Donishmand debdiki: har qanday yaxshi qonunning muqaddimasi,
shuningdek, xotimasi ham shundan iboratkim, har bir inson bir burda nonini
yaxshi mehnati bilan topa olsin va ayni choqda mehnatiga loyiq yaxshi non
ola olsin (T.Malik).
***
Demishlar: moru qushni bir qafasda asratib bo‘lmas,
Vatandin ayri ko‘ngilni bilingki, yayratib bo‘lmas.
Baayni bandi bulbulni chamansiz sayratib bo‘lmas (A.Oripov).
101
Didaktemalarni keltirishdan asosiy maqsad shu orqali pand-nasihat
berish, muammoli masalani echishga ko‘maklashish, qandaydir murakkab
vaziyatdan chiqish yo‘llarini ko‘rsatish, to‘g‘ri yo‘lni topishda keltirilgan
misoldan ibrat chiqarishga da’vat qilish yohud bo‘lib o‘tgan voqeaga
munosabat bildirishdan iborat. Lingvopoetik tahlilda didaktemalarning estetik
mohiyati muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |