TILLABEKOVA MAQPAL.
O’SIMLIKLAR HAQIDA TOPISHMOQLAR.
Bir qop un, Ichida ustun.
(jiyda )
O’zi ko’m-ko’k, Yuzi qip-qizil.
(olma )
Qirq hujrada, Qizil qizlar.
(anor )
Bodom kabi yaprog’I, Sollanadi butog’i.
(shaftoli )
Kichkina qozonning oshi totli.
(yong’oq )
Oltin kosada toshib turar,
Dala husnini ochib turar. (Paxta)
Qip-qizil-u, anormas, Cho’g’ga o’xshar,
yonolmas. Mo’ralaydi egatdan, Joy oladi savatdan.
(Qulupnay.)
Shakli tuxumga o’xshar
Gohida kerak shakar. Rangi sariq oltinday Mazasi nordon, hay-hay.
(Limon.)
Osh ichida tosh, Tosh ichida osh.
(o’rik )
10Yyer tagida qizil qayish.
(tut daraxti ildizi )
Yozda ham qishda, Bir xil kiyimda.
(archa )
Bir onadan yuz bola, Yuzovi ham bo’z bola.
(tok,uzum )
Mallagina to’ni bor, Nordongina ta’mi bor.
(behi )
TILLABEKOVA MAQPAL
Otasi uyda qolar, Bolasi bozor borar.
(mevali daraxt )
Ikki tog’ing orasida, Bir tup yantoq.
(bodom )
Qo’shaloq tovoq, Ichi to’la yog’.
(yong’oq )
Kichkina qiz, Qo’lida bigiz.
(sholi )
Kichkina,kichina kelinchak,
Boshlarida tugunchak. (isiriq )
Kunga qarab tolmaydi,
Kundan ko’zni olmaydi. (kungaboqar )
Do'stlaringiz bilan baham: |