Analitik tillar – tillar turi. Grammatik ma’nolar (soʻzlar munosabati) shakl yasovchi affikslar yordamida emas, balki yordamchi soʻzlar, soʻz tartibi va intonatsiya vositasida ifodalanadi. Ingliz,[1] fransuz, ispan, yangi fors tillari Analitik tillar hisoblanadi. Shuningdek, hind-yevropa oilasidagi boshqa tillarda ham ularning alomatlari mavjud.
Amorf tillar (yun. amorphos – shaklsiz) – affikslar bilan soʻz yasa-lishi va soʻz oʻzgarishi boʻlmagan tillar. Soʻzlararo grammatik aloqa bitishuv yoki yordamchi soʻzlar vositasida yuzaga chiqadi. Amalda Amorf tillar kamchilikni tash-kil etadi, ammo barcha tillarda unga xos unsurlar uchraydi (mas, hind-yevropa, turkiy, fin-ugor va boshqalar). Amorf tillar ga eng yaqin tillar – xitoy, Vetnam, eve va boshqa Amorf tillarda mustaqil soʻzlar yordamchi soʻz vazifasida ham keladi. Mac, xitoy tilida ge (arava), shong (ust) soʻzlari qoʻshilib – geshong (aravaning usti yoki arava ustida) hosil boʻladi. Bu xususiyat tibet-birma tillarida kuchli.
Sintetik tillar (yun. synthetikos — qoʻshiluvchi, birikuvchi) — tillarning tipologik sinfi; bunda bir suz tarkibida bir qancha morfemalar (leksik, soʻz yasovchi va soʻz oʻzgartiruvchi), binobarin, leksik va grammatik maʼnolar birlashadigan, qoʻshiladigan tillar. Ularda sintetizmni — soʻz ichidagi grammatikani ifodalovchi usullarga ichki fleksiya, affiksatsiya, soʻz takrori, soʻz qoʻshish va urguni kiritish mumkin. Mas, oʻzbek tilidagi "ishchilarga" soʻz shakli sintetik holatda boʻlib, unda ham leksik (ish va chi), ham grammatik (lar va ga) maʼnolar ifodalangan. St. sintetizmning boryoʻqligi jihatidan analitik tillarga, ortiqkamligi jihatidan polisintetik tillarta. qarshi qoʻyiladi. Pekin St. bilan analitik tillar orasiga katʼiy chegara quyib boʻlmaydi, chunki St. maʼlum darajada analitik usul vositalaridan, analitik tillar esa sintetik usul vositalaridan foydalanadi. St. flektiv va agglyutinativ tillarnm oʻz ichiga oladi. Qad. yozuvli hindevropa tillaridan sanskrit, qad. yunon, lotin, kad. slavyan tillari, hozirgi rus, litva, nemis tillari sof, namunali St. hisoblanadi; turkiy, moʻgʻul, som, fin-ugor tillari ham koʻplab sintetik shakllarga ega boʻlsada, ularda bir qator analitizm belgilari ham uchraydi.
Flektiv tillar — grammatik, baʼzan leksik maʼnolar fleksiya yoʻli bilan ifodalanadigan tillar; lingvistik tipologiya, tillarning morfologik tasnifidagi asosiy tushunchalardan biri. Flektiv tillar tushunchasi 1809-yilda nemis olimi F. Shlegel tomonidan fanga kiritilgan. U som tillari, rus tili va baʼzi hindevropa tillarini Flektiv tillar qatoriga kiritadi. Flektiv tillar 2 ta, odatda, oʻzaro kesishuvchi ichki va tashqi fleksiyali guruxlarga boʻlinadi.
Tashqi fleksiya (fuziya — asos bilan affiksni ajratish, farklash qiyin boʻlgan holat), affikslardan farqli ravishda, koʻp maʼnolilik [mas, "rukoy" shaklidagi "oy" morfemasi bir paytning oʻzida jins (jenskiy), son (birlik) va kelishik (tvoritelniy) maʼnolarini ifodalaydi], shuningdek, asos bilan mahkam bogʻlanganlik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ichki fleksiyada morfema tarkibidagi unlilarning shartlanmagan urin almashinuvi grammatik maʼnoga ega boʻladi: nemis tilida geht — bormoqda, ging — bordi, der Gang — borish; arab tilida qatala — (u) oʻldirdi, qutila — oʻldirilgan, qattol — oʻldiruvchi va shahrik. Ichki fleksiya mexanizmi, ayniqsa, feʼl morfologiyasida, som tillarining feʼl turkumida yaqqol namoyon boʻladi. Fleksiya tilda aksar hollarda maʼno ifodalashning boshqa vositalari bilan birikkan holda boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |