100
maqolani yozishga yordam bera olmaysizmi?”
Lekin xuddi shu iltimos intentsiyasi doʻstona
vaziyatda, ijobiy hurmat sharoitida boshqa koʻrinish oladi: “Menga ushbu maqolani tugatishga
yordamlashib yubor!” (Safarov Sh, 2008: 228)
Аgarda pragmatik maqsad aniq va zohiran ifoda topsa, nutqiy tuzilma performativ
hisoblanishini yuqoridagi fikrlardan koʻrdik. Performativ tuzilmalarning ahamiyatli jihati unda
tinglovchiga ta’sir oʻtkazish niyati aniq va tiniq koʻrinib turadi.
Yana bir oʻzbek tilshunosi M.Hakimov ham nutqga xos ifodaning oshkora yoki yashirin
shakllari, oʻz navbatida, kommunikativ strategiya uchun yoʻl ochadi, deya oʻz fikrini izohlaydi.
Kommunikativ niyatni ifodalash strategiyasi lingvistik pragmatikaning bosh masalasi
hisoblanadi. Soʻzlovchi bunda oʻz ichki maqsadini tinglovchiga bayon qilish uchun u yoki bu
ifoda usulini tanlaydi. Tanlash jarayoni bevosita tilshunoslikning stilistika yoʻnalishi obyektidir,
deydi tilshunos. (M. Hakimov,2013, 22)
L.V. Tetova oʻz dissertatsiya ishida kommunikativ strategiyalar ochiqlik, simmetriya va
aloqa uslubida farqlanishini aytib oʻtadi. (L.V.Tetova, 2010)
D.А.Skulimovskaya muloqot strategiyalar va taktikalarini tasnifini keltirishda olim
S.Larsonning tasniflaridan foydalanadi [Larson 1995: 15-22]. S.Larson nutqda ta’sir qilish
usullarini tahlil qilib, ularni ikkita asosiy kognitiv strategiyaga qisqartirish mumkin degan
xulosaga keldi: kuchaytirish (boshqa odamlarning kamchiliklariga va ularning afzalliklariga
urgʻu berish) va past darajaga tushirish (kamaytirish (ularning kamchiliklarini yumshatish va
boshqalarni kamsitish). xizmatlari) [Larson 1995: 15-22].
Birinchi strategiya, ya’ni kuchaytirish (boshqa odamlarning kamchiliklariga va ularning
afzalliklariga urgʻu berish) siyosiy raqibni obroʻsini toʻkish uchun ishlatiladi. Ushbu strategiyada
salbiy fikrni ochiq usulda bayon qilish taktikasidan, odatda, keng foydalaniladi.
Siyosiy nutqlarda raqibini kamchiliklariga urgʻu berish orqali uni oshkora haqoratlash
strategiyasini Issers muloqotning 4 ta harakati orqali tushuntirib beradi: Muloqotning birinchi
harakati, bu toʻgʻridan toʻgʻri haqorat. Bunda oʻz nutqi orqali siyosiy raqibini oshkora
haqoratlash strategiyasini tanlaydi. Masalan, «U ahmoq (oʻgʻri, firibgar, professional emas,
kasal...) « va shu kabi. Ikkinchi nutqiy harakatda haqorat bilvosita amalga oshiriladi. Bunda
oshkoralik bir muncha “xira” tortadi. Masalan, «Bu N kabi koʻrinadi». Uchinchi muloqot
harakatida raqibining qilayotgan da’vosini yoʻqqa chiqarish orqali uni kamchiligini koʻrsatishga
urunish. Toʻrtinchisi, kommunikativ strategiyaning ancha murakkab amalga oshirilishi boʻlib,
muayyan detallar (ba’zan juda ahamiyatsiz) orqali tinglovchi (oʻquvchi)ga obyekt (siyosiy
shaxs)ning xususiyatlari haqida umumiy xulosa chiqarishga ishora qiladi, ularga siyosiy raqibi
haqida odatda salbiy fikr uygʻotishga yordam beradi. (Issers, 2008: 288)
Umuman olganda, siyosiy matnlarda muloqat orqali oʻz maqsadiga erishishda turli ifoda
usullaridan (oshkora yoki yashirin) foydalanish siyosatchining avvalo, oʻzini oʻzi tanitishiga ham
xizmat qiladi. U oʻz siyosiy raqibini obroʻsizlantirish «ustiga” oʻz obroʻsini “quradi” yoki uning
bajarayotgan ishida kamchiliklarini koʻrsatish orqali oʻzining professional ekaniga ishora qiladi.
Shu jihatlardan kelib chiqib kommunikativ strategiya va taktikani siyosiy olamning «nozik
san’ati” desak ham mubolagʻa boʻlmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: