103
yoʻq, doimo mast ahvolda turgani uchun unga shu laqab berilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur
oʻzining “Boburnoma” asarida
tofih
[Is’hoqov, 2008: 173] soʻzi orqali mast ma’nosini
ifodalagan.
Eşȁǩ
(eshak) – Polvon, bu kishining laqabi aslida yoshligidan buyon
kurra
(
ǩǘrrȁ
)
boʻlgan. U hozirda katta yoshli kishi boʻlib, oʻz laqabidan or qilgan va bu laqabni oʻzgartirish
uchun koʻp harakat qiladi. Natija boʻlmagandan keyin kurra deb chaqiradigan oʻrtoqlari,
qoʻshnilari va boshqa tanishlarini yigʻadi va katta ziyofat beradi. Ziyofat paytida mehmonlardan
kurra deb chaqirmasliklarini soʻraydi. Mehmonlardan yoshi kattarogʻi ziyofat soʻngida “Sen endi
ulgʻayib katta odam boʻlding, endi seni kurra deb atamaymiz. Kurra ulgʻaysa eshak boʻladi, endi
seni laqabing eshak deydi va kuladi”. Shu bilan laqabi eshak boʻladi.
Eshak soʻzi befahm, hech narsaga qiziqmaydigan odamga nisbatan ishlatiladi. Bundan
tashqari, ushbu soʻz insonga nisbatan qoʻllanganda haqorat ma’nosini ham bildiradi [Oʻzbek
tilining izohli lugʻati: 5-jild, 2008: 63].
Diniy tomondan olib qaraganda ham, insonlar bir-birini laqab bilan masxara qilishi
gunoh hisoblanadi: “Oʻzlaringizni (bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizni
laqablar bilan atamanglar! Imondan keyin fosiqlik nomi naqadar yomondir! Kimki tavba
qilmasa, bas, aynan oʻshalar zolimlardir” (Hujurot, 11).
Kishilar laqab qoʻyishdan oldin, avvalo, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatiga ta’sir
qilish darajasini oʻylab koʻrishi kerak. Koʻp hollarda shaxsning jismoniy kamchiligidan
(shaxsning jismoniy kamchiligiga oid laqablar kishilarning tabiati, xarakteri, oʻxshashligi,
tugʻma yoki orttirilgan nuqsoni asosida) kelib chiqib qoʻyilgan laqablar salbiy ma’no ifodalaydi.
Demak, laqablar familya paydo boʻlgunga qadar yaqin hududda yashovchi ismi bir xil
kishilarni birini ikkinchisidan farqlash va qaysidir insonni tezda tanib olish maqsadida
ishlatilgan. Bugungi kunga kelib, katta yoshdagi kishilar oʻrtasidagina shu maqsadda ishlatiladi.
Yoshlar oʻrtasida hozirgi kunda kishilarni kamsituvchi salbiy ma’noli laqablar “urf” boʻlgan
desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Hozirgi kunda qonunchiligimizda kimnidir haqorat qilganlik uchun javobgarlik
masalasiga jiddiy qaralayotgani sabab kishilarga laqabdan toʻgʻri maqsadda, boshqalarni
kamsitmagan holda foydalanish kerak ekanligini tushuntirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: