Tilshunoslik asoslari



Download 1,09 Mb.
bet62/105
Sana05.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#318842
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105
Bog'liq
TILSHUNOSLIK ASOSLARI

Sintagma. Sintagma gap ichida bir-birining ketidan kelib bir nafas bilan aytiladigan so‘zlar gruppasidir. Shuningdek, sintagma bir so‘zdan ham hosil bo‘lishi mumkin, u ritmik urg‘uga ega bo‘ladi, gap sostavidagi sintagmalar bir-biridan pauza bilan ajraladi va sh. k.

Sintagma termini tilshunoslikda ko‘pincha faqat sintaktik ma’noda – bir–biridan qisqa to‘xtam orqali ajralib turadigan semantik– grammatik–intonatsion butunlik ma’nosida qo‘llaniladi. Lekin ayrim tilshunoslar bu terminning doirasiga bir so‘z tarkibidagi qo‘shimchalarni, morfemalarni ham kiritadilar.

Nutqiy aloqaning eng sodda, eng boshlang‘ich shakli bo‘lgan ikki bo‘lakning sintaktik munosabati sintagma deb ataladi. A.A. Reformatskiy ta’rificha, ikki bo‘lakdan iborat birikma sintagmadir, lekin bunday birikmalardagi bo‘laklarning ma’lum bir munosabatda bo‘lishi (bog‘lanishi), ifodalangan maqsadga ko‘ra teng bo‘lmaydi. Sintagma bo‘laklari shulardan iborat bo‘lishi mumkin: birinchidan, biri ikkinchisini aniqlab kelish yo‘li bilan bog‘langan ikki so‘z: qiziq xat, xat yozdim, chiroyli yozdim; ikkinchidan, so‘zning morfologik qismlari, morfemalar, morfemalarning birikuvi: talaba+man, bog‘bon+siz: uchinchidan gapning bir bo‘lagi bo‘lib kelgan so‘z birikmalari: “Og‘riq tishlar”ni ko‘rdik. Qo‘l uchi bilan ishlaydi.

Sintagma bo‘laklari bir-biri bilan ikki xil munosabatda: predikativ munosabatda va predikativ bo‘lmagan munosabatda bo‘lishi mumkin.

Predikativ munosabat (bog‘lanish) eng asosiy, eng muhim munosabat bo‘lib, bunda ikki bo‘lak bir-biri bilan vaqt va mayl jihatdan bog‘lanadi. Predikativ sintagma bog‘lanishi jihatidan ikki xil : tashqi (Oy chiqdi. Bola uxlayapti. Mashina to‘xtar) va yashirin ( Tun. Sovuq. Dahshat) bo‘ladi. Yashirin sintagma tashqi ko‘rinishda bir xil bo‘lakli bo‘lsa ham, aloqa vositasi sifatida tugal bir fikrni ifodalaydi.

Predikativ bo‘lmagan sintagmalar tubandagicha bo‘ladi:

Attributivli sintagma. Bunda aniqlovchi bo‘lak aniqlanmishning biror belgisini ko‘rsatadi: yosh yigit, ko‘m-ko‘k dala, charchagan odam.

Obyektli sintagma. Bu munosabatda izohlovchi (keng ma’noda) bo‘lak obyektini bildirib keladi: choy ichdi, xat yozuvchi, eshikni ochib.

Relyativli sintagma. Bunda izohlovchi bo‘lak hokim bo‘lak-harakatning biror belgisini ko‘rsatadi: yaxshi o‘qiydi, sekin yur, qo‘pol gapirdingiz.

Sintagmaning bo‘laklari moslashuv, boshqaruv va bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi. Masalan: Yosh qiz ochilgan paxtani tez tera boshladi. Bu gap – Yosh qiz / ochilgan paxtani / tez tera boshladi / paxtani tera boshladi / kabi to‘rt sintagmadan iborat bo‘lib, yosh qiz ochilgan paxtani tez tera boshladi – bitishuv yo‘li bilan, paxtani tera boshladi – boshqaruv yo‘li bilan bog‘langan. Faqat izohlovchi bo‘lak emas. Bu gapdagi sintagmalardan qiz tera boshladi predikativ munosabat bilan, yosh qiz, ochilgan paxta(ni) atributiv munosabat bilan, paxtani tera boshladi ob’ektli munosabat bilan, tez tera boshladi, relyativ munosabat bilan bog‘langandir.

So‘z birikmasining sintagmadan farqlanuvchi taraflari quyidagicha:


  1. Sintagma nutq bilan, gapirish jarayoni bilan bog‘liq bo‘ladi, u muayyan ritmik urg‘u va pauza yordamida reallashadi, so‘z brikmasida bunday xususiyat yo‘q.

  2. Sintagmalar nutq jarayonida ritmik gruppalar bilan bir-biridan ajralarkan, ko‘p vaqt o‘zining hajmi va chegarasi e’tibori bilan gapga ham, so‘z brikmasiga ham mos kelmaydi. Ayniqsa bu fikr oddiy so‘zlashuv tiliga nisbatan to‘g‘ridir. Oddiy so‘zlashuv tilida sintagmalar bir-biri bilan birlashib (qo‘shilib) ketishga moyil bo‘ladi.

  3. Sintagma birgina so‘zdan ham tuzilishi mumkin, shuningdek, so‘z+ko‘makchi kabi birikmalar ham sintagma hisoblanishi mumkin, ammo so‘z birikmasida bunday xususiyat yo‘qdir.

  4. Nutqdagi har qanday sintaktik hodisa ham sintagmatik kategoriyaga taalluqli bo‘ladi, so‘z birikmalarining har qanday turi ham, hech istisnosiz, sintagmatik kategoriyaga aloqador bo‘ladi. Bog‘lanishning faqat tobelanish yo‘li bilan birikkan turigina so‘z birikmalari bobida o‘rganiladi.

  5. Sintagma nutq jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan sintaktik birlik bo‘lganligi uchun (agar u birdan ortiq so‘zdan tuzilgan bo‘lsa)sintagmani tashkil qilgan komponentlar yonma-yon turmog‘i shart, erkin so‘z birikmasiga bunday qoidani berib bo‘lmaydi. qoida buzilgudek bo‘lsa, bo‘lakni sintagmatik qayta ajratish kerak bo‘ladi.

  6. So‘z birikmasida doimiy ish ko‘ruvchi grammatik qolip (model) mavjud, sintagmatik bo‘linishda bunday qolipning bo‘lishi mumkin emas.

  7. Sintagmada fonetik –stilistik talab birinchi o‘rinda turadi, ya’ni sintagma nutq intonatsion mazmunining bo‘linishi natijasida yuzaga keladi, bu jihatdan so‘z birikmasi undan sifat jihatdan keskin farqlidir.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish