69
jonli og‘zaki nutqqa xos xususiyatlarni tugal ifodalashda bunday
konstruksiyalardan keng foydalaniladi. Shu ma’noda parsellyasiyani badiiy
matn doirasida o‘rganish har tomonlama maqsadga muvofiq. “Chunki
parsellyat mohiyati jihatidan gapning emas, balki bog‘li nutqning (katta
kontekstning) alohida halqasi sifatida namoyon bo‘ladi – maxsus tuzilmaviy
mazmunning qismi hisoblanadi. Demak, pratsellyasiya gapning, matnning
muayyan nutq jarayonidagi funksional bo‘linishi, kommunikativ ahamiyatini
aks ettiradi. Matnning semantik-sintaktik va ritmo-melodik qurilishini
belgilashda, o‘zgartirishda ishtirok etadi.”
Mahoratli yozuvchilar o‘z asarlarida parsellyativ tuzilmalardan alohida,
aniq maqsadlar bilan foydalanadilar. Badiiy asardagi muallif nutqida
parsellyasiyaga asoslangan gaplar ifodaning tez, oson va huzurli anglanishiga
ko‘maklashadi. Shukur Holmirzayevning “Tabassum” hikoyasi Jalil akaning
og‘ir dardga yo‘liqishi tasviri bilan boshlanadi:
Jalil aka deraza tagida
yotardi. To‘shakda. Bolishi baland. Unga suyanib‚ boshini ko‘tarsa‚ bog‘ni
ko‘radi. O‘zi obod qilgan bog‘ u.
Mazkur parcha beshta gapdan tashkil topgandek ko‘ringani bilan,
aslida, ikkita gapning qayta tarkiblangan shaklidir. Ya’ni:
Jalil aka deraza
tagida, baland bolishli to‘shakda yotibdi. Bolishga suyanib‚ boshini ko‘tarsa,
o‘zi obod qilgan bog‘ni ko‘radi. Yaxlit gapning nima sababdan
“bo‘laklangan”ligi haqida mulohaza yuritish orqali muallif maqsadining
mohiyatiga etish mumkin. Hikoyaning birinchi jumlasini o‘qigandayoq,
bexosdan etni junjiktirguvchi qandaydir noxush kayfiyat uyg‘onadi. Nega
aynan “deraza tagida yotibdi” degan savolga javob izlashga shoshilamiz.
Birinchi gap tarkibidan uzib olingan
To‘shakda parsellyati o‘sha tushkunlikni
yanada quyuqlashtiradi.
To‘shak so‘zining mazmunida kasallikka ishora
ma’nosi ham yo‘q emas. Bu ma’noni reallashishida “to‘shakka mixlanib
qolmoq”, “ko‘rpa-to‘shak qilib yotib olmoq” kabi iboralarning mavjudligi
sabab bo‘lgan, desak yanglishmaymiz. Demak, Jalil aka betob! Dastlabki
xulosamizni uchinchi parsellyat ham asoslaydi.
Bolishi baland! Nega
bolishning balandligi alohida gap shaklida berilgan? Aslida, bu gap ham
avvalgi gaplar mohiyatini teranlashtirishga, ifoda ta’sirchanligini
ta’minlashga xizmat qilgan. Zero
baland bolish birikmasi qaysidir ma’noda
bir joyda yotaverib, ko‘p aziyat chekkan bemor holatini ham ifodalaydi.
To‘rtinchi gap tarkibidagi
unga olmoshi va
suyanib so‘z shakli o‘zidan
oldingi va keyingi gaplarni mazmunan zich bog‘lanishini ta’minlaydi. YA’ni
bolishga suyanib boshini ko‘tarsa, bog‘ni ko‘radi. U shunchaki bog‘ emas,
balki o‘zi obod qilgan bog‘. Oxirgi gapning parsellyat sifatida ajratilishi ham
ana shu ma’noni ta’kidlaydi.
128
128
Do'stlaringiz bilan baham: