ME’MORIY OBIDALAR
MIRZO ULUG’BEK RASADXONASI
Rasadxpna Mirzo Ulug‘bek farmoyishi bilan 1424-1429-yillarda Samarqanddagi Ko‘hak (Cho‘ponota) tepaligida, Obirahmat anhori bo’yida bunyod etilgan.
Rasadxona ulkan silindr shaklida bunyod etilgan; balandligi 31 metrdan iborat 3 qavatli qilib qurilgan. Rasadxona tevaragida olimlar va xizmatchilar uchun katta-kichik hujralar quriladi. Uning etagida esa 2 ta chorbog’: Bog’i maydon va Chinnixona. Rasadxona joylashgan bu mavze mahalliy aholi o’rtasida “Naqshi jahon” nomi bilan shuhrat qozongan.
Ulug‘bek rasadxonasi qurilishida xom va pishgan g‘isht, loy, taxta va shu kabi ashyolardan foydalanilgan.
Ulug‘bek rasadxonasining arxeologik qoldiqlari 1908-yil V.L.Vyatkin rahbarligida olib borijgan qazilma ishlari asosida topildi. Xususan, bu yerda diametri 48 metr keladigan, qalinligi bir g‘isht bo‘lgan aylanma devor borligi va uning markazida qo'shaloq yoydan iborat bosh qurilmaning qoldig'i mavjud bo’lganligi aniqlangan. Uning katta zallari, turli katta-kichik xonalari bo'lgan. Boburning yozilishicha, Ulug‘bek rasadxonaning sirti koshin va sirli parchinlar bilan bezatilgan.
Ulug'bek rasadxonasi me’morchilikning o‘ziga xos, teng diametrli yumaloq uslubida bunyod etilgan.
Ulardan eng asosiysi radiusi 40,2 metrli qo‘shaloq yoydan iborat kvadrat qurilma hisoblanadi.
Kvadratning janubiy qismi yer ostida, qolgan qismi shimoliy tomonda yer sathidan 30 metrcha balandda joylashgan. Asbob aylanasida bir gradus yoy 701,85 mm va bir minut yoy 11,53 mm.ga to‘g‘ri keladi. Rasadxona o‘rta asrlarda asbob-uskunasi jihatdan ham beqiyos bo‘lgan. Asbob astronomiyaning asosiy doimiyliklari - ekvator va ekleptika orasidagi burchakni o’lchash, yillik protsessiya doimiysini, tropik yil davomiyligini va boshqa fundamental astronomik doimiyliklami aniqlashga imkon bergan. Mirzo Ulug‘bekning eng yirik astronomik asari “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” ham rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati Ulug'bek taklifi bilan yig‘ilgan mashhur olimlar G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqalar nomi bilan bog’liq. Rasadxona o‘z davrida yirik astronomik kuzatuv majmuasi vazifasini o‘tagan. Unda mavjud bo’lgan asbob-uskunalar yordamida quyosh, oy, sayyoralar va alohida yulduzlar kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |