Tovush akustikasi. Nutq tovushlari nutq organlarining harakati natijasida hosil bo‘ladi. Tovushlarning fizik xususiyati akustikada o‘rganiladi. Akustikada tovushning quyidagi xususiyatlari farqlanadi:
Tovush balandligi.
Tovush kuchi.
Tovush cho‘ziqligi.
Tovush kuchi nutq organiga xavoning bergan zarbi bilan o‘lchanadi. Ammo tovush kuchi tovush balandligi emas. Kuchli tovush past bo‘lishi ham mumkin. Tovush kuchi zarbdan hosil bo‘lgan tebranishning har bir silkinishidagi zarb yo‘nalishi bilan belgilanadi. Uni fiziklar tilida tebranish amplitudasi deyiladi. Tebranish amplitudasi detsibel bilan o‘lchanadi. Urg‘u tushgan bo‘g‘in unlisida uning bali yuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |