Tili va adabiyoti universiteti



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/217
Sana01.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#281903
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   217
Bog'liq
MATNLINGVISTIKASI-converted

Farqlash  deb  ikki  narsa  –  buyum,  voqea  –  hodisa  yoki  holatlardagi 
differensial 
belgini 
aniqlashga 
aytiladi. 
Farqlash 
ham 
qiyos 
va 
chog‘ishtirishga  asoslanadi.  Ifoda  usuliga  ko‘ra  antitezaga  yaqin,  lekin 
«antitezada  mantiqiy  jihatdan  qarama-qarshi  bo‘lgan  ikki  qutb  qiyoslanadi. 
Bunda biri ikkinchisini rad etadi yoki inkor qiladi». Tasviriy vosita sifatidagi 
farqlashda  belgilar  qaysi  xususiyatiga  ko‘ra  farq  qilayotganligi  aniqlanadi. 
O‘xshatish ham qiyosga asoslanadi, biroq o‘xshatishda integral belgilar idrok 
qilinadi.  Farqlashda  qiyos  asnosida  o‘rtaga  chiqadigan  fundamental  tafovut 
nazarda  tutiladi.  O‘xshatishda  bo‘lgani  kabi  farqlashning  ham  ifoda 
unsurlarini  quyidagicha  tartiblash  mumkin:  1.Farqlash  sub’ekti.  2.  Farqlash 
nisbati.  3.Farqlash  asosi.  4.Farqlashni  yuzaga  keltiruvchi  shakliy  belgilar. 
5.Farqlash  natijasi.  Masalan:  Saroyning  to‘rida  boshqalarg‘a  qarag‘anda 
ko‘rkamrak bir hujra, anavi hujralarga kiygiz to‘shalgani holda bu hujrada 
qip-qizil  gilam,  uttalarda  bo‘z  ko‘rpalar  ko‘rilgan  bo‘lsa,  munda  ipak  va 
adras  ko‘rpalar,  narigilarda  qora  charog‘  sasig‘anda,  bu  hujrada  sham’ 
yonadir,  o‘zga  hujralarda  engil  tabi’atlik,  serchaqchaq  kishilar  bo‘lg‘anida 
bu  hujraning  egasi  boshqacha  yaratilishda.  Og‘ir  tabi’atlik,  ulug‘  gavdalik, 
ko‘rkam  va  oq  yuzlik,  kelishgan,  qora  ko‘zlik,  mutanosib  qora  qoshliq  va 
endigina murti sabz urgan bir yigit. Bas bu hujra bino va jihoz yog‘idan, ham 
ega jihatidan diqqatni o‘ziga jalb etarlik edi. (A.Qodiriy. O‘tkan kunlar). 
 
Ayon  bo‘lganidek,  parchada  hujra,  hujra  ashyolari,  hujra  egalari 
qiyosga  tortilgan.  Qiyos  asnosida  hujraning  qaysi  belgilari  o‘rtaga 
chiqarilgan? Saroyda bir necha hujra bor. Lekin tasvirda ikkiga ajratilyapti: α 
(bitta)  hujra  va  β  (ko‘p)  hujra.  αni  βdan  ajratib  turuvchi  belgilar  dastlab 
umumiy  tarzda  berilgan:  α  ko‘rkam  (β  ko‘rkam  emas).  Keyin  hujra 
 
166
  Абдураҳмонов Ҳ, Маҳмудов Н. Сўз эстетикаси. –Т.: Фан,1981, 38-47-б. 


 
104 
ashyolarini birma-bir sanash asnosida o‘rtadagi farq ko‘rsatib berilgan: gilam 
– kiygiz;  adras ko‘rpa – bo‘z ko‘rpa; sham’ – qora charog‘; Shundan so‘ng 
hujra  egalaridagi  farq  sanab  o‘tiladi:  α  ning  egasi  og‘ir  tabiatlik,  ulug‘ 
gavdalik,  ko‘rkam  va  oq  yuzlik,  kelishgan,  qora  ko‘zlik,  mutanosib  qora 
qoshliq  va  endigina  murti  sabza  urgan  bir  yigit.  βning  egalarini  tabiiyki  bu 
tarzda tasvirlab bo‘lmaydi. 
Shu  sababli  βdagi  barcha  kishilar  ikkita 
belgida  umumlashtiradi:  engil  tabiatlik,  serchaqchaq.  Farqlashning  ifoda 
unsuriga  ko‘ra  hujra  (α)  –farqlash  sub’ekti    hisoblanadi.  Chunki 
farqlanayotgan  predmet  bu  –  hujradir.    Hujralar  (β)  –  farqlash  nisbati  bo‘lib 
hujra(α)ning  o‘ziga  xosligi  boshqa  hujralar(β)ga  nisbatan    aniqlanyapti. 
Farqlash asosi  sifatida  «ko‘rkamrak» so‘zini olishimiz mumkin. Chunki αda  
mavjud  bo‘lgan  ko‘rkamlik  βda  mavjud  emas.  Shu  belgi  αning  βdan  farqini 
ta’kidlaydi.  Farqlashning  shakliy    belgilari:  «boshqalarga  qaraganda» 
birikmasi  yordamida  o‘rtadagi  tafovut  yanada  bo‘rttirilgan.  Farqlash  natijasi 
yozuvchining  badiiy  niyatini  aniqlashga  olib  keladi.  Xo‘sh,  yozuvchi  nima 
maqsadda  bunday  taqqosni  keltiradi?  Mazkur  ifodalarning  badiiy  asar 
mohiyati  bilan  qay  darajada  aloqadorligi  bor?  Bu  kabi  savollar  asosida 
farqlashning    beshinchi  unsuriga  javob  izlanadi.  Keltirilgan  parchada  3 
bosqichli farqlar silsilasi mavjudligini  sezish qiyin emas. 1-bosqich: hujra. 2-
bosqich: hujra ashyolari. 3-bosqich: hujra egalari. 
Badiiy  asarlardagi  bunday  holatlarni  tahlil  qilish  orqali  yozuvchining 
murakkab    konstruksiyali    farqlash  sillogizmini,  qiyoslash,  chog‘ishtirish 
mantig‘ini tasavvur  etishimiz mumkin bo‘ladi. 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish