Tilshunoslik asoslari



Download 1,09 Mb.
bet45/105
Sana05.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#318842
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105
Bog'liq
TILSHUNOSLIK ASOSLARI

GRAMMATIKA
Grammatika yunoncha “yozish san’ati” ma’nosini bildiradi. Hozirda u tilshunoslik fanining bir tildagi so‘z tuzilishi, gapda so‘zlarning o‘zgarishi va birikishini o‘rganadigan ilmning nomidir. U til qonunlarini o‘rganib, ularni yoritib beradi. Har bir tilning asosi uning fonetik sistemasi, leksikasi va grammatikasidir. Grammatika vositasida gap quriladi. Til birgina leksikaning o‘zidan emas, balki tilning lug‘at tarkibi + fonetik sistemasi, grammatikasidan iboratdir.

Grammatika so‘zlarning o‘zgarishi, gapdagi munosabati, o‘zaro bog‘lanishi haqidagi qoidalardan iborat bo‘lib, u tilning izchil xarakterini ko‘rsatadi. So‘z o‘zgarishining va gapda so‘z birikishining grammatik qoidalari bor. Har bir til o‘z grammatikasiga ega. Muayyan tilning grammatikasi umumiy qoidalar asosida o‘rganiladi, yaratiladi.

So‘zlarning o‘zgarishi, birikishi haqidagi qoida shu tildagi bir guruh so‘zlarga (masalan, otlar, fe’llarga) xos grammatik qoida bo‘lib umumlashadi. Masalan, kelishik qoidalarini olaylik. Akromga ayt, emas, Akromdan ayt, desak, o‘zbek tilining grammatika qoidasi buzilgan, o‘zbek tili grammatikasidan noto‘g‘ri foydalangan bo‘lamiz.

Grammatika so‘zning ma’nosi bilan qiziqmaydi. Predmetning nomi yoki og‘ir-yengilligi bilan qiziqmaydi. Grammatika uchun masalan, uy, dala, ariq, qog‘oz, non, idrok so‘zlarining umumlashgan grammatik xususiyati, predmetning nomini anglatishi muhim. Shuning uchun grammatika bu so‘zlarni ot kategoriyasiga kirgizib umumlashtiradi. O‘zbek tilidagi ot kategoriyasining grammatik xususiyatlaridan biri kelishiklarda turlanishidir. Otning yana bir grammatik xususiyati birlik va ko‘plik shakllarining mavjudligidir. Mana shu xususiyatlari va gapdagi vazifasi e’tiborga olinib, ular ot turkumiga kiritiladi. Demak, umumlashtirish, mavhumlashtirish tilning eng muhim xususiyatidir. Grammatika ikki qismdan – morfologiya va sintaksisdan iborat.

Har bir tilda grammatik qoidalarning yoritilish darajasiga qarab ilmiy va an’anaviy maktab grammatikasi yaratiladi. Grammatikaning morfologiya va sintaksis bo‘limlari o‘zaro zich bog‘langan. Fonetikani ba’zi olimlar grammatikaga kiritmaydi, mustaqil bo‘lim deb hisoblaydilar, ba’zilar grammatika tarkibiga kiritadilar. Ayrim amaliy mulohazalarga ko‘ra fonetikani ham grammatikaga qo‘shadilar. Demak, grammatik kategoriyalar, grammatik formalar, so‘z turkumlari (morfologiya) va gap bo‘laklari (sintaksis) haqidagi ta’limot grammatika deb ataladi.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish