64
maydalamoq” ma’nosidagi
parceller so‘zidan olinganligi va matnni
bo‘laklash
usulini
ifodalash
uchun
qo‘llanishiga
urg‘u
berib,
parsellyasiyaning ekspressiv sintaksisga oid ekanligini ta’kidlaydilar.
112
Bu
o‘rinda shuni ham qayd etish joizki, lug‘atlarda “parsellyasiya” so‘zining
fransuz tilida “dehqon o‘z xo‘jaligini yuritishi uchun erni kichik qismlarga
(parsellalarga) bo‘lish” tarzidagi ma’nosi mavjudligi aytiladi.
113
Tilshunoslikda bu termin gapning ekspressiv maqsad bilan
bo‘laklanishi, gapning ta’kidlanishi nazarda tutilgan muayyan qismining gap
tashqarisiga chiqarilishiga nisbatan qo‘llaniladi. Masalan:
Salim Toshkentda
o‘qiydi. Institutda (A.Jo‘rayev). Bu gap sintaktik me’yor bo‘yicha
Salim
Toshkentda institutda o‘qiydi shaklida bo‘lishi kerak. Bir gap bilan aytish
mumkin bo‘lgan fikrni ikki gap orqali ifodalashdan kutilgan maqsad nima?
Bu haqda badiiy til muammolari bilan shug‘ullanib kelayotgan tadqiqotchilar
shunday fikr bildiradilar: “Og‘zaki nutqda, matnda ba’zan muloqot talabiga
ko‘ra yaxlit bir jumlada uzilish sodir bo‘ladi. So‘zlovchi tinglovchiga biror
voqea-hodisa haqida xabar berayotganda, mana shu xabar ichidagi eng muhim
fikrni boshqalaridan ajratib, alohida ta’kidlab aytishga harakat qiladi.
Ma’lumki, ta’kid og‘zaki nutqda ohang, pauza, mantiqiy urg‘u kabi vositalar
yordamida amalga oshirilsa, matnda parsellyativ tuzilmalar – matn
komponentlarini ekspressiv-stilistik maqsadga ko‘ra qayta tartiblash orqali
namoyon bo‘ladi.”
114
Yoki “parsellyatli tuzilmalardagi tartib mohiyat e’tibori
bilan ta’sirchan so‘z tartibi bo‘lib, uslubiy jihatdan betaraf tuzilmali gap
qismlarini kommunikativ maqsadga muvofiq tarzda guruhlash, sintaktik
jihatdan qayta o‘rinlashtirish sifatida ro‘yobga chiqadi. Gap tuzilmasini bu
xilda qayta qurish (uning qismlarini sintaktik jihatdan qayta tartiblash)
ma’lum qismni mantiqiy jihatdan ajratishga asoslanadi va o‘ziga xos
ekspressiv ifoda shakli hamda funksional-semantik munosabatlar tarkib
topadi.”
115
Yuqorida keltirilgan gapdagi qaysi informatsiya eng muhim
hisoblanadi? Salimning
Toshkentda o‘qishimi yoki
institutda o‘qishimi?
Bizningcha, har ikkisi ham muhim. So‘zlovchi pozitsiyasidagi qahramon
nazdida Salimning qaysi shaharda o‘qiyotganligidan ko‘ra qanday ta’lim
maskanida o‘qiyotganligini ta’kidlash muhimroq (Agar uning qaysi shaharda
o‘qishini ta’kidlash zaruriyati bo‘lsa, mazkur parsellyat pozitsiyasiga shahar
nomi ham chiqarilishi mumkin, ya’ni:
Salim intstitutda o‘qiydi. Toshkentda).
Ayniqsa, uning institutda o‘qiyotganligini aytish barobarida ichki qoniqish,
112
Александрова О.В. Проблемы экспрессивного синтаксиса. –М.: Высшая школа, 1984.
-С. 63.
113
Словарь иностранных слов. – 16-е изд., исправл. –М.: Русский язык, 1988. –С.374.
114
Do'stlaringiz bilan baham: