Kiritma konstruksiyalar
Kiritma konstruksiyalar gap mazmuniga yoki uning ayrim bo‘laklari ma’nosiga nutq protsessida kiritilib, gap bilan logik – semantik jihatdan munosabatga kirishadilar.
Kiritma konstruksiyalar intonatsion jihatdan mustaqillikkka ega bo‘ladilar. Ular biror so‘roqqa javob bo‘lmaydilar, sintaktik vazifa bajarmaydilar, gap bo‘lagi yoki qo‘shma gaplarning komponenti bo‘lib hisoblanmaydilar.
Kiritma konstruksiyalar tushunilishi qiyin yoki tushinilmaydigan so‘zlar (dialektizm, professionalizm, termin, jargonizm, arxaizm, istorizm kabilar) ma’nosini, ayrim leksik birliklarning talaffuzi va etimologiyasini izohlash, so‘zlovchining sub’ektiv – emotsional munosabatini ifodalash, xabar manbaini ko‘rsatish, qo‘shimcha ma’lumotlar berish uchun xizmat qiladi: Boshidagi qalampir nusxa qora do‘ppisi ham (na chust nusxaga o‘xshaydi, na marg‘ilon nusxaga yangi. (H.G‘.) Engil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Nazira Ermatova (Toshkentdan), Vali Nazarov (Buxorodan), Vera Ivanova (Smarqanddan) g‘olib chiqdilar.
Kiritma konstruksiyalar, strukturasiga ko‘ra, uch tipga bo‘linadilar: kiritma bo‘lak, kiritma birikmalar, kiritma gaplar.
Kiritma bo‘lak ayrim so‘z shaklida bo‘ladi: Go‘daklikdan sheьr yod ola boshlagan Alisher ajoyib natijaga erishdi. Ellik ming bayt / yuz ming satr / she’rni yod oldi. (I.Sulton).
Kiritma birikmalar so‘z birikmasi shaklida bo‘ladi: u (safardan qaytgan kishi)... juda mayda odatiy voqealarni ham qoldirmay so‘zlar edi. (G‘.G‘).
Kiritma gaplar gap shaklida bo‘ladilar: Shu payt dumi kalta chavkar ot mingan qora soqolli keksa bir bek (yuzi ayollarniki singari tuksiz bo‘lganidan, jangchilar o‘zaro uni ko‘sa deb atashardi) husayinning yoniga yugurib keldi. (L.B.)
Kiritma konstruksiyalar ko‘pincha gap ichida, ba’zan gap oxirida keladilar, gap boshida kelmaydilar.
Kiritma konstruksiyalar gapning barcha tiplari tarkibida kelishi mumkin. Ba’zan bir gap (ko‘proq murakkablashgan gaplar) tarkibida bir necha bo‘lishi ham mumkin: Mehmonxonaga joylashib, soqol-mo‘ylovlarni olib (Ochil sho‘x harakat bilan yuzini siladi), keyin agitator sifatida (u ko‘kragini kerdi) salobat bilan kirib bordim. (P.Q.).
Gap kishi fikrini shakllantirishda, ifoda qilishda, boshqalarga bildirishda, umumiy fikr almashinuvda asosiy vositadir. Gap faqat muhokamani bildirmasdan, istak,buyruq, so‘roq kabi fikrlarni ham ifodalab keladi. Gaplar ifoda etgan maqsadiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi; darak, so‘roq, undov, buyruq gaplar. Gaplar tuzilishiga ko‘ra sodda va qo‘shma gap bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |