Tili va adabiyoti universiteti


MATNNI LINGVOSTATISTIK USULLARDA O‘RGANISH



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/217
Sana01.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#281903
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   217
Bog'liq
MATNLINGVISTIKASI-converted

 
MATNNI LINGVOSTATISTIK USULLARDA O‘RGANISH 
 
 Matnni o‘rganishning yana bir usuli – lingvostatistik usul hisoblanadi.  
Matnni  tadqiq  qilishda  statistik    metodlardan    foydalanilar  ekan,  bunday 
metodlar muayyan  bir matnda  so‘z yoki ibora,  bo‘g‘in  yoki gap  singari  til 
birliklarining qo‘llanishida  o‘ziga xos  qonuniyatlarni aniqlashga qaratiladi.  
Til o‘ziga xos  sistemaga ega bo‘lgan  ijtimoiy hodisa bo‘lganligi tufayli  til  
birliklari  muayyan  sistemada  joylashgan  bo‘ladi.    Ularni  o‘lchab,  hisoblab,  
ularning  ma’lum  bir  matnda    tarqalish    darajasini,  chegarasini  aniqlash 
mumkin.  Og‘zaki  va  yozma  nutq  jarayonida    har  bir  til  belgisi    muayyan  
qo‘llanish  chastotasiga ega.  
  Nutq  oqimida    takrorlanuvchi    til  birliklarining  bo‘lishi  til  va  nutq 
muammolarini  o‘rganishda  statistik  vositalardan  foydalanishga imkoniyat 
yaratadi. Lingvostatistik tahlil  imkoniyatlari til birliklarining qonuniyatlarini 
kuzatish  va  shu  kuzatish    natijalarini    qayta  ishlash  jarayonida  aniqlanadi. 
Bunda  tabiiy  fanlarning  metodlaridan  foydalaniladi.    Shuning  uchun  
lingvostatistik metodlar tabiiy-ilmiy metodlar tarkibiga kiradi.  
Til  muammolari    statistik    jihatdan  axborot  nazariyasi    metodlari 
yordamida  ham o‘rganiladi. R.G. Piotrovskiy  “Yozma matnni  informatsion 
o‘lchash” nomli asarida  bu haqda quyidagilarni  ta’kidlagan edi:” Til aloqa 
vositasi bo‘lgani uchun  uning birliklari    lingvostatistik metodlar  yordamida 
 
176
 Wellek R. Edebiyat teorisi.   –Izmir: Akademi kitabevi, 1993. 


 
126 
hamda  informatsion  usullar    orqali  baholanadi  va  o‘lchanadi”.
177
      Bunday 
o‘lchash va baholash  quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 
1. Nutqiy muloqotga  aloqa kanali  sifatida  qaraladi. SHu kanal orqali  
harflar,  tovushlar,  morfemalar  va  b.  til  birliklari  yordamida  informatsiya 
uzatiladi. 
2.  Lingvistik  birliklar  bu  erda    ayrim  kodlarning    simvoli  vazifasini 
bajaradi.    
Til va nutq hodisalarini o‘rganishda statistik metodlardan foydalanish 
tilshunoslik uchun yangilik emas, bu jarayon ikki  asrlik tarixga ega. O‘z 
vaqtida  mashhur  rus  matematigi  V.YA.Bunyakovskiy  1847-yilda 
ehtimollar 
nazariyasidan 
grammatik 
va 
etimologik 
tadqiqotlarda 
foydalanishga  tilshunoslarni  da’vat  etgan  edi.  P.B.Struvening  fikricha, 
filologik  tadqiqotlarda  statistik  metodlardan  foydalanish  tilshunoslarni 
matn haqidagi aniq ma’lumotlar bilan qurollantiradi.     
Rus 
tilshunosligida 
XX 
asr 
boshlarida 
statistik 
metod 
yordamida  tilning  tovush  tarkibini  o‘rganish  ilk  bor  yo‘lga 
qo‘yildi. 
Masalan, 
rus 
tilshunoslari 
V.Petrov 
va 
P.Aleksandrovlar  1911-yilda  Qozon  shahrida  fransuz  va  nemis 
tillarining 
tovush 
sostavini 
statistik 
jihatdan 
o‘rganishga 
bag‘ishlangan  maqolalarini  e’lon  qilgan  edilar.  Bu  maqolalarda 
har  bir  mingta  tovush  oqimida  fransuz  va  nemis  tillaridagi 
unli 
hamda  undosh  tovushlarning  qo‘llanilish  darajasi  aniqlab 
chiqilgan  edi.   V .A.Bogoroditskiy,  A.M.Peshkovskiy, A.Bulaxovskiy kabi 
olimlar  20-30-yillarda, rus tilidagi  ilmiy va badiiy matnlarda unli hamda 
undosh  tovushlarning  qo‘llanilish  darajasini  aniqlashga  oid  ishlarni 
amalga  oshirdilar.  Masalan,  A.M.Peshkovskiy  rus  tili  og‘zaki  matnida 
qo‘llangan  unli  va  ayrim  undosh  tovushlarning  ohangdorligini 
I.I.Turgenevning 
«Sadaqa» 
hikoyasi 
matnidagi 
ohangdorlik 
bilan 
qiyoslagan 
edi. 
Uning 
ta’kidlashicha, 
I.I.Turgenev 
hikoyasi  matnidagi  ohangdorlik  og‘zaki  matndan  ancha  yuqori. 
Chunki  hikoya  matnida  shovqinli  undoshlarga  nisbatan  jarangli  va 
sonor  undoshlar  ancha  ko‘p  qo‘llangan.  Agar  V.Y.Bunyakovskiy 
tilshunoslik da   statistik  metodlardan  foydalanish  lozimligini  ilk  bor 
ta’kidlagan  bo‘lsa,  yana  bir  mashhur  matematik  olim  A.A.Markov  191Z 
yilda  birinchi  bo‘lib  til  materialiga  statistik  metodni  sof  matematik 
nuqtai  nazardan  qo‘lladi.  U  «Evgeniy  Onegin»  she’riy romani 1 - va 2-
boblarining  har  biridan  o‘n  olti  satrni  hisoblab,  ular  miqdorini  20.000 
harfga  etkazdi.  Ana  shu  harflar  zanjiri  tarkibida  qaysi  undosh  yoki  unli 
tovush yonma-yon kelish ehtimollik darajasini aiiqladi. Keyinchalik u ishlab 
chiqqan metod Markov zanjiri deb yuritiladigan bo‘ldi. 
 
      
177
 Пиотровский Р.Г. Информационное  измерение  печатного текста // Энтропия языка и 
статистика речи. –Минск, 1966. -С.5-86. 


 
127 
N.A.Morozov  1915-yilda  badiiy  asarning  haqiqiy  muallifi  va 
ko‘chirmachi  (plagiat)ni  farqlash  maqsadida  matnni  o‘rganishning 
statistik  metodidan  foydalandi.  Bu  ishni  u  «Lingvistik  spektr»  deb 
nomlaydi.  Muallif  u  yoki  bu  yozuvchi  asarlari  matnida  yordamchi 
so‘zlarning  qo‘llanish  chastotasini  grafiklarda  aks  ettiradi,  bu  grafiklarni 
o‘zaro qiyoslab, har  qanday  matnning  kimyoviy  (morfologik)  tarkibini, 
uning  haqiqiy  muallifini  aniqlash  mumkin.  Bu  usulni  N.A.Morozov 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish