Tilshunoslik asoslari



Download 1,09 Mb.
bet68/105
Sana05.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#318842
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   105
Bog'liq
TILSHUNOSLIK ASOSLARI

SOTSIOLINGVISTIKA
Til inson hayotida nihoyatda muhim rol o‘ynaydigan hodisadir. Kishining butun hayoti til bilan bog‘langan bo‘lib, til yordamida kishilar o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, inson tili nihoyat darajada murakkab, bir – biriga qarama - qarshi bo‘lgan sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan hodisadir. Til kishilik jamiyatida uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratilgan barcha madaniy va ilmiy boyliklarni saqlaydigan va avloddan – avlodga yetkazib beradigan asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tilning tabiati, mohiyati, kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasi, strukturasi, til mexanizmining ishlash prinsiplari kabi muhim masalalar ilmiy o‘rganishni talab qiladi.

Tilshunoslik fanining tarixida tilning tabiati, ijtimoiy mohiyati kabi eng muhim masalalarni o‘rganishda turli nazariyalar va oqimlar mavjud bo‘lgan. Jumladan, mashhur nemis olimi Avgust Shleyxer nomi bilan bog‘liq bo‘lgan “Naturalistik oqim” tilni tirik organizm deb tushungan. U o‘zining “Darvin nazariyasi va tilshunoslik” nomli asarida Darvinning jonivor va o‘simliklarning turlari haqidagi ta’limotini tilga ham tadbiq qilinishi kerak deb da’vo qilgan. Uning fikricha, tilning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va evolyusiyasi tabiat qonunlariga bo‘ysungan holda ro‘y beradi: til tirik organizm kabi paydo bo‘ladi, rivojlanadi va o‘ladi. Ammo keyinchalik fan taraqqiyoti tilning tabiati va mohiyati haqidagi Avgust Shleyxer nazariyasining noto‘g‘ri ekanligini isbotladi.

Demak, til tabiiy va biologik hodisa emas, tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tabiat qonunlariga bo‘ysunmaydi. Aksincha, til kishilarning mehnat faoliyati jarayonida aloqa qilish, fikr almashishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiruvchi vosita sifatida paydo bo‘lgan.

Tilning asosiy va muhim xususiyati shundan iboratki, til kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan bo‘lib, eng muhim aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir.

Tilning ijtimoiy tabiati uning ayrim shaxsda emas, balki jamiyatda mavjudligini taqozo etadi. Til jamiyat tomonidan yaratilgan bo‘lib, uning taqdiri ham jamiyat taqdiri bilan chambarchas bog‘liqdir.

Til nasldan – naslga, avlodga o‘tadigan irsiy hodisa emas, aksincha, til jamiyat taraqqiyotining mahsulidir. Bolaning qaysi tilda so‘zlay boshlashi uni o‘rab turgan til muhitiga bog‘liq. Misol uchun, ingliz bolasi go‘dakligidan xitoyliklar orasida tarbiyalansa, u faqat xitoycha so‘zlab, o‘z ona tilini bilmasligi mumkin. Ammo bolaning biologik belgilari: yuz tuzilishi, sochining rangi va hakozolar o‘zgarmagan holda saqlanib qoladi.

Tilning boshqa ijtimoiy hodisalardan ajralib turadigan eng asosiy xususiyatlari shundan iboratki, til jamiyat faoliyatining barcha sohalariga xizmat qiladi. U kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan konkret – tarixiy norma sifatida jamiyat a’zolarining hammasiga teng xizmat qiladigan asosiy vositadir. Shuning uchun ham til sinfiy xarakterga ega emas. So‘zlovchi insoniyat tomonidan yaratilgan til normalaridan foydalanadi va ushbu tilning qonun-qoidalariga rioya qiladi. Shu bilan bir qatorda, har bir so‘zlovchi ayniqsa, adiblar, olimlar o‘zlarining nutq faoliyati jarayonida tilning rivoji uchun o‘z hissalarini qo‘shadilar. Shunday qilib, til kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan, unga xizmat qiladigan va har doim rivojlanib turadigan o‘ziga xos ijtimoiy hodisadir.

Zamonaviy tilshunoslikda bu atama ikki ma'noda ishlatiladi:

1. Til va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, ya'ni jamiyat hayoti va rivojlanishida tilning roli va aksincha, tilning rivojlanishida jamiyatning ahamiyati.

2. Tilda millatning ijtimoiy guruhlanishi munosabati bilan bo‘ladigan farqlar.

Bu masalalar tilshunoslik tarixida bir qadar o‘z aksini topgan. Lekin asrimizning oltmishinchi va yetmishinchi yillariga kelib tilshunoslik fanining bu yo‘nalishi jadal rivojlana boshladi. Sotsiolingvisti­ka faqat tilshunoslik va jamiyatshunoslik fanlari orasidagi munosabatlarni emas, balki falsafa, ijtimoiy psixologiya va etnografiyaga oid masalalarni ham qamrab oladi. Tilshunoslik fanidagi bu yo‘nalishga qiziqishning oshishi quyidagi sabablarga boqliq:

1. Jamiyatning ilmiy asoslangan til siyosati printsiplariga bo‘lgan ehtiyoj;

2. Struktural tilshunoslikning faqat tilning ichki tuzilishini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish.

Ma'lumki, jamiyatda til siyosati masalasi borgan sari keskinlashmoqda. Mustamlaka bo’lgan ko’plab Osiyo va Afrika mamlakatlarida til muammosi shu vaqtgacha hal etilmagan. Bu mamlakatlarda umummilliy davlat tili vazifasini hozircha mustamlakachilarning tili bajarmoqda. Masalan, Filippinda, Hindistonda milliy tillardan birini davlat tiliga aylantirish borasida ko‘rilayotgan choralarga qaramay, ingliz tili hali o‘z mavqeini saqlab kelmoqda.

Birorta milliy tilni davlat tiliga aylantirishda qator muammolarni hal etilishi lozim. Birinchidan, bu til o‘z mavqei bilan shu davlatda yashovchi boshqa millatlarga manzur bo‘lishi kerak. Buning ma'nosi shuki, mazkur til boshqa tillarga nisbatan ko’proq hududga tarqalgan bo‘lishi, bu tilda ko’pchilik gapirishi, leksik jiqatdan boshqalariga nisbatan namuna bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, bu tilni targ’ib qilish uchun o‘qish-o‘qitish ishlarini yo‘lga qo‘yish, shununglek, bu maqsadda ommaviy axborot vositalaridan kengroq foydalanish lozim. Uchinchidan, umummilliy tilga o‘tish bu bir necha yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda fan va texnika yangiliklarini yangi umummillat tili orqali yetkazish mushkul, bu vazifani faqat g’arbiy tillar bajaradi, degan fikr endigina mustaqillikka erishgan mamla­katlarda chuqur o‘rnashib olgan. Shu sababli g’arbiy tillardan qutulish qo‘shimcha qiyinchiliklar tug’diradi. Bulardan tashqari sotsiolingvistikaning tez rivojlanib ketishiga strukturalizm oqimining salbiy tomonlari ham ta'sir etadi.

XX asrning o‘ttizinchi yillarida maydonga kelgan strukturalizm tilni asosan bir tomonlama o‘rganishni, tilning tuzilishi va uni tashkil etuvchi birliklar ora­sidagi munosabatlarni o‘rganishni tilga oid boshqa masalalardan ustun qilib qo‘ydi. Natijada, til birliklariga xos bo‘lgan shakl va ma'no birligini rad etib, faqat shaklni o‘rganishga zo‘r berildi. Ko‘p o‘tmay bu oqim inqirozga uchrab, qo‘yilgan maqsadlarni uzil-kesil hal qila olmadi. Tilning yashashi va rivojlanishi bu tilda gaplashuvchi jamiyat bilan uzviy bogliq ekani ravshan bo‘lib qoldi.

Shular va shunga o‘xshash yana bir qancha boshqa masalalar tilshunoslik fanining asosiy masalalaridan bo‘lmish til va jamiyat masalasini yana kun tartibiga qo‘ydi.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish