12. Toxar tillari guruhi - bu guruhga kiruvchi toxar (turfon, kuchan) tili, Xitoyning Sharqiy Turkiston (Sinjon) viloyatida, o‘lik til sanaladi.
II. KAVKAZ TILLARI OILASI
A. G‘arbiy guruh: abxaz-adigey tillari
1. Abxaz tillari guruhi:
1) abxaz tili – yozuvi 1954 yilga qadar gruzin alifbosida, so‘ngra rus alifbosiga asoslangan; shimoliy (bzib), janubiy (abjuy yoki kador) lahjalari mavjud;
2) abaza tili – Rossiya Federatsiyasining Qorachoy-Cherkes va Adigey muxtor viloyatlari hamda Stavropol o‘lkasida yashovchi abazalar (abazinlar) tili; yozuvi rus alifbosiga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |