6. Roman tillari23 guruhi
1) frantsuz tili - adabiy til sifatida XVI asrda Il-de-Fransa shevasi asosida shakllandi; qadimgi yozma yodgorliklari IX asrga oid; tarixiy taraqqiyoti IX – XV asrlarda o‘rta frantsuz tili davri, XVI asrdan e’tiboran yangi frantsuz tili davrlariga bo‘linadi; yozuvi lotin alifbosiga asoslangan. Fransuz tili boshqa Yevropa tillariga nisbatan ancha avval xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan;
2) provansalь yoki oksitan tili – janubiy-sharqiy Fransiya (Provans)24 dagi milliy til; adabiy til sifatida o‘rta asrlarda shakllandi va XIX asr oxirlariga qadar yashadi;
3) italyan tili – asosan toskana lahjasi, qisman Florensiya shevasi negizida tashkil topgan adabiy til; yozuvi lotin alifbosiga asoslangan, tarixan Yevropadagi dastlabki milliy tillardan biri.
4) sardin yoki sard tili – Italiya hududida joylashgan Sardiniya oroli hamda unga yaqin orllarda yashovchi xalq orasida muomala tili, 1,5 mln.dan ortiq kishi shu tilda gaplashadi; eng qadimgi roman tillaridan bo‘lib, ko‘proq italьyan tilining janubiy lahjalariga yaqin turadi, bir nechta lahjalari bor. Fonetik va morfologik jihatlari bilan boshqa roman tillaridan birmuncha farq qiladi. Leksikasida katalan, ispan va italyan tillarining ta’siri seziladi; yozuvi lotin alifbosiga asoslangan, undagi ilk yozma matnlar XI-asrga mansub. XI – XIV asrlarda Sardiniyaning rasmiy tili bo‘lgan, XX-asrda bu til oddiy so‘zlashuv tili, matbuot va she’riyat tili sifatida qo‘llanadi. Bu tilda badiiy nasr yozilmagan;
5) ispan tili – Ispaniya va Lotin Amerikasidagi 19 mamlakatning rasmiy tili, Filippin va AQShning janubiy-g‘arbida ham tarqalgan. Jonli lotin tili asosida shakllangan, ko‘p shevali, lug‘ati tarkibida arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar talaygina; ispan adabiy tiliga kastilь dialekti asos qilib olingan. Ispan tili XV asrgacha «kastilь tili» deb ham atalgan; yozuvi lotin alifbosiga asoslangan;
6) galisiyaliklar tili – Ispaniyaning shimoliy-g‘arbiy qismidagi Galisiya muxtor viloyatida yashovchi galisiyaliklar tili (aholisi 3,5 mln. kishidan iborat). Shuningdek, galisiyaliklar Amerika qit’asining ko‘pgina mamlakatlarida, xususan, Argentina, Braziliya kabi davlatlarida ham yashaydi. Yozuvi lotin alifbosiga asoslangan, ispan tili bilan bir qatordagi rasmiy til;
7) katalon tili - Ispaniyaning Kataloniya, Valensiya muxtor viloyatlarida, Balear orollarida, Fransiyaning Russilon tarixiy viloyatida, Sharqiy Tereney departamentida, shuningdek, Andorra davlati hamda Sardiniya oroli (Italiy)ning Algero shahrida tarqalgan. Ispaniya (ispan tili bilan bir qatorda), Andorra davlatlarining (ispan va fransuz tillari bilan bir qatorda) rasmiy tili; Sharqiy (barselon, balear, russimon, alьger) va g‘arbiy (leridan, valensi) shevalariga bo‘linadi; yozuvi lotin alifbosiga asoslangan;
8) portugal tili – dunyoning ko‘pgina mintaqalari (Portugaliya, Braziliya, Afrika, Hindiston)ga tarqalgan keng muomaladagi til. Ayni zamonda, Portugaliya, Braziliya, Angola, Mozambik, Gvineya-Bisau, Kabo-Verde, San-Tome va Prinsipi respublikalarining rasmiy tili. Bu til XII – XIV asrlarda janubiy va shimoliy portugal-galisiy shevalarining aralashuvi natijasida shakllangan;
9) rumin tili - Ruminiya Respublikasining rasmiy tili, dastlabki vaqtlarda kirill alifbosidan foydalanilgan, 1860-yilda lotin alifbosiga o‘tildi. Dastlabki yozma yodgorliklari XVI asr boshlariga taalluqli, adabiy til sifatida shakllanishi XVII asrdan boshlangan, baddiy adabiyot XVIII asr oxirlarida paydo bo‘lgan;
10) moldavan tili – rumin tiliga yaqin bo‘lgan til. Asosan, Moldaviya Respublikasida va unga qo‘shni bo‘lgan davlatlarda tarqalgan. Adabiy til sifatida XVI asrdan e’tiboran shakllana boshlagan va bu jarayon XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan; yozuvi XIX asrgacha slavyan alifbosi (kirillitsa), XIX asrdan rus alifbosi asosida (1932-39-yillarda lotin grafikasi) bo‘lgan; 1989-yilda lotin alifbosiga o‘tish haqida qaror qabul qilingan;
11) makedon-rumin (aromun) tili – rumin tilining aromun lahjasi; makedoniyalik rumin (aromun)lar tili. Aromunlar Yugoslaviya, Albaniya, Gretsiya, Bolgariya, Ruminiya kabi davlatlarda yashovchi xalq;
12) retoroman tili – 1938-yildan e’tiboran Shvetsariyaning to‘rtta davlat tilidan biri;
13) kreol tili - roman tillarining mahalliy tillar (gaityan, mavrik, seyshel, senegal, papyamento) bilan aralashuvi natijasida vujudga kelgan.
O‘lik tillar:
1) lotin tili - qadimgi Rimning adabiy va davlat tili; yozma, epik, lirik, drammatik, tarixiy nasr, huquqiy hujjatlar va notiqlik san’atiga oid yodgorliklarga o‘ta boy til; qadimgi yozma yodgorliklari eramizdan oldingi IV asrga borib taqaladi; o‘rta asr g‘abiy Yevropa adabiy va katolik cherkovi tili; qadimgi grek tili singari xalqaro termonologiya manbasi;
2) osk, umbr, sabel tillari.
Do'stlaringiz bilan baham: |