Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti
universiteti
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021)
278
Stimul so‘zlar ro‘yxatini tuzishda milliy-madaniy birliklarning qo‘llanish doirasi, mavzusi, faollik
darajasi, milliy-madaniy o‘ziga xosligi kabilarga e’tibor qaratilgan. Jumladan, sinonimik munosabatdagi
madaniy birliklardan nisbatan faol qo‘llanuvchisi tanlab olingan. Masalan,
chopon, to‘n
sinonimik
qatorida nisbatan faol qo‘llanishda bo‘lgan
chopon
leksemasi olindi;
qiyiqcha, belbog‘
qatorida adabiy
tilda faol ishlatiladigan
belbog‘
leksemasi;
go‘shanga, chimildiq
qatorida esa
chimildiq
leksemasi
tanlangan. Bugungi kunda ba’zi milliy-madaniy birliklar
(chakmon, bo‘yra, o‘g‘ir, juvoz
kabilar)ning
qo‘llanish chastotasi yuqori bo‘lmasa-da, ko‘pchilikka tushunarli ekanligi, ularning qachonlardir til
egalari madaniy hayotida muhim o‘rin tutgani inobatga olinib, stimul so‘zlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Shuningdek,
qurtava, lo‘la yostiq, olacha
kabi qo‘llanish doirasi hududiy chegaralangan birliklarning
ham milliy-madaniy o‘ziga xosligi inobatga olinib, stimul so‘zlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Uyadosh birliklarning assotsiativ tarzda bir-birini yodga solib turishi e’tiborga olinib, ular ichida
nisbatan faol qo‘llanishda bo‘lgan birlik stimul so‘z sifatida tanlangan. Masalan,
xomsuvoq, shuvoq,
loysuvoq
uyadosh so‘zlar qatoridan
loysuvoq
leksemasi olingan. Yoki
turshak, mayiz, qoqi
birliklari
qatoridan
turshak
leksemasi stimul so‘z sifatida qabul qilingan.
Butun-qism munosabatidagi milliy-madaniy birliklar qatorida butunni anglatuvchi birlik stimul
so‘z sifatida olingan. Jumladan
, beshik, sumak, tuvak, qo‘lbog‘, oyoqbog‘, to‘shakcha, ko‘rpacha,
yostiqcha
qatoridan
beshik
leksemasi tanlangan. Tur va jins bildiruvchi milliy-madaniy birliklar ichidan
stimul so‘zlarni ajratishda ikki xil yo‘l tutilgan. Stimul so‘zni belgilashda tur va jins bildiruvchi
birliklarning milliy-madaniy belgisining ustuvorligiga e’tibor qaratilgan. Masalan,
atlas, xonatlas, sakkiz
tepki atlas, sariq atlas, qora atlas
birliklari qatorida jins bildiruvchi
atlas
milliy-madaniy birligi
tanlangan.
To‘y, fotiha to‘yi, beshik to‘y, sunnat to‘yi
birliklari qatorida
to‘y
leksemasi jins tushunchasini
anglatsa-da, milliy-madaniy belgisiga ega emasligi sababli stimul so‘z sifatida olinmagan. Xuddi
shunday, somsa va uning turlarini bildiruvchi leksemalar qatoridan milliy-madaniy belgisi ustuvor
bo‘lgan
ko‘k somsa
birligi stimul so‘z sifatida ajratib olingan.
Ko‘p ma’noli madaniy birliklar takror javob reaksiyalarini hosil qilishi inobatga olinib, stimul so‘z
sifatida asosiy hollarda bosh ma’nosida qabul qilingan. Masalan,
sayl
leksemasi faqat bosh ma’nosida
olingan. Ammo milliy-madaniy belgi ko‘p ma’noli so‘zning boshqa ma’nolarida qayd etilsa, u shu
ma’nosida stimul so‘zlar ro‘yxatiga kiritilgan. Masalan,
kashta
stimul so‘zi
gul, kashta tikilgan mato
ma’nosida qabul qilingan.
Omonimik munosabatdagi madaniy birliklar sinaluvchini chalg‘itishi inobatga olinib, uning ko‘zda
tutilgan ma’nosi qavs ichida ko‘rsatilgan. Masalan,
qatlama (non turi), o‘sma (o‘simlik), surma (ko‘z
bo‘yog‘i)
kabi.
Shuningdek, shevaga xos milliy-madaniy birliklar konnotativ, uslubiy jihatdan o‘ziga xos bo‘lsa-
da, hamma sinaluvchilarga ham tanish bo‘lavermasligini inobat olib, stimul so‘z sifatida tanlanmagan.
Stimul so‘zlar ro‘yxatiga bir leksemaning turli grammatik shakllari, uslubiy variantlari ham imkon qadar
kiritilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |