1-rasm. Birja aylanmasining tarmoqlar bo`yicha tarkibi, foizda [2]
Yuqoridagi rasm ma’lumotlaridan ko`rinadiki, biz tahlil qilayotgan davr mobaynida birja
aylanmasining tarmoqlar bo`yicha tarkibida banklar va agrosanoat majmuasining ulushi
ortganligining hisobiga qolgan tapmoqlarning birja aylanmasidagi ulushi kamaygan. Shuni ham
alohida takidlash kerakki birja aylanmasida eng yirik ulushni har ikki yilda ham banklar saqlab
qoldi. Banklarning 2016 - yildagi birja aylanmasidagi ulushi 50,6 foizni tashkil etgan bo`lsa 2017
- yilda 86,3 foizni tashkil etdi. Bu banklarimizning qimmatli qog`ozlar bozoridagi o`zining
mustahkam mavqeini yanada oshganligidan dalolat beradi. Qolgan tarmoqlarning ulushi juda ham
past va yildan yilga kamayish tendensiyasiga ega. Faqat agrosanoat majmuasi 2016 - yilda 5,3
foizni, 2017 - yilda 9,2 foizni tashkil etib banklardan keyin yetakchilik qilmoqda.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish keng ko`lamli islohotlarni amalga oshirish,
jamiyatni barcha jabhalarini tubdan o`zgartipish yo`liga kirib borishi mamlakat bank tizimini
qimmatli qog`ozlar bozoridagi investitsiya faoliyatini amalga oshirishga kerak bo`lgan yangi
vazifalarni belgilab berdi. Xuddi shuningdek, qimmatli qog`ozlar bozorida tijorat banklarining
investitsiya faoliyati banklar uchun yangi imkoniyatlarni va o`z hokimiyati doirasini kengaytirish
hamda barqaror daromadni olib, bankni likvidligini ta’minlash istiqbolini ochib berdi.
Tijorat banklarning investitsion operatsiyalari bu – keng ma’noda bankning pul
mablag`larini va boshqa rezervlarini qimmatli qog`ozlarga, ustav fondlariga, ko`chmas mulkga,
qimmatbaho toshlar va boshqa obyektlarga qo`yilmalari tushuniladi. Qolaversa, o`sib boruvchi va
bankga foizlar va dividendlar shaklida daromad keltiruvchi bozor baholariga ham investitsiyalar
qilinishini tushunish mumkin. Tijorat banklarining investitsion portfeli (qimmatli qog`ozlar
portfeli) bir butun sifatida boshqariladigan qimmatli qog`ozlarga sarflangan sarmoyalar
hisoblanib, o`zida har xil turdagi va shakldagi qimmatli qog`ozlarni mujassamlashtiradi. Qimmatli
qog`ozlar portfelini shakllantirish davomida investor o`z e’tiborini xavfsiz, yuqori likvidligi va
daromadligi bilan ajralib turgan qimmatli qog`ozlarga qaratiladi. Banklarning investitsion portfeli
qimmatli qog`ozlar bozor narxining o`sishi yoki foiz daromadi ko`rinishida foyda keltiradi.
Investitsiya portfelini hajmi qanchalik katta bo`lsa, u bilan bog`liq xarajatlar ham katta bo`ladi.
Ta’kidlash o`rinliki, odatda fond bozorida ishtirok etuvchi tijorat banklari milliy
iqtisodiyotimizning real sektorini rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanadi.
Shunga qaramasdan, tahlil qilinayotgan davr oralig`ida fond bozorida ishtirok etuvchi tijorat
banklari tomonidan investitsiyaning yalpi hajmida biroz pasayish kuzatildi.
Agrosano
at
kompleksi
5,3%
Banklar
50,6%
Sanoat
24,6%
Boshqalar
9,5%
Sug'urta
0,9%
Qurilish
1,2%
Transport
6,2%
Ijtimoiy
soha
1,7%
Do'stlaringiz bilan baham: |