqlikmi,
butun qismlikmi...) shuning uchun nom ko‘chishning bir necha xil belgiga
asoslanganligi bilan farqlanuvchi turlari chatishib ketgan.
XX asrga kelib,ayniqsa, keyingi paytlarda kognitiv tilshunoslikning
shakllanishi bilan metaforaga qarash butunlay o’zgardi, uning ko’lami
1
Глюменс К.М. Образное употребление названий животных в сравнениях и метафорах// Труды СамГУ.
Вып.214 ВФ.IV –Самарқанд, 1971/с109-111/
2
Вежбицкая А.Сравнение-градация-метафора.// Теория метафоры. М.1990.с.145.
29
kengaydi.Agar an’anaviy tushunishda “metafora” termini ostida bir so’zning
boshqasi bilan almashtirilishi nazarda tutilgan bo’lsa, bugun aksariyat
tadqiqotchilar metafora tom ma’noda fundamental bilish faolyatining
namoyon bo’lishi ekanligini e’tirof etadilar.Ko’rinib turganiday, metafora
ko’p qirrali va benohoya murakkab hodisa bo’lganligi uchun ham uning
talqinlarida farqli jihatlar ancha – muncha.
Metafora mohiyatidagi ikkiyoqlamalikka ko’ra bu hodisaning ikki
asosiy turi farqlanadi, ya’ni lisoniy metafora va poetik(badiiy) metafora
1
.
Bugun barcha tadqiqotchilar tomonidan to’la e’tirof etilgan
metaforaning til vositasi va poetik figura sifatidagi ikki yoqlama mohiyati
dastlab Sitsiron tomonidan obrazli tarzda mana bunday ochilgan: “ Xuddi
kiyim dastlab sovuqdan himoyalanish uchun kashf qilinib,keyinchalik
tananing bezagi va shaxsning farqlovchi belgisi sifatida ham qo’llanadigan
bo’lib qolgani kabi, metaforik ifodalar ham tilda so’zlarning yetishmasligini
to’ldirish uchun yaratilib, keyin ko’proq huzurlanish uchun qo’llanadigan
bo’lib qolgan”N.Mahmudov bu fikr haqiqatni yetarli darajada aks
ettirmasligini ta’kidlagani holda,metafora go’yo nominativ maqsad bilan
denotatni ifodalash uchun yaratiladi, keyin muayyan konnotativ ma’noni
ifodalash uchun jalb qilinadi, ya’ni oldin lisoniy metafora yuzaga keladi,
badiiy metafora esa undan keyin yuzaga kelishini ta’kidlaydi.Shuningek,
badiiy metaforalar lisoniy metaforalarsiz ham maydonga kelishi,
keyinchalik lisoniy metafora maqomini olishi ham mumkin deb hisoblaydi
va ko’pchilik tadqiqotchilar keyingi holatni asosiy deb sanashini aytib
o’radi
2
.
Ma’lumki, metaforani baholash, ta’riflash ikki xil bo‘ladi:
1. Subektiv baho;
1
Маҳмудов Н., Одилов Ё. Сўз маъно тараққиётида зиддият. T.:, Академнашр, 2014,9-bet.
2
Маҳмудов Н., Одилов Ё. Ўша асар. 10 – бет.
30
2. Obektiv baho.
Sub’yektiv ta’rif nomidan ko‘rinib turibdiki, sub’ektga, shaxsga
bog‘lanadi. Baholanayotgan narsa baholovchi nazaridan ko‘riladi. Ya’ni
bu o‘rinda sub’ekt (baholovchi)ning dunyoqarashi, ob’ekt (baholanuvchi)ga
shaxsiy munosabati, baholashdan kutilayotgan niyati baholash jarayonini
boshqaradi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bu xil baholash natijasini ratsional deyish
qiyin. Lekin amalda sub’ektimizning butunlay holi bo‘lishi deyarli mumkin
emas. Shuning uchun mutloq obyektiv ta’rif mavjud bo‘lolmaydi.
Ob’yektivlik ham nisbiydir. Ta’riflashda subyektivlikka asoslanish ikki
jihatdan talabga javob bermaydi:
1.
Subektiv bahoda narsaning asl xususiyatlaridan ko‘ra unga
sub’yekt tomonidan bog’langan xususiyatlar ustunlik qiladi.
2.
Natijada bitta ob’yektga bir necha sub’yekt tomonidan bir
necha xil baho beriladi. Shuning uchun baholashda baholovchi
(sub’yekt) emas, baholanuvchi (ob’yekt) xususiyatlariga suyanish zarur.
Baholashda bu yo‘ldan borish ob’yektivlikdir.
Obyektivlik narsani o‘zi qanday bo‘lsa shundayligicha, sub’yektning
unga qarashlaridan holi aks ettiradi. Obyektivlik substansiallik tamoyili bilan
bog‘liq. Substansiallik shuni nazarda tutadiki, narsa haqiqiy narsadir, u o‘z-
o‘zicha mavjud, unda nimaiki mavjud bo‘lsa, uning o‘z mohiyatiga ko‘ra,
mutloq boshqa narsalar ta’sirisiz mavjuddir.
Ya’ni narsa (obyekt) baholovchisi baholagunga qadar ham, undan keyin
ham o‘z-o‘zicha mavjud. Baholovchi uni baholaydi, xolos. Baholovchining
bahosi obyekt uchun ahamiyatsiz, uning ontologik tabiatini o‘zgartira
olmaydi. Unda yuzaga keladigan o‘zgarish mutlaqo baholovchining emas,
uning o‘z mohiyati harakati natijasidir. Shunga alohida e’tibor berish lozimki,
narsaning ayrim xususiyatlarini (aslini olganda hammasini) faqat shu
narsaning boshqa narsalar bilan munosabatida kuzata olamiz.
31
Kuzatuvchi nuqtai nazaridan bu xususiyat unda aynan shu munosabatda
yuzaga kelgandek. Aslida esa bu xususiyat unda azaliy mavjud, faqat ana
shu munosabatlarda yuzaga chiqadi, xolos. Soddagina misol, yelim
yopishtirish
xususiyatiga
ega.
Ammo
uning
bu
xususiyati
yopishtiriladigan narsalar mavjud bo‘lsagina yuzaga chiqadi. Ular mavjud
bo‘lmasa, yopishtirish xususiyati ham noaniq, go‘yoki mavjud emas. Aslida
bu xususiyat unda doimiy mavjud edi. Qulay sharoit tug‘ilishi bilan u yuzaga
chiqadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, til birligiga ob’yektiv baho berishning
asosiy sharti uni substansial tushunishdir. Substansial tushunilgan til
birligi o‘zining butun xususiyatlariga ega bo‘lgan materiya (borliq) sifatida
talqin etiladi. Uning bu xususiyatlari boshqa til birliklari bilan
munosabatida ochiladi, lekin mutloq bu munosabatlarda yuzaga
kelmaydi
1
Yuqoridagi fikrlardan qisqacha xulosa qilish mumkin:
1.
Ob’ektivlik (har bir narsa uni o‘rgana boshlagunimizgacha ham,
keyin ham o‘z holicha mavjud)
2.
Substansiallik (har qanday o‘rganish ob’ekti, jumladan, til birligi
o‘z sifatlarining jam’ul jami bo‘lishi, borliq-materiya)
3.
Til birliklariga baho berishda hodisani mohiyatdan, xususiylikni
umumiylikdan farqlash.
Lisoniy imkoniyatlar nutqiy hodisalar uchun sabab, mohiyat, umumiylik
vazifasini o‘taydi. Sababsiz natija, mohiyatsiz hodisa, umumiyliksiz
xususiylik bo‘lmaganidek, lisoniy asossiz nutqiy hodisa ham bo‘lmaydi.
Metaforaga lisoniy nuqtai nazardan yondashish zaruriyatini, shungacha
mavjud bo‘lgan nazariyalarni tekshirib chiqkan, D.Bikerton nihoyatda
1
Шаҳобиддинова Ш. Грамматик маъно талқини хусусида. Филология фанлари номзодлиги учун ёзилган
диссер. Автореферати. Самарқанд. 1993. 30-бет.
32
dolzarb deb baholaydi.
"...nolingvistik qarashlar masala mohiyatini ochishdan ko‘ra ko‘proq
qorong‘ilashtiradi va ta’kidlash mumkinki, ularning mag‘lubiyati ham
aynan ularning nolingvistikligi bilan belgilanadi".
1
Lisoniy imkoniyat bu so‘zning lisoniy ma’noviy tuzilishida yotadi.
Metaforani yuzaga chiqaruvchi lisoniy qonuniyatlar quyidagichadir.
Leksemaning ma’noviy tuzilishidagi ayrim sememalarni tushirib,
tushirilgan semalar hisobidan boshqalarini bo‘rttirish imkoniyati. So‘zning
ma’noviy tuzilishi deganda, so‘zning ma’no qurilishida ikki tipdagi
semalarning ma’lum tartibda joylashish nazarda tutiladi:
1) atash (nomlash, denotativ, nominativ) semalari;
2) ifoda (konnatatsiya, uslubiy bo‘yoq, xoslanish) semalari.
So‘zning ma’noviy qurilishida ifoda semalarining bo‘rttirilishiga ko‘ra
ham so‘zlarikkiga ajraladi: a) ichki ifodali (ingrend konnotatsiyali) so‘zlar;
b) mo‘’tadil ifodali so‘zlar.
Ichki ifodali so‘zlarda uslubiy bo‘yoq so‘zning ma’noviy tuzilishida
bo‘ladi. Mo‘’tadil ifodali so‘zlarda uslubiy bo‘yoq mo‘’tadil befarq bo‘ladi
va nutqda ko‘chma okkozional qo‘llanishda hosil bo‘lishi mumkin. Shuning
uchun ichki ifodali so‘zdan nominativ semalar ajratilsa, ichki lisoniy uslubiy
bo‘yoq qoladi.
Masalan, "tashrif buyurmoq" yuqori uslub, "Qiblagoh" – ota, ko‘tarinki,
badiiy uslub, yuksak xurmat
So‘zlarning ma’noviy tuzilishi shuni ko‘rsatadiki, leksemaning
ma’noviy tarkibi atash va ifodalash semalari bilan cheklanmaydi.
Leksemalarda, ayniqsa, jamiyat a’zolari orasida keng qo‘llanadigan, muhim
ahamiyat kasb etadigan narsa, buyum, belgi, harakat, holatlarni ifodalovchi
leksemalarda atash va ifoda semalaridan tashqari qo‘shimcha yoki ijtimoiy
1
Бикертон Д. Ўша асар. 284-286-бетлар
33
shartlangan semalar ham mavjud. Bu semalar ma’lum bir narsa-buyum,
belgi-xususiyat, harakat-holat shu jamiyat a’zolari orasida qanday yondash
(assotsiativ) qo‘shimcha ma’lumotlarga aloqadorligi bilan bog‘lanadi.
Chunonchi, o‘zbek tilida "qo‘y" - mo‘’tadil ifodali so‘z bo‘lib, uy
hayvonlarining bir turini atab, nomlab keladi. Lekin shu bilan birga, bu
so‘zda yuvoshlik, go‘llik semalari ham mavjudki, bular qo‘shimcha ijtimoiy
shartlangan semalar sifatida qaralishi lozim. Yoki sariq rang -o‘zbeklarda
xastalik, zaiflik, ayriliq belgisi. Metaforik ma’no denotativ ma’no semalari
va qo‘shimcha ma’no semalari asosida yaratiladi. Qo‘shimcha ma’no hosil
qilish qonuniyati va usuli birdan amal qiladi
1
. Ma’lumki, so‘zning ma’nosi
nutqiy hosilalar - so‘z, so‘z birikmalari, gaplar tarkibida voqelanadi. Shunga
ko‘ra, to‘g‘ri (uzual) qo‘llanishda leksemaning bizning ongimizdagi
ma’noviy qurilishi nutqiy voqelanishdagi ma’nosiga semalar jihatidan
munosib bo‘ladi. Masalan, oltin - nodir ma’dan, oltin - soat, oltin - uzuk.
1-misolda oltin va ma’dan giponimik (tur-jins) material-buyum
munosabatlari bilan bog‘langan:
2-3-misollarda so‘zlarning o‘zaro aloqaga kirishuvi o‘zbek tili uchun
me’yoriy sintagmatik holatdir. Chunki so‘z birikmalarida so‘zlarning
me’yoriy sintagmatik munosabatlarga kirishi uchun har ikkala bog‘lanadigan
so‘z orasida o‘xshash va bir-birini talab etuvchi semalar bo‘lishi shart va
zarur. Masalan, shirin qovun, shirin tatiladigan ma’lum bir predmetda
mujassam bo‘lishni talab qilganidek, qovun ham ta’m-maza aniqlovchilari
bilan aniqlanishni talab qiladi va bunday birikish me’yoriydir.
Bunday birikishda har ikkala so‘z nutqiy ma’nolari lisoniy denotativ va
konnatativ ma’nolarga juda yaqin turadi. Agar o‘zaro birikkan so‘zlar
tarkibida bir-birini rad etuvchi semalar bo‘lsa, so‘zlardan har ikkalasi ham
1
Қобулжонова Г.К. Метафоранинг системавий лингвистик талқини. Филол.фан.диссер...автореферати -Т.,
2000, 15-бет
34
lisoniy ma’no tarkibidagi semalarni chetlashtiradi va chetlashgan
semalarning o‘rni kuchli konnatatsiya bilan to‘ldiriladi: oltin bosh, oltin qo‘l.
Bunday birikkan so‘z birikmasida buyumning denotativ ma’nodagi
materiali bilan aniqlovchi atab kelgan material mos kelmaydi. "Qo‘l"
aniqlanmishi ma’dandan kelib chiquvchi - yumshoq, sarg‘ish atributlarini
chetlashtiradi. Oltin so‘zidan ma’dan va uning belgilari kabi denotativ
semalar chetlashtirilgach, kamyoblik denotativ semasi va qadrli-
qimmatlilik kabi semalar kuchaytiriladi. Yuqoridagilarni jamlab aytish
mumkinki, metaforani yuzaga kelishi quyidagi unsurlarni talab qiladi:
1. Ob’yektiv yoki sub’yektiv borliqdagi narsalar orasida (keng
ma’noda) o‘xshashlik.
2. Shu o‘xshashlikning lisoniy aksi bo‘lgan mutanosib semalar.
3. Narsalardan birining nomi ayni nutqiy sharoit uchun yo‘qligi.
Ana shu unsurlar ta’minlanganda, nomning metaforik ko‘chishi yuzaga
keladi. "Metafora - ob’ektiv (yoki sub’ektiv) borliqdagi o‘xshashlikning
lisoniy aksi bo‘lishi mutanosib semalar asosida bir narsa nomining
ikkinchi bir narsa nomi o‘rnida qo‘llanishidir."
1
Metaforani nom ko‘chishning boshqa usullaridan farqlovchi
ob’ektiv yoki sub’ektiv o‘xshashlikka asoslanish belgisi murakkab hodisa
bo‘lib, ikki omil bilan belgilanadi.
1.Metaforada ko‘chishning ko‘chish bazasi doim ham to‘la, aniq
bo‘lavermaydi. Masalan, oltin bosh, ko‘chayotgan so‘z oltin aynan qaysi so‘z
o‘rnida kelayapti - noaniq. Balki "qimmatli", "aqlli”, "dono" va hokazo.
Ammo bu noaniq. Sanab o‘tilgan so‘zlarning har birida oltin bilan
mutanosib sema bor.
2. O‘xshatish sub’ektiv hosil qilinganda esa, hosil qiluvchidan boshqa
1
Қобулжонова Г.К.Метафоранинг системавий лингвистик талқини. Филол.фан.ном.диссер...автореферати -
Т., 2000,9-bet.
35
shaxs uchun o‘xshashlikni tiklash qiyin kechadi, hatto umuman mumkin
bo‘lmaydi. Masalan, kimdir sevgan odamini "chumchuqcham" desa,
chumchuqni yoqtirmaydiganlar bu metafora asosini topa olmaydilar.
Bunday atashda mehr yoki mazah yotganligini farqlay olmaydilar.
Demak, metafora asosida turuvchi o‘xshashlik metafora tabiatiga ta’sir
o‘tkazadi. Shunga ko‘ra metafora - o‘xshatish ochiq bo‘lganda tushunarli,
o‘xshatish hosil qilinganda tushunarsiz, o‘xshatish yo‘qolganda sezilarsiz
bo‘ladi.
O‘xshashlikning yo‘qolishi metaforik qo‘llanuvchi so‘zlarni oddiy
nomlarga aylantirib qo‘yadi.
A.
Avelichevning
fikricha,
metafora
so‘zlovchining quyidagi
ehtiyojlaridan kelib chiqadi... birinchidan, bir narsani nomlash, ikkinchidan,
nomlanganda ham nomning "gapiradigan bo‘lish zaruriyati"
1
Bu yerda nomlash atamasi ostida bir-biridan mohiyatan farq qiluvchi
ikki xil hodisa nazarda tutiladi.
1. Nomsiz narsani nomlash;
2. Nomli narsaga qayta nom berish (ikkilamchi)
Nomsiz narsani nomlash zaruriyatini tushuntirib o‘tirishga hojat yo‘q,
chunki nom inson bilimi faoliyatining eng zaruriy uzvidir. Ammo
ikkilamchi nomlash zaruriyati nimadan kelib chiqadi? Bu zaruriyat mavjud
bo‘lgan nom so‘zlovchi nuqtai nazaridan ayni nutqiy sharoitni ta’minlay
olmay qolganda yuzaga keladi. Ikkilamchi nomlash quyidagi jihatlari bilan
ahamiyatlidir.
Birinchidan, nutqni qisqa va lo‘nda qiladi. Masalan, Saida - sinchalak.
Ikkinchidan, nutqni aniqlashtiradi: Saida - betinim, shaddod, nozik qiz.
Ayrim tilshunoslar so‘zning ko‘chma ma’nosi ikkilamchi nominatsiya
1
Авеличев А.К.Заметки о метафора. Вест. -Москва. Ун-та.Сер.10. Филология. 1973-N1-с. 25-28.
36
natijasidir deb hisoblaydilar
1
.
Agar muayyan so‘zda ayni jarayon (ikkilamchi)da qatnashish imkoniyati
bo‘lmasa, u bu jarayonda qatnasha olmaydi. Bunday imkoniyat esa so‘z
sememasi
(ma’nosi)ning
tarkibiy
qismlari
-
semalarining
nisbiy
mustaqillikka erisha olish qobiliyatidir. Ya’ni ikkilamchi nominatsiya uchun
zaruriy semalar yorqinlashadi, mustaqillashadi va mutanosib semaga ega
bo‘lgan boshqa bir so‘z bilan sintagmatik aloqaga kirishadi.. Natijada
ikkilamchi nominatsiya yuzaga keladi. Masalan, oyok so‘zi quyidagi
semalarga ajraladi:
1) insonga xos a’zo;
2) eng quyi;
3) tayanch.
Masalan, stolning oyog‘i birikmasini oladigan bo‘lsak, unda 1-3-
semalar xiralashgan va 2-sema yorqinlashib, nisbatan mustaqillikka
erishgan va ikkilamchi nominatsiyani ta’minlagan. Demak, so‘z - ko‘chma
ma’nosi ikkilamchi nominotsiya natijasi emas, so‘zning ko‘chma ma’noga
ega bo‘lish imkoni ikkilamchi nominatsiya asosidir.
Metaforaga bag‘ishlangan keyngi yilga tadqiqotlarda grammatika
sohasida ham metaforani kuzatish imkoni mavjudligi kuzatilmoqda.
So‘zlarnnig metaforik birikmasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, so‘zlarning
bu hil birikishini ta’minlash nafaqat semantik, balki grammatik metaforani
talab qilishi ayon bo‘ladi.
Masalan, Talabalik -oltin davrim gapida metaforik birikkan so‘z
birikmasi "oltin davrim". Oltin so‘zining na semantik va na grammatik
jihatdan davr bilan me’yoriy matnda bog‘lana olmasligi aniq. Bu hil
birikishni M.Teliya lug‘aviy-grammatik metafora orqali yuzaga chiqadi deb
hisoblaydi. Ye.I.Shendel’s M.Teliyaning fikriga qo‘shilgan holda, sof
1
Телия В.Н.Типы языкових значений. -М., ”Наука” 1981.с.11.
37
grammatik metaforalarini qayd etadi. Grammatik morfemelarning xos
bo‘lmagan sintaktik qurshovda kelishidan ham grammatik metafora hosil
bo‘lishini e’tirof etadi.
Masalan, Kecha yonginasidan o‘tayapmanu, bir qayrilib boqmadi-ya...
hozirgi zamon qo‘shimchasining o‘tgan zamonni talab etuvchi matnda
kelishib grammatik metaforani beradi.
Metafora nima uchun tilda mavjud? Bu savolga ikki jihatni nazarda
tutgan hoda javob berishi mumkin:
1. Nutqni bezash uchun ishlatilishi;
2. Noekspressiv metforaning ham mavjudligi, keng tarqalganligi.
Metaforani shunchaki, ekspressiv vosita sifatida baholash masala
mohiyatini ochib bera olmaydi. Metaforani qatnashish qatnashmasligiga
jumlalarni ikki guruxga ajratish mumkin.
1. Metaforik jumlalar;
2. Nometaforik jumlalar;
Metaforik va nometaforik jumlalarni farqlash bir qarashda u qadar qiyin
ko‘rinmasada, aslida u har qanday metaforik nazariyani asosiy
muammolardan hisoblanadi. Hozirgi zamon tili nuqtai nazaridan
yondaoshganda metaforik va nometaforik jumlalarni mavjudligi e’tirozga
o‘rin qoldirmaydi. Bu ikki holatni farqlash ularning mavjudligini isbotlash
kabi murakkab muammo deya e’tirof etiladi.
1
R.Serl bu mezonni belgilash asosini gap va jumlani farqlashda
ko‘radi. Metaforaning yuzaga kelishini lisoniy birlik bo‘lmish jumla
orasidagi ma’noviy nisbat belgilaydi. U ma’noviy jihatdan mos
tushganda nometaforik, ma’noviy jihatdan mos tushmasa metaforik jumla
yuzaga keladi.
Gap va jumlaning ma’noviy mutanosibligi nafaqat metaforik, balki
1
Шендельс Е.И. Грамматическая метафора. // Филология. Наука. 1942, №3. -с-48-57
38
boshqa xil jumlalarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Jumlaning aynan
metaforikligini belgilash lisoniy jihatdan semantik, nutqiy jihatdan
obe’ktiv (sub’ektiv) mutanosiblikka asoslanadi. Boshqa xil holatlar
aksincha asoslarni nazarda tutadi.
Masalan, kinoya-ziddiyatni (xona sovuq), bilvosita jarayon-muayyan
muloqot odatini (derazani ochib qo‘ying). Baxs qizib bormoqda (metaforik
ibora).
Har qanday metaforik jumla (MET) mutanosib, nometaforik jumlani
parafraza bilan almashtirishi mumkin. Metaforaning qanday stilistik
xususiyatlarga egaligi ayni mana shunday almashtirishlarda ochiladi.
Masalan, bir METga bir nechta PAR (kontekst va konsituatsiyadan
kelib chiqib) mos kelishi mumkin. Biz bu yerda 1/1 nisbatni aniqlaymiz.
MET-Vali-sholg‘om-PAR-keng, dumaloq yuzli yigit.
MET-Saida-sinchalak-PAR-Saida-nozik, betinim, shoddod qiz.
Bundan ko‘rinib turibdiki, METga qisqalik xos. Odatda metaforaning
uslubiy ustunligi aynan shu qisqalikni nazarda tutadi.
Arastu ham ko‘chma ma’nodagi so‘zlar... nutqni siyqa va tuban
bo‘lishdan saqlaydi deb uqtirgan. Biroq nutqqa aniqlik berishni ko‘p
qo‘llanadigan so‘zlar vazifasi deb hisoblaydi. Uningcha, eng tushunarlisi
hamma ishlatadigan so‘zlardan tuzilgan nutqdir.
N.D.Arutyunova esa shaxsning aniq va yorqin tavsifini aynan metafora
beradi deb hisoblaydi. Masalan, Sabakevichni "ayiq" deb atash ("o‘lik
jonlar") uning jismoniygina emas, ruhiy belgilarini ham yorqinlashtiradi.
Qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, metafora, shuningdek, muallifning
bahosini ham qamrab oladi. Masalan, yuqorida keltirgan "sholg‘om" so‘zi
"lapashang"likka ham ishora qiladi. Chunki sub’yekt o‘xshashlikni
ochadigina emas, yaratadi ham.
Xulosa qilib aytganda, metaforaning uslubiy jihatdan aniqlikni yoki
39
noaniqlikni ifodalashini chegaralash mumkin emas. Chunki metafora qaysi
bir jihatdan aniq, qaysidir jihatdan noaniq bo‘ladi. Metaforaning bu
xususiyati aslo uning uslubiy qiymatini pasaytirmaydi. So‘zlovchiga doimo
nutq akti uchun zarur bo‘lgan jihatlarni aniqlashtirish imkonini beradi. Ya’ni
metafora qaysi jihatdan aniq bo‘lsa, shu jihat, demak, kontekstual muhim
emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |