2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYА FAKULTETI
TILSHUNOSLIK KAFEDRASI
ISMOILOVA GULHAYONING
SO‘Z MA’NOLARINING KO‘CHISH USULLARI
MAVZUSIDAGI BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar:
G.QOBULJONOVA
Andijon – 2014
3
MUNDARIJA
Ishning umumiy tavsifi……………………………………………………3
1. So‘z va uning ma’noviy tuzilisi…………………………………………
1.1. So‘z va uning mohiyati…………………………………………………...5
1.2.Leksik ma’no va uning tuzilishi………………………………………….9
1.3. Leksik ma’noning taraqqiyot yo‘llari…………………………………...14
2. So‘z ma’nosining ko‘chishi va uning asosiy turlari
2.1. Metafora asosida nom ko’chishi ……………………..............................22
2.2. Metonimiya usulida nom ko’chishi……………………...…………….38
2.3. Sinekdoha usulida nom ko’chishi ……………………..........................44
2.4. Vazifadoshlik asosida nom ko‘chishi ……………………....................45
Xulosa……………………...……………………...…………………….......49
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………...……………...52
4
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Til bevosita ajdodlardan avlodlarga o’tib
kelayotgan ma’naviy meros, bebaho boylik hisoblanadi.Shuning uchun
prezidentimiz I.A.Karimov “uni boyitish,asrab-avaylash, nufuzini yanada
oshirish uchun doimo izlanishlar,tadqiqotlar olib borish zarur” ligini ta’kidlab
o’tgan.
1
Ma’lumki, leksema – tilning asosiy birligi sifatida bizni qurshab turgan
olam unsurlarini nomlash uchun xizmat qiladi. Leksema nomlash vazifasi
bilan chegaralanib qolmasdan, olam haqidagi bilimlarimizni kelajak
avlodlarga yetkazish, anglash, tinglovchiga ta’sir etish kabi vazifalarni ham
bajaradi. Bu esa so‘zning naqadar serqirra hodisa ekanligidan dalolat beradi.
So‘zlar dastlab paydo bo‘lganda biror bir predmet, harakat, holat yoki
miqdor haqidagi tushunchalarni ifodalash uchun paydo bo‘ladi. Keyinchalik
til taraqqiyoti natijasida so‘zning ma’nolari taraqqiy etib boradi va natijada
so‘zlar asl-real ma’nosidan tashqari ko‘chma ma’nolarni ham anglatadi.
Ko‘chma ma’nolar tildagi so‘zlarning to‘g‘ri ma’nosi negizida vujudga
keladi.
O‘zbek va jahon tilshunosligida so‘z va uning ma’nolari xususida
ko‘plab ilmiy-nazariy qarashlar mavjud bo‘lib, unda so‘z ma’nolaring o‘ziga
xosligi, mohiyati, turlari, xususan, so‘z ma’nolarining ko‘chishiga
bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar maydonga kelgan. Ularni o‘rganish va tadqiq
etish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
BMIning maqsad va vazifalari: Mazkur bitiruv malakaviy ishning
asosiy maqsadi, o‘zbek va jahon tilshunosligida so‘z ma’nolarining
ko‘chishiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqotlarni o‘rganish, va tahlil etishdan
1
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008, 86-б.
5
iborat. Ana shu maqsaddan kelib chiqib, tadqiqot oldiga quyidagi vazifalar
qo‘yildi.
-o‘zbek va dunyo tilshunosligida so‘z ma’nolari, xususan, ko‘chma
ma’nolarga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarni to‘plash va o‘rganish;
-so‘z ma’nosining ko‘chish usullari haqidagi ilmiy-nazariy qarashlarni
tahlil etish;
-ko‘chma ma’nolar va ularning turlari, tasnifi muammolarini o‘rganish;
- BMIning mazmunini to‘la yoritish va tegishli xulosalar chiqarish.
BMIning
metodologik
asosi.
Ishning
metodologik
asosini
dialektikaning umumiylik-xususiylik, butun-bo‘lak, mohiyat-hodisa kabi
hodisalarini aks ettiruvchi ta’limot shuningdek, tilshunos olimlarning nazariy
qarashlari, g‘oyalari tashkil etadi. Ishda tavsiflash, qiyoslash, tahlillash kabi
usullardan keng foydalanildi.
BMIning tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi ishning umumiy tavsifi,
kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan ibora.
6
1. So‘z va uning ma’noviy tuzilishi
1 §. So‘z va uning mohiyati
So‘z o‘z tovush qobig‘iga ega bo‘lgan, ob’ektiv narsa-hodisalar
ҳaqidagi tushunchani, ular o‘rtasidagi aloqani yoki ularga munosabatni
ifodalay oladigan, turli grammatik ma’no va funksiyalarda qo‘llanadigan eng
kichik asosiy til (nutq) birligi.
1
So‘z tovush tomoni bilan fonetikaning; leksik birlik (leksema)
sifatida leksikologiyaning; turli grammatik ma’nolarni ifodalashi va shu
ma’nolarni ifodalovchi formalarga egaligi bilan morfologiyaning; so‘z
birikmasi va gap qurilishida material asos bo‘lib xizmat qilishi bilan
sintaksisning o‘rganish ob’yekti hisoblanadi. Demak, so‘z grammatik
qurilishining bazasi bo‘lib, u tilning leksikasida ham, grammatikasida ham
eng asosiy birlik sanaladi.
So‘z ob’yektiv borliqdagi predmet yoki hodisalar haqidagi
tushunchaning tovush vositasida ifodalanishidir. Bu tushuncha predmet yoki
hodisaning ongda aks etishidir. So‘z vositasida borliqning turli
tomonlari, kishilik jamiyatining, insonning turmush tajribalari aks ettiriladi.
So‘z ma’no ifodalash bilan birga, turli emotsiyalarni, his-tuyg‘ularni ham
ifodalaydi. So‘z yakka holda bildirgan ma’nosidan tashqari, qo‘llanishida,
nutq ichida, ko‘chgan ma’noda ishlatilishi, emotsional bo’yoqqa ega
bo‘lishi ham mumkin. Masalan, bolam so‘zi o‘rniga qo‘zichog‘im,
toychog‘im yoki bo‘tam, bo‘talog‘im deyish; jo‘ja birday jon (bolasi ko‘p);
bu bola sher (qo‘rqmas); zurriyod (farzand) kabi qo‘llanishlar; otajon,
bolaginam, jonim otam so‘zlarining ma’nosi turli yo‘llar bilan
ifodalangan. Bundan ko‘rinadiki, so‘z ma’nosi butun bir sistema bo‘lib, u
qo‘shimcha ma’nolarini ham, emotsional-stilistik ottenkalarni ham o‘z ichiga
1
Ҳожиев А. Лингвистик терминларининг изоҳли луғати. -Т., 1985, 81–б.
7
oladi. Bu hodisa so‘zning ma’no strukturasi deyiladi. So‘zning semantik
strukturasi shu so‘z ifodalaydigan ma’nolarning yig‘indisi, so‘zning
butun ma’no sistemasidir.
1
So‘zning tushuncha va emotsiyalarni tovush vositasi bilan ifodalashi
unda fonetik tomonning mavjudligini ko‘rsatadi. Bu so‘zning material
tomonidir. Tovushning yolg‘iz o‘zi so‘zni tashkil qilmaydi. So‘z esa
ma’nosiz bo‘lmaydi. So‘zning ma’nosi esa tovush kompleksi orqali
ifodalanadi. Demakki, so‘z ma’no va tovushning - ichki (semantik) va tashqi
(formal) tomonlarning ajralmas birligidan iborat. Shu bilan birga, so‘z
ma’lum grammatik xususiyatlarga ham ega. Tovushlar ma’lum grammatik
xususiyat ifodalab, shu bilan birga, so‘zning grammatik shakllanishini ham
ko‘rsatadi.
So‘zning semantik strukturasini o‘rganishda asosan uch usul mavjud:
a) so‘zning semantik strukturasi uning morfemik yasalishi bilan
bog‘liq holda tekshiriladi;
b) so‘zning semantik strukturasi uning sintaktik ishlatilishi
bilan bog‘liq holda tekshiriladi;
v) so‘zning semantik strukturasini alohida, tilning shu so‘zni o‘z
ichiga olgan leksik-semantik guruh doirasida tekshiradi.
Tilga belgilar sistemasi sifatida qarash natijasida paydo bo‘lgan semiotik
yo‘nalish birlamchi (so‘z va so‘z birikmalari) va ikkilamchi (fraza va
gaplar) belgilarini farqlaydi. Ularning birlamchilari - nominativ, ya’ni biror
narsani nomlash, atash va ikkilamchilari - predikativ, ya’ni fraza va gaplar
tarkibidagi ishlatilish funksiyasi deb yuritiladi. Nominativ belgilar
tildagi paradigmatik aloqalarga asoslansa, predikativ belgilar esa
sintagmatika, ya’ni fraza va gaplarning nutqda ishlatilish tomoniga
1
Ўзбек тили грамматикаси. I том. Морфология. –Т., 1975, 16–бет.
8
asoslanadi.
1
Ko‘rinadiki, tilning leksika va semantikasini o‘rganishda ikki
yo‘nalish mavjud bo‘lib, ularning birinchisi faqat leksik-semantik
xususiyatlar bilan ish ko‘rsa, ikkinchi yo‘nalish esa tilning belgilar
yig‘indisi (semiotik sistema) ekanligiga asoslanadi. Lekin har ikki qarashning
ham ob’yekti va vazifalari bir-biri bilan bog‘liqdir. So‘zning semantik
strukturasi so‘zlashuv situatsiyasida yoki kontekstda kengroq ochiladi.
So‘zning farqlanish alomatlari sema deb ataladi. Leksik qatlamda
semantemaga
leksema
to‘g‘ri
keladi.
Semalar
fonologiyadagi
fonemalarning farqlanish belgilariga o‘xshaydi. Farqi shuki, semalar
o‘rtasidagi munosabat m’ano bilan aloqadordir. Semantikada qaysi ma’nolar
semalarga tegishli va qaysilari ularga tegishli emasligi aniq emas. Bunda bir-
biriga yaqin ma’nolar, yani semalar sinonimik ma’nolar sifatida qaralishi
ma’lum bir aniqlikka asoslanadi.
So‘z tilning eng asosiy va markaziy birligi bo‘lib, an’anaviy jihatdan
aytilishi va ma’no birligi, tilshunoslar tomonidan haqiqiy va formal
ma’nolar, formal va semantik ma’nolar, grammatik va leksik
ma’nolarning
qarama-qarshiligi
sifatida
qarab
kelinadi.
So‘zlarga
belgilarning bir-biriga aloqasi jihatdan qaralsa, uning ikki tomoni -formasi
(aytilishi) va mazmuni (ma’nosi) o‘rtasidagi aloqa kengroq ochiladi.
So‘zning semantik jihatidan ikki tomonlama birlik ekanligi tashqi (predmet
qatori) va ichki (tilning qurilishi) tomonini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham
so‘z tilda ikki planda namoyon bo‘ladi:
a) nominatsiya, ya’ni atash birligi sifatida ma’lum leksik ma’noga
ega bo‘lgan lug‘atning elementi;
b) til qurilishi strukturasining negizi sifatida ma’lum morfologik
shakllanishga, ya’ni grammatik ma’noga ega bo‘lgan birlik hisoblanadi.
1
Баскаков Н.А., Содиқов А.С., Абдуазизов А.А. Умумий тилшунослик. -Т., 1979, 100–бет.
9
So‘zning talaffuz tomoni ham nazarda tutilsa, yuqoridagi ikki plani bilan
bir qatorda fonologik strukturasi bilan ham alohida birlik hisoblanadi. Shu
tufayli "fonologik so‘z", "morfologik so‘z", "semantik so‘z", tushuncha va
terminlari farqlanib, ularning har biri alohida til sathida o‘rganiladi.
So‘zlarning nutqda ishlatilishi ularning tanlanishi, yani boshqa so‘zlar bilan
semantik aloqasi va ma’lum so‘zlarning boshqa so‘zlar bilan ma’no
jihatdan birikish qobiliyatiga bog‘liq. So‘zlarning tanlanishi ularning
ma’lum leksik-semantik paradigmalarga u yoki bu semantik belgilari
(semalari) asosida birlashuvi deb qaraladi.
So‘zlarning tanlanish jihati va ular o‘rtasidagi semantik
munosabatlar paradigmatik aloqalar deb yuritiladi.
So‘zlar real borliqni aks ettiruvchi sifatida bir-birlari bilan
bog‘lanadilar va tematik guruhlarga birlashadi. Masalan, qush nomlari, meva
daraxtlari guruhi v.b. So‘zlar o‘rtasidagi ichki ma’no farqlanishi bilan
bog’liq bo‘lgan paradigmatik va sintagmatik munosabatlar omonimiya,
polisemiya, sinonimiya, antonimiya va boshqa hodisalarni, so‘zlarning
leksik- semantik variantlarini tasnif qilish borasida kengroq ochiladi.
So‘zning mazmun komponentlari o‘rtasidagi bog‘lanish va so‘zlarning
ma’nolari orasidagi munosabatlar ularning nutqda ishlatilishini o‘rganish
orqali aniqlanadi.
Tilda so‘z va leksema atamalari ko‘p hollarda aralash holda qo‘llanadi.
Lekin ular bir-biridan farq qiladi. Leksema – jamiyat a’zolari uchun
tayyor,umumiy,majburiy bo’lgan, shakl va mazmunning barqaror birikuvidan
tashkil topgan, voqelikdagi narsa, belgi, xususiyat va munosabatlarni
shakllantiruvchi, nutq va lug’atda grammatik morfemalarni o’ziga biriktira
oladigan morfema turidir
1
. Leksema semema va nomemalarning o‘zaro
munosabatidan tashkil topgan butunlik sanalib, uning mazmuniy mundarijasi
1
Неъматов Ҳ.РасуловҲ.Ўзбек тили систем лексикологияси асослари.T.:Ўқитувчи,1995,37-bet.)
10
atash, ifoda va vazifaviy semalar munosabatidan iborat. Har qanday
leksemada bu semalardan "atash" semasi, albatta, ishtirok etadi. Shuning
uchun bu sema leksemaning markaziy semasi, qolgan semalar esa chegara
semalar hisoblanadi. Masalan, so‘zlamoq, do‘ngillamoq leksemalari bir xil
atash semasiga ega bo‘lib, ifoda semasi bilan bir-biridan farq qiladi.
So‘z atamasi leksemalardan boshqa birliklarni ham, ya’ni atash semasiga
ega bo‘lmagan birliklarni ham o‘z ichiga oladi
1
. Masalan, ammo, uchun so‘z,
lekin leksema emas, chunki ularning atash semasi mavjud emas, faqat
grammatik ma’noga ega. Demak, so‘z grammatik ma’noga ega
bo‘lgan leksemalarni va yordamchi, undov, modal nomlari bilan
yuritiluvchi birliklarni ham o‘z ichiga oladi.
Leksema leksik sath birligi sanaladi. U grammatik ma’no va bu ma’noni
ifodalovchi shaklga ega bo‘lib, so‘zga ya’ni, morfologik birlikka aylanadi.
Masalan, daraxt shoxlanuvchi ko‘p yillik o‘simlik, atash semasiga ega
bo‘lishi bilan leksema. Bu leksema, "ot", "bosh kelishik", "birlik",
semalariga va bu semalarni ifodalovchi shakllarga ega bo‘lishi bilan
so‘zga, morfologik birlikka aylanadi.
2
2– §. Leksik ma’no va uning tuzilishi
Leksik ma’no haqida tilshunoslikda turli xil qarashlar mavjud.Masalan,”
So’zning ob’yektiv borliqdagi narsa,belgi, harakat kabilar haqidagi
ma’lumoti leksik ma’no deyiladi.(“Hozirgi o’zbek adabiy tili”), “ So’zning
ob’yektiv borliqdagi narsa,hodisa,harakat,belgi va shu kabilar haqida
ma’lumot beruvchi(tasavvur beruvchi) mazmuni leksik ma’no deyiladi(
O’zbek tili leksikologiyasi), “ So’zning material qismi(leksema) bildiradigan
ma’no: ma’lum tovush kompleksini ma’lum obyektiv voqelikka bog’lash
1
Нурмонов А., Искандарова Ш.Тилшунослик назарияси. T.: Фан,2008,66-бет.
2
Нурмонов А., Искандарова Ш. Умумий тилшунослик. -Андижон, 2007, 80–бет.
11
bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun – mundarija leksik ma’no
deyiladi” (Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati).Professor A.Nurmonov
esa ana shu qarashlarni umumlashtirgan holda “ Leksik ma’no ongda
predmet, hodisa, xususiyat,muayyan jarayon va shu kabilar haqidagi
tushunchalarni aks ettiruvchi va unga bog’lovchi hamda so’zlovchining
subyektiv munosabatini ifodalovchi so’z mazmuni(mundarijasi) deb
hisoblaydi.( Tilshunoslik nazariyasi) So‘z paydo bo‘lishidayoq o‘z tovush
qobig‘iga va ma’lum bir ma’noga ega bo‘ladi. Lekin so‘zlar ifodalaydigan
ma’nolar eng umumiy belgi-xususiyatlariga ko‘ra har xil bo‘ladi va bu
jihatdan so‘z ma’lum guruhlarga ajraladi.
Avvalo, so‘zlar obektiv borliqdagi narsa-hodisa, belgi, harakat kabilarni
bildira olish xususiyatiga ega yoki ega emasligiga ko‘ra ikki guruhga
ajraladi:
tushuncha
ifodalaydigan
so‘zlar
va
tushuncha
ifodalamaydigan so‘zlar. Tushuncha ifodalash faqat mustaqil so‘zlarga xos
xususiyatdir. Masalan, kitob, yozmoq, katta so‘zlari ma’lum ob’yektiv narsa,
harakat, belgi haqidagi tushunchani ifodalaydi.
Mustaqil so‘z turkumlaridan boshqa turkumlarga oid so‘zlar tushuncha
ifodalamaydi. Masalan, undovlar so‘zlarning turli xil emotsiyasini
bildiradi; modal so‘z va yuklamalar fikrning borliqqa bo‘lgan
munosabatini ifodalaydi.
Xullas, ma’noning obyektiv voqelikdagi narsa-hodisa, belgi, harakat
kabilarga munosabati nuqtai nazaridan tildagi so‘zlarning qiymati bir xil
darajada emas.
So‘zning mazmuniy tuzilishi leksik ma’no va shu leksik ma’noga
qo‘shimcha tarzidagi ottenkalardan iborat bo‘ladi.
So‘zning ob’ektiv borliqdagi narsa-hodisa, harakat, belgi va shu kabilar
haqidagi ma’lumot beruvchi mazmuni leksik ma’no deyiladi.
1
1
Ўзбек тили лексикологияси. -Т., 1983, 205–бет.
12
So‘zlar o‘z ma’nosi bilan ob’yektiv borliqdagi narsa, harakat, belgi
kabilarning konkret o‘zini emas, balki ular haqidagi tushunchani
ifodalaydi. Tushuncha ob’yektiv borliqdagi narsa-hodisalarning kishi
ongida umumlashgan holdagi in’ikosidir. Narsa-hodisa haqidagi tushuncha
shu turdagi narsa-hodisalarga xos umumiy belgilarni birlashtiradi.
Ko‘rinadiki, leksik ma’no bilan tushuncha o‘rtasida umumiylik bor.
So‘zlar o‘ziga xos fonetik, so‘z yasalish, morfologik strukturaga ega
bo‘lgani kabi o‘ziga xos semantik strukturaga ham ega bo‘ladi. So‘zning
semantik strukturasiga kiruvchi leksik ma’no ham ma’lum komponentlardan
tashkil topadi. Bunday komponentlar sema deb ataladi. Ba’zan leksik ma’no
strukturasi bilan so‘zning semantik strukturasini bir xil hodisa sifatida qarash
hollarini uchratish mumkin. Lekin ular farqli hodisalardir. Leksik ma’no
so‘zning semantik strukturasidagi komponentlardan hisoblanadi.
Leksik ma’noni uning semalari asosida tahlil etishga keyingi
vaqtlarda alohida e’tibor berila boshladi. Sememaning semalarini to‘g‘ri
belgilash m’ano jihatdan o‘zaro qandaydir aloqasi bo‘lgan so‘zlar
munosabatini, ,shuningdek, ko‘p ma’noli so‘zlar semalarini to‘g‘ri
belgilashga imkon beradi. Chunki o‘zaro qandaydir aloqasi bo‘lgan
semalarda ulardan har biriga xos bo‘lgan, shuningdek, umumiy bo‘lgan
semalar mavjud bo‘ladi. Masalan, polisemantik so‘zlarda uning semalari
uchun umumiy bo‘lgan va semalarning o‘ziga xos bo‘lgan semalari bo‘ladi.
Ana shu semalarni aniq belgilash polisemantik leksemalar sememalarining,
shu bilan birga, polisemantik so‘z bilan omonimni to‘g‘ri farqlashga imkon
beradi.
So‘zning leksik ma’nosiga turli nuqtai nazardan yondashiladi va shu
asosda leksik ma’no tiplarga ajratilib maxsus nomlar bilan ataladi. Lekin
tiplarga ajratishdagi nuqtai nazar turlicha bo‘lganidan leksik ma’no turlariga
ajratishda har xilliklar bor. Lingvistik adabiyotlarda leksik ma’noga nisbatan
13
etimologik ma’no, bosh ma’no, yasama ma’no, asos ma’no, hosila ma’no,
nominativ ma’no, figural ma’no, erkin ma’no, bog‘li ma’no kabi
terminlarning qo‘llanishi leksik ma’noga turli nuqtai nazardan yondashish va
uning tiplarini har xil tushunish natijasidir.
Leksik ma’noga sinxronik planda qaralganda, ya’ni tiplarga
ajratishda hozirgi tilga oid leksik ma’no ko‘zda tutiladi unga quyidagi
jihatlardan yondashish kerak bo‘ladi:
1) yasalish munosabatiga ko‘ra;
2) ob’yektni ifoda etishiga ko‘ra;
3) nutqda reallashish holatiga ko‘ra.
Yasalish munosabatiga ko‘ra leksik ma’no ikki turga bo‘linadi: asos
ma’no va yasama ma’no.
U yoki bu ma’noning yuzaga kelishida asos bo‘ladigan ma’no asos
ma’no, uning ta’sirida hosil bo‘lgan ma’no yasama ma’no hisoblanadi.
Masalan, tugun so‘zining quyidagi birinchi gapdagi ma’nosi asos ma’no,
ikkinchi gapdagi ma’nosi esa yasama ma’nodir:
1. Devona belbog‘ining tuguniga astoydil yopishgan.
2. Adolat boshidagi tugunni, orqasidagi qapchig‘ini yerga qo‘ydi.
Yasalish munosabatiga ko‘ra leksik ma’no ikki turga ajratilar ekan, o‘z-
o‘zidan, bunda birdan ortiq ma‘noning o‘zaro munosabati yotadi. Demak,
leksik ma’noni bunday tiplarga ajratish va nomlash polisemantik so‘z
ma’nolari uchun xarakterli. Bir ma’noli so‘zlarda leksik ma’noning bunday
tiplari bo‘lmaydi.
Ob’yektni qay tarzda ifodalashiga ko‘ra leksik ma’no ikki turga bo‘linadi:
1.Nominativ m’ano;
2.Figural ma’no.
Nominativ ma’no narsa, belgi, harakat haqidagi bevosita ma’lumot, ular
bilan bevosita bog‘lanadigan ma’nodir.
14
Figural ma’no esa predmet, belgi yoki harakat bilan bevosita
bog‘lanmaydi, ya’ni so‘z figural ma’nosi bilan predmet, belgi yoki
harakatning nomiga aylangan bo‘lmaydi, figural ma’no nominativ ma’no
orqali predmet, belgi, harakat bilan bog’lanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |