www.wc.tseu.uz
3
www.tseu.uz
1-jadval
Bank aktivlari tarkibida qimmatli qog`ozlarga qo`yilmalar dinamikasi [1, 16]
№
Aktivlaar
tarkibi
2016-y. 4-kv.
2017-y. 4-kv.
mlrd.
so`mda
jami
ga nisbatan
foizda
mlrd.
so`mda
jami
ga nisbatan
foizda
1
.
Qimmatli
qog`ozlarga
investitsiyalar
973,3
1.54
%
926,6
0,8%
2
.
Qimmatli
qo`gozlarning
oldi sotdi hisobi
46,3
0,07
%
79,6
0,07
%
3
.
Qimmatba
ho
metallarning
oldi-sotdi hisobi
0,0
0,0
%
0,1
0,0%
Qimmatli
qogozlarga bank
qo`yilmalari
–
JAMI
1 019,
6
1,61
%
1 006,3
0,87
%
JAMI
AKTIVLAR
63 402
,5
100
%
115 15
8,5
100
%
Yuqoridagi jadvaldan ko`rishimiz mumkinki, 2017 - yil 4-kvartal oxirida fond bozorida
ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan investitsion qo`yilmalarning brutto hajmi o`tgan yilning
shu davriga nisbatan, jami aktivlardagi tarkibi 0,74 %ga kamaydi va 1,006 trln. so`mga teng bo`ldi.
Shu bilan bir qatorda, fond bozorida ishtirok etuvchi tijorat banklarining investitsion qo`yilmalari
tarkibida keskin o`zgarishlar yuz bermagan.
Qimmatli qog`ozlar tijorat banklariga qo`shimcha kapital keltiruvchi kam xarajatli
instrumentdir. Ular qimmatli qog`ozlarni emissiyasidan ustav kapitali uchun, oborot uchun pul
mablag`larini jalb qiladi. Investitsion va boshqa turli vositachilik faoliyatidan qo`shimcha
daromad manbaini yaratadi. Qolaversa, tijorat banklari qimmatli qog`ozlar orqali pul oborotini
kengaytiradi, tezlashtiradi va keng jamoaning bankdan tashqari oborotdagi pul mablag`larini
o`ziga jalb qiladi. Oqibatda iqtisodiyotning mablag`lariga muhtoj sohalarini moliyalashtiradi.
2017-yil davomida “Toshkent” Resrublika fond birjasida tijorat banklarining umumiy savdo
aylanmasidagi ulushi 86,3 foiz yoki 257,6 mlrd. so`mni tashkil qildi [2]. Bu shuni ko`rsatadiki
O`zbekiston Respulikasida qimmatli qog`ozlar bilan bog`liq operatsiyalar ma’lum bir qatlam
ichida qolmoqda. Ya’ni bu borada faqatgina bir nechta tashkilot ishtirok etmoqda. Bu esa birja
savdolarida banklarning ulushini ortishiga olib kelmoqda. Tijorat banklarining qimmatli qog`ozlar
bozoridagi ulushi boshqa sohalarga qaraganda katta bo`lsada, balansining aktiv qismida qimmatli
qog`ozlar bilan operatsiyalar ulushi (foizda) juda kam miqdorni tashkil etadi va bunga mos
ravishda uning qimmatli qog`ozlar operatsiyasidan keladigan daromadlari kamligini ham alohida
ta’kidlash lozim. Vaholanki, xorij banklari tajribasida banklarning aktiv operatsiyalari tarkibida
qimmatli qog`ozlar bilan operatsiyalari ulushi kredit operatsiyalaridan keyingi ikkinchi o`rinda
turadi.
O`zbekiston qimmatli qog`ozlar bozori tizimining faoliyati va shakllanishida banklar muhim
o`rin egallaydi. Banklarga boshqa xo`jalik yurituvchi subyektlar bilan solishtirganda qimmatli
qog`ozlar bozorida faoliyat yuritish uchun keng sharoitlar mavjud. Buning asosiy sabablari sifatida
quyidagilarni alohida ta’kidlab o`tish mumkin:
- birinchidan, odatda banklarda yuqori malakali kadrlar yig`iladi;
- ikkinchidan, banklar to`g`risidagi qonunchilik, aksionerlik jamiyati shaklidagi, ya’ni
www.wc.tseu.uz
4
www.tseu.uz
qimmatli qog`ozlarni, jumladan, aksiya chiqarishni amalga oshiruvchi emitent tijorat banklari
faoliyatini
tartibga soladi;
- uchinchidan, oddiy korxona va tashkilotlar bilan solishtirganda banklar yirik investor
sifatida fond bozorida qatnashish uchun zarur sharoit yaratuvchi ahamiyatli xususiy va qarz
mablag`larini jalb qilish imkoniyati mavjud. Nihoyat, O`zbekiston resrublikasi qonunchiligi
qimmatli qog`ozlar bozorida banklar faoliyatini hech qanday cheklamaydi va bir vaqtda banklar
o`z mijozlarining moliyaviy xo`jalik faoliyati haqidagi keng axborotlarni olish imkoniyatiga ega,
bu ularga bunday ma’lumotlarni olishda chegaralangan oddiy investorlar oldida afzalliklar beradi.
O`zbekistonda banklarni tijorat va investitsion faoliyatini qat’iy cheklovchi qonunlar
mavjud emas, shuning uchun tijorat banklari fond bozorining professional ishtirokchilariga xos
funksiyalarni erkin bajaradi. Qonunchilikka muvofiq bank faoliyatini amalga oshirishga
litsenziyasi mavjud tijorat banklari qimmatli qog`ozlar bozorida investitsiya vositachisi,
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi, investitsiya maslahatchisi, transfer-agent va
depozitariy sifatida professional faoliyatni amalga oshirishi mumkin. Bunda tijorat banklari
tomonidan ko`rsatilgan faoliyat turini amalga oshirish uchun alohida litsenziya talab etilmaydi.
Korporativ obligatsiyalar bozorini rivojlantirish munosabati bilan O`zbekistonning alohida
banklar obligatsiyalarning chiqarilishi va birlamchi joylashtirishni tashkil etishda vositachi sifatida
bu qimmatli qog`ozlarning birlamchi joylashtirilishida faol ishlay boshladi. Yaqin kelajakda
fikrimizcha, O`zbekiston Resrublikasi banklariga investitsiya va moliyaviy maslahat berish,
aktivlarni tasarruf qilish, depozitar xizmatlar, trast xizmatlari, transfer-agent xizmatlari turlarini
rivojlantirishni mo`ljallash talab etiladi.
Shuning bilan birgalikda Resrublikada ayrim tijorat banklarining qimmatli qog`ozlar bilan
amalga oshirilayotgan investitsion operatsiyalarining rivojlanmaganligi va ularning investitsion
faoliyatini takomillashmaganligi hamda ularda qimmatli qog`ozlar portfelining diversifikatsiya
darajasi pastligi, investitsion portfeldagi risk darajasining yuqoriligi kabi muammolar ham
mavjuddir.
O`zbekiston fond bozorida resrublika banklari investitsiya faoliyati ko`lamini yanada
kenggaytirish masalasi ularda qabul qilinayotgan rivojlanish investitsiya strategiyalarining
samaradorligiga bog`liq bo`ladi. Tijorat banklarining rivojlanish investitsiya strategiyalari sifati
deganda turli aktivlar to`lamiga ma’lum bir usullar va texnologik imkoniyatlarning qo`llanilishi
tushuniladiki, ular oldin investitsiya qilingan mablag`ni saqlab qolishga, daromadlilikning eng
katta darajasiga erishishiga imkon beradilar. Boshqacha so`z bilan aytganda, portfelni boshqarish
jarayoni portfelning asosiy investitsiya sifatining hamda portfel egasi manfaatlariga muvofiq
bo`lgan uning xususiyatlari saqlanib qolinishiga yo`naltirilgan bo`lishi kerak.
Portfel investitsiyalash strategiyasini amalga oshirish jarayonida aksiyadorlik jamiyatlari
investitsiya bo`linmalari xodimlari investitsiya portfeli tanlangan investitsiya strategiyasi turiga
muvofiq bo`lishiga erishishlari kerak. Bunda, portfel investitsiyalash faol strategiyasi qimmatli
qog`ozlar bozori imkoniyatlaridan maksimal tarzda foydalanishga, passiv strategiya esa –
aksiyadorlik korxonalari risklarini minimallashtirish hisobiga portfelni shakllantirishning
muvozanatlash-tirilgan yondashuvini ta’minlashga yo`naltirilgan bo`lishi kerak.
Portfel investitsiyalashni amalga oshirish jarayonida O`zbekiston tijorat banklari
shakllantirilgan qimmatli qog`ozlar portfelini boshqarishning ham aktiv ham passiv usullarini
erkin qo`llay olishlari lozim.
Banklar investitsiya faoliyatini rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish
ta’minlangan bo`lishi lozim deb hisoblaymiz:
- banklarning investitsiya portfelini tashkil etish va boshqarishning samarali mexanizmlarini
joriy etish;
- korporativ qimmatli qog`ozlar bozorining rivojlanishida banklarning tutgan o`rni va
ahamiyatini oshirish choralarini ko`rish;
- banklarda portfel diversifikatsiyasi evaziga investitsiya riskini pasaytirish, jahon
amaliyotida investorlar iqtisodiyotning turli xil tarmog`iga tegishli korxonalar aksiyalariga egalik
www.wc.tseu.uz
5
www.tseu.uz
qilib, investitsiya riskini pasaytirishadi. O`zbekistonda qo`yilmalarni diversifikatsiyalashning
mushkul tomoni shundaki, umuman olganda aksiyalar bozori nolikvid hisoblanadi, ya’ni
aksiyalarga ommaviy talab va taklifning yo`qligi. Aksiyadorlik kapitalning aksariyat qismi 70-
80% nazorat paketlarda, ya’ni strategik investorlar ixtiyorida;
- fond bozorida banklar tomonidan qimmatli qog`ozlar bilan amalga oshiriladigan
operatsiyalar bo`yicha soliq mexanizmida birmuncha yengilliklar va imtiyozlar joriy etilishi lozim;
- birja savdolarida sotiladigan moliyaviy instrumentlar sonini ko`paytirish, ya’ni moliyaviy
fyuchers, opsion, depozitar tilxatlar va ipoteka obligatsiyalarini joriy etish. Bu holat qimmatli
qog`ozlar bozorida banklarning faollashuviga va fond bozori aylanmasining oshishiga olib keladi;
- Respublika tijorat banklarining qimmatli qog`ozlarini xalqaro fond birjalarida sotishni
ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish lozim.
Yuqorida sanab o`tilgan chora-tadbirlarning o`z vaqtida amalga oshirilishi respublika
banklari raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilib, ularning nafaqat milliy fond bozorida
investitsion faolligi oshishiga balki xalqaro kapital bozorida ham faol ishtirokchiga aylanishiga
imkon beradi, O`zbekistonda investitsiya muhitining yanada qulayroq bo`lishiga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Ahbor-Reyting” agentligining tahliliy ko`rsatkichlari. Fevral, 2018-yil. №50, 16-b.
2. AJ “Toshkent” RFBning yillik hisoboti ma’lumotlari.
3. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
“O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida”
farmoni. www.lex.uz - O`zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.