Tilni o`qitish va o`rganishda XXI asr ko`nikmalari qo`shboqova Nodira Oliy toifali ingliz tili fani o`qituvchisi



Download 218,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana26.02.2022
Hajmi218,96 Kb.
#469491
  1   2
Bog'liq
1062-Текст статьи-3001-1-10-20210413 (1)



TILNI O`QITISH VA O`RGANISHDA XXI ASR KO`NIKMALARI 
Qo`shboqova Nodira 
Oliy toifali ingliz tili fani o`qituvchisi 
Annotatsiya
: XXI asrga kelib,zamonaviy texnologiyalar rivojlanmoqda va ilm- 
fanda ham rivojlanish yuqori darajada sezildi,jumladan,eng so'nggi pedagogik 
texnologiyalar va metodikalar va innovatsion texnologiyalar ishlab chiqildi va 
tatbiq qilindi.Albatta,XXI asr tilni o'qitish va o'rganishni zamonaviy 
texnologiyalar tez va oson o'zlashtirishni ta'minlab bermoqda.Eng so'nggi 
innovatsion texnologiyalar nafaqat an'anaviy ta'lim jarayonida balki mustaqil 
ta'lim yoki onlayn ta'limda ham o'qituvchi va o'quvchilargan yengillik yaratmoqda. 
Kalit so`zlar:
innovatsion texnologiya,interfaol usul,aralash metod,to`g`ri 
metod,audiovizual 
metod,audiolingual 
metod,”Zig-Zag” 
metodi,”Videotopishmoq” metodi 
 
Barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar qatori Vatanimiz 
O`zbekistonda ham chet tilini o`rganish va o`rganish davr talabiga aylandi.Hozirgi 
globallashuv jarayonida chet tilini o`rganish va ularning madaniyatini o`rganish 
millatlarni birlashtirib,hamkorlikka olib keladigan bir ko`prik vazifasini 
o`tamoqda.Yurtimizda tilni o`rganish va o`rgatishga talab kuchaygani sababli, chet 
tili professor o`qituvchi va olimlari juda ko`plab yangi innovatsion pedagogik 
ko`nikmalar vatexnologiyalar va yangidan yangi metodik qo`llanmalar ishlab 
chiqishdilar va ishlab chiqishmoqda va shuningdek chet el ta`lim tizimidan ham 
namunalar olib ta`lim sohasida tatbiq etishmoqda va bu esa tilni oson va tez 
o`zlashtirishini ta`minlab bermoqda. 
Chet 
til 
o’qitish 
metodi 
– 
chet 
tili 
o`rgatishning 
amaliy,umumta`limiy,tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga erishuvini 
ta`minlovchi muallim va o`quvchi faoliyatining majmuasidir. 


Innovatsion texnologiya – ta`lim samaradorligini oshiruvchi omillardan 
foydalanish,turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qo`llash orqali bilim 
egallashni takomillashtirish usullaridir.Uning asosiy maqsadi ta`lim jarayonida 
o`qituvchi 
va 
bilim 
oluvchi 
faoliyatiga 
yangilik,o`zgartirishlar 
kiritish 
bo`lib,interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi.Interfaol metodlar ta`lim 
jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga,erkin va mustaqil 
fikr yuritishga asoslanadi.Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli 
mashg`ulotga aylanadi.Interfaol usullar qo`llanilganda mustaqil ishlash ko`nikma 
va malakasi rivojlanadi.Bahslar – o`quv guruhlarini ikki guruhga bo`lgan holda 
biror mavzu bo`yicha o`zaro bahs – fikr almashinuvi tarzida o`tkaziladi.Muzyorar-
ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchilar orasida to`siqni yo`qotishga qaratilgan. 
“Zig – Zag’ metodi – o`quvchilar bilan ishlash, mavzuni tezkor va puxta 
o`zlashtirishga xizmat qiladi;o`quvchilarda jamoa yoki guruh bo`lib ishlash 
ko`nikmasi;vaqt tejaladi.”Videotopishmoq” metodi – so`nggi yillarda pedagogik 
faoliyatda turli axborot vositalari yordamida ta`lim jarayoni tashkil etilishiga 
alohida e`tabor qaratilmoqda,o`qituvchilar oldida ta`lim jarayonida turli axborot 
vositalaridan o`rinli va maqsadga muvofiq foydalanish turibdi.Videotopishmoq 
metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: 
- o`quvchilar e`tiboriga o`rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga 
yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videoloyiha namoyish etiladi; 
- o`quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini qayd etadilar; 
- o`qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob beradilar. 
To`g`ri mеtod nomining kеlib chiqishiga asosiy sabab shuki, to‘g‘ri
mеtodda o‘qitish chog‘ida ona tilini chеtlab o‘tib chеt til so‘zi bilan prеdmеt 
orasida bеvosita assotsiatsiya, ya'ni fikran bog‘lanish o‘rnatishga urinib
ko‘rilgan. Chеt til grammatikasini o‘rgatishda ham huddi shunday mеtodik yo‘l 
tutilgan; grammatik ma'no bilan shakl o‘rtasida bеvosita bog‘lanish hosil 
qilmoqchi bo‘lishgan.To‘g‘ri mеtodning dunyoga kеlish sababini chеt tillarni
amaliy o‘rganish maqsadidan qidirish joizdir. O‘tgan asrning oxirlariga kеlib


Garbiy Evropa mamlakatlari va Amеrika Qo‘shma Shtatlarida chеt til
o‘qitishni isloh qilish natijasida ushbu metod kashf etilgan. Kеyinchalik bu 
metod -Osiyo, Afrika va boshqa yurtlarga ham tarqalgan.Ona tili ishtirokisiz chеt 
tilini o‘rgatishga intilishlarni to‘g‘ri mеtod, induktiv mеtod, tabiiy mеtod kabi
atamalar bilan yuritila boshlangan. Ushbu metodlardan ko‘zlanadigan asosiy 
maqsad chеt tilni amaliy jihatdan o‘rgatishdir. Ona tilini o‘rganish shart -sharoitlari
bu mеtodda o‘zgarishsiz qabul qilina bеrgan.To‘g‘ri mеtodning zamonaviy 
ko‘rinishlaridan ikkitasi - audiolingual va audiovizual mеtodlari ko‘p tarqalgan.
Audiolingual mеtodning asoschilari (mashxur Amеrika mеtodistlari Chariz
Karpеntеr Friz va Robеrt Lado) fikrlariga binoan chеt til amaliy va ta'limiy
maqsadda o‘rganiladi. Til matеriallaridan chеt til jumlalari (nutq
namunalari)ni tanlash va o‘rgatishga muhim o‘rin b еriladi. Nutq faoliyati
turlarini o‘rganish tartibi quyidagicha kеchadi: tinglab tushunish, gapirish, -
o‘qish - yozuv. Og‘zaki nutq chеt tilda aloqa vositasi sifatida, yozma nutq esa 
og‘zaki nutq matеriali asosida o‘rgatiladi.Muallimlar audiolingual mеtodning bir
qancha ijobiy xossalarini maktab tajribasidan biladilar. Chunonchi, nutq
namunalarining til o‘rgatish birligi darajasiga qo‘lanilishi, og‘zaki nutqning
ilgarilashi, og‘zaki nutqning matеrialida o‘qish va yozuvning o‘rgatilishi V-VII 
sinflarda tеgishli o‘zgarishlar bilan qabul qilingan.Audiolingual mеtodning ayrim
qonuniyatlari bizning sharoitga to‘g‘ri k еlmasligi maktab darsliklariga hisobga 
olingan. Masalan: nutq namunalari ong ishtirokisiz va hеch qanday qoidalar
bеrilmasdan o‘rgatish undagi g‘ayri ilmiy ko‘rsatmalardir. Aktiv va passiv til 
matеrialini farqlagan holda ularning o‘zlashtirishiga, befarq qarashadi. Bu ham 
noto‘g‘ri mеtodik yo‘l-yo‘riqdir.Audiolingual mеtoddan qator jihatlari bilan
farq qiladigan audiovizual mеtod nomoyondalari (P.Gubеrina, P.Rivan)
mеtodik ko‘rsatmalariga binoan lеksik matеrialni an'analariga alohida e'tibor
bеrilgan. Hayotiy mavzularda erkin fikr yuritish uchun 1500 so‘z tanlangan, 
turli tеxnikaviy vositalarga ta'lim jarayonida katta o‘rin bеriladi.Ikkala mеtodning 


umumiyligidan tashqari tafovutlari ham bor. Masalan, audiovizual mеtodda 
og‘zaki nutq, yozuv va oxirgi navbatda o‘qish o‘rgatiladi. O‘qish yozuvdan k еyin
o‘rgatiladi, Bizning maktablarda ushbu mеtodlaridan ijobiy foydalaniladi. O‘rta 
maktabda birinchi yillari chеt tili o‘qitishda yozuv o‘qishdan oldin, k еyinchalik 
esa o‘qish yozuvdan oldin va yuqori sinflarda o‘qish barcha nutq faoliyati
turlaridan oldin o‘rgatiladi.To‘g‘ri mеtodlarning rеpraduktiv va rеtsеptiv
tarizda chеt til o‘rgatish mеtodlari ham mеtodika tarixida sеzilarli iz qoldirgan. 
Aralash mеtod - ikki katta mеtodik yo‘nalishlarning ilmiy-amaliy tomonlarini
o‘ziga singdirib olgan, Aralash mеtodlar XIX asr oxiri XX asr boshlarida
tarjima va to‘g‘ri mеtodlar qorishmasi sifatida vujudga kеldi. Aralash mеtod
haqida uning nomoyondalari Daniyalik ruxshunos K.Flagstad, nеmis tilshunosi 
E.Otto, nеmis mеtodisti F.Aronshtеan, nеmis tilshunosi G.Paul kabilarning ilmiy
isharidan ma'lumotlar olish mumkin. Aralash mеtodning yana bir boshqacha 
ko‘rinishi to‘g‘ri mеtod va qiyosiy mеtod printsiplarining qorishmasi sifatida
vujudga kеldi. Ushbu zamonaviy aralash mеtodning nomoyondalari mеtodistlar
Amеrikalik II Xеnbold, Bеlgiyalik F.Klossa, Gеrmaniyalik A.Bolеn va rus
chеt til o‘qitish ruhshunosi R.B.Bеliyеv tadqiqotlaridan ma'lum va mashxurdir. 
Hozirgi 
kunda 
ta`lim 
jarayonida 
interaktiv 
metodlar,innovatsion 
texnologiyalar,pedagogik texnologiyalarni qo`llashga bo`lgan qiziqish kundan –
kunga ortib bormoqda,bunday bo`lishiga sabablardan biri shu kungacha ta`limda 
o`quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o`rgatilgan kerakli 
masalalarni izlab topishga,tahlil va xulosa qilishga o`rgatadi.O`qituvchi bu 
jarayonda boshqaruvchilik,yo`naltiruvchilik vazifasini bajaradi,ta`lim o`quvchi va 
talabalar manfaatiga yo`naltiriladi.Ta`lim sohasidagi tajribalar shundan dalolat 
beradiki, yangi pedagogik texnologiyalar,ularni o`z o`rnida qo`llash hozirgi zamon 
ta`lim jarayonini sifat bosqichiiga olib chiqishda zarur bo`lgan metod deb tan 
olingandir.



Download 218,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish