139
Kognitiv tilshunoslikka xos tadqiq uslublarining matn tahliliga tatbiq
qilinishi, birinchi navbatda, matnning kommunikativ tizim va umuman,
insonning borliq haqidagi bilimining asosiy unsuri sifatida e’tirof etilishi bilan
bog‘liqdir. Bunday e’tirof esa, o‘z navbatida, tadqiqotchilar e’tiborini matnning
ichki tuzilishi, strukturaviy xususiyatlaridan uning yaratilishi va mazmunan
idrok etilishi (retsipient tomonidan qabul qilinishi) jarayoniga ko‘chishiga
sabab bo‘ladi.
Kognitiv tilshunoslikning asosiy vazifasini «lisoniy jarayonlar, lisoniy
birlik va kategoriya kabilarni ularning xotira, tasavvur, idrok, ong bilan
munosabatida o‘rganish» deb bilgan E.S.Kubryakova
205
keyinchalik ushbu
vazifani «lisoniy strukturalar va bilim strukturasi o‘rtasida mavjud bo‘lgan
doimiy muqobillikni yoritish» darajasigacha kengaytirdi.
206
Matn, eng muhim
lisoniy struktura bo‘lish bilan bir qatorda, boshqa har qanday tuzilmaning
ajratilishi uchun asos xizmatini o‘tar ekan, u kognitiv-diskursiv tahlilda ham
asosiy «sinov maydoni» bo‘la olishga qodir. Darhaqiqat, matn tilshunosligining
taraqqiyoti davrida «matn» tushunchasi ancha tor ma’noda talqin qilinib,
tadqiqotchilar e’tiborini asosan uning moddiy jihatlari tortib kelayotgan edi.
Matn yaratilishi va idrokini uzluksiz jarayon sifatida tasavvur qilish lozimligi
faqat tilshunoslik fanida yuzaga kelgan «kognitiv inqilob»
207
sharoitidagina
ayon bo‘ldi.
Ma’lumki, kommunikatsiya statika va dinamika, jarayon va
natija qarama-qarshiligi hamda mushtarakligida kechadi. Xuddi shu
tarzdagi qarama-qarshiliklar
va munosabatlar tizimida yaratiladigan
matnni haqiqiy kommunikativ birlik sifatida e’tirof etib, uning kategorial
xususiyatlari haqida so‘z yuritishimiz mumkin. Shu jihatdan, ayrim
tilshunoslarning «matn nihoyatda mavhum xarakterga ega va uni
kommunikativ faoliyatdan ajratib olish mumkin»
208
degan da’volari,
bizningcha, g‘ayritabiiydir. Kichik hajmdagi matnlarning mazmuniy
xususiyatlari bilan shug‘ullangan tverlik olim V.I.Yuganovning ushbu da’vosi
bir qarashda asoslidek tuyuladi, chunki qayta takrorlanish va o‘qish
imkoniyatiga ega bo‘lgan yozma (ayniqsa, badiiy) matn nutq vaziyati bilan
bevosita bog‘liqlik xususiyatiga ega emasdek ko‘rinadi. Ammo yozma matn
ham muloqot vaziyatiga aloqadorlik xususiyatini hech qachon yo‘qotmaydi.
Ma’lumki, situativlik matnning doimiy kategorial belgilaridan biridir va buning
205
К у б р я к о в а Е. С. Размышления о судьбах когнитивной лингвистики //Вопросы
философии, 2001.№ 1. - С 32.
206
Кубрякова Е. С. Язык и знание: На пути получения знаний о языке: Части речи с
когнитивной точки зрения. Роль языка в познании мира. -Москва, 2004. -С. 9.
Do'stlaringiz bilan baham: