Tili va adabiyoti universiteti



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/217
Sana01.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#281903
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   217
Bog'liq
MATNLINGVISTIKASI-converted

 
Eskirgan so‘zlar 
 
Jamiyat  o‘sib-o‘zgarib  borar  ekan,  ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy-
ma’naviy hayotdagi ba’zi tushunchalar tamomila eskirib, amaliyotdan chiqib 
ketadi.  Badiiy  asarda  muayyan  davr  voqealari  tasvirlanar  ekan,  ana  shu 
davrga oid bo‘lgan eski tushunchalarga murojaat qilmaslikning aslo iloji yo‘q. 
Tilshunoslikda  bunday  tushunchalarni  ifodalaydigan  so‘zlar  «arxaik  so‘zlar» 
va «istorizm – tarixiy so‘zlar» degan nomlar ostida umumlashtiriladi. Tilning 
hozirgi  davri  uchun  eskilik  bo‘yog‘iga  ega  bo‘lgan  til  birligi  arxaizm  deb 
yuritiladi.  «Arxaizm  o‘zi  nomlayotgan  voqelikni  anglatuvchi  leksik  birlik 
bilan yonma-yon yashaydi». Arxaizmlar badiiy matnda tasvirlanayotgan davr 
voqeligini  real  tasvirlash,  asarning  tarixiylik  ruhini  ta’minlash  maqsadida 
qo‘llaniladi.  O‘rdu-qo‘shin,  handasa-geometriya,  tilmoch-tarjimon,  mirza-
kotib, sadr-rais, lak-yuz ming kabi so‘zlar ishlatilganda davr ruhi ta’kidlangan 
bo‘ladi.  Ayrim  arxaik  so‘zlar  zamonaviy  ma’nodoshiga  qaraganda  ma’noni 
kuchliroq  ifodalash  xususiyatiga  ega  bo‘ladi.  Masalan,  yo‘qsil  –  kambag‘al 
arxaik  so‘zlariga  e’tibor  beradigan  bo‘lsak,  «hech  narsaga  ega  emaslik» 
ma’nosi  yo‘qsil  lekskmasida  kambag‘al  leksemasiga  qaraganda  ancha  ortiq, 
chunki 
mazkur 
so‘zlar  tarkibi  tarixiy-etimologik  tahlil  etilganida 
anglanadigan  yo‘q-kam  so‘zlari  qiyoslansa,  birinchisida  ayni  belgining  nol 
darajada  ekanligi  seziladi.  Arxaik  so‘zlar  muayyan  davrning  yozma  uslubini 
ifodalashda  yoki  qahramonning  nutqiy  xarakteristikasini  berishda  ham 
uslubiy  vosita  sifatida  ishlatiladi.  She’riyatda  nutqqa  ko‘tarinki  ruh 
bag‘ishlash maqsadida ishlatiladi:  
 
Siz ko‘kning qopqasin qoqqan soatda 
 
Quyosh ko‘z uqalab uyg‘onar edi.(G‘.G‘ulom) 
 
Ulug‘ shaharlarning bo‘ysirasida 
 
Abadiy o‘rinni topa olgan Shosh. (A.Oripov) 
 
Ne-ne zilziladan chiqolgan omon 
 
Manglayi yarqiroq makonsan buyuk. (A.Oripov) 


 
91 
 
Hozirgi  kunda  uchramaydigan,  faqat  tarixiy  narsa  yoki  voqea-
hodisalarning  nomini  bildiruvchi  so‘zlar  istorizm  (tarixiy  so‘zlar)  deyiladi. 
Istorizmning  arxaizmdan  farqi  shundaki,  bugungi  kunda  o‘sha  tarixiy 
voqelikning  o‘zi  ham  uni  anglatuvchi  boshqa  leksik  birlik  ham  bo‘lmaydi, 
demak  istorizm  o‘zi  ifodalayotgan  hodisaning  yagona  nomidir.  Masalan: 
amin,  pristav,  mingboshi,  noyib,  ellikboshi,  ponsad  kabilar  badiiy  matnda 
ishlatilganda  kitobxon  ijtimoiy  boshqaruv  tizimi  bilan  bog‘liq  tarixiy 
voqelikni  ko‘z  oldiga  keltiradi.  Tarixiy  so‘zlar  ham  badiiy  matnda  o‘tmish 
voqeligini real tasvirlash maqsadida ishlatiladi. 
 
Badiiy  asar  tilidagi  eskirgan  so‘zlarni  tahlil  qilishda  asar  yozilgan 
davrni  e’tibordan  chetda  qoldirmaslik  lozim.  Chunki,  «so‘zlar  yozuvchi 
yashagan,  ijod  etgan  davrdayoq  eskirgan  bo‘lishi  mumkin  bo‘lganidek,  asar 
yozilgan  davrda  faol  iste’molda  bo‘lib,  keyinchalik  iste’moldan  tushgan»
155
 
bo‘lishi mumkin.  
    

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish