Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Usmanova Sh. Lingvokulturologiya. – Toshkent – 2014.
2.
Xudoyberganova D. Matnning antroposentrik tadqiqi. – Toshkent: Fan, 2013.
3.
Кравченко В.Л. Concept “senseof Beauty” in Japaneseculture: cross–cultural aspect.
VII Научно-практическая конференция "Спецпроект: анализ научных исследований" (14-
15 июня 2012г.)
4.
Chzhan Yelena. Comparative analysis of the concept of beauty in English and
Russian. The Kazakh-American Free University Academic Journal №3 - 2011.
5.
Садриева Г.А. Метафорическая репрезентация концепта «красота» в
английском, русском и татарском языках. Известия ВГПУ – 2013.
6.
Мещерякова Ю.В. Концепт «красота» в английской и русской
лингвокультурах: Автореф. дисс. канд.филол. наук. Волгоград: Перемена, 2004.
7.
Аверина М.А., Петер И. Г. Представление о красоте в русских и английских
паремиях // В мире науки и искусства: вопросы филологии, искусствоведения и
культурологии: сб. ст. по матер. XXV междунар. науч.-практ. конф. – Новосибирск:
Сибак, 2013.
Sarlavha-intertekstlarning badiiy matn persepsiyasidagi oʻrni
The role of title-intertext in the perception of literary text
Xomidova Mahfuzaxon Farhodjon qizi
*
Annotation:
The title is important in the construction of the literary text. In this article,
the occurrence of the title as an intertext in an literary text, its forms, and its role in perception
are analyzed using examples.
*
Tayanch doktorant, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
mahfuzaxon.
xomidova@mail.ru
95
Key words
: intertext, title, perception, literary text, proverb, parody
Badiiy matnning tushunilishi uchun eng asosiy vositalardan biri bu uning sarlavhasidir.
Sarlavha maqola va materialning ichki mazmunidan kelib chiqib, ungaqoʻyiladigan nom sanaladi
[Abdurahmonov, 1983:30]. Haqiqatdan ham, asar va maqolalarning nomi yoritilayotgan
materialning mazmuni va mohiyati, xarakteri va xususiyati, predmeti va belgisi bilan uzviy
bogʻliq boʻladi. Sarlavha qanchalik mukammal, taʼsirchan va toʻgʻri tanlansa, bu bilan asarning
kelajakdagi muvaffaqiyati taʼminlanadi. Sarlavhalar sifatida intertekstlardan foydalanish esa
badiiy matnning ikki karra muvaffaqiyatidir.
Badiiy matnlarda sarlavha-intertekst sifatida maqollarning bir qismi, mashhur asar yoki
uning qahramonlari nomi, sheʼriy matnlarning misralaridan foydalaniladi. Ular muallifning
badiiy niyatini ifodalasa, matn qurilishidagi oʻziga xosligini taʼminlasa, kitobxon uchun matn
mazmuniy persepsiyasi jarayoniga taʼsir qiladi.
Demak, badiiy matnlarda sarlavha sifatida tanlanadigan intertekstual manbalarni quyidagicha
tasniflashimiz mumkin:
1.
Sheʼriy parchalar
2.
Nasriy iqtiboslar
3.
Mashhur qo ‘shiqlardan iqtiboslar
4.
Badiiy asarlarning nomlari
Milliy va xorijiy filmlarning nomlari
5.
Maqol, matal va iboralar
Badiiy matnlarga intertekstlardan sarlavha sifatida foydalanishning ham oʻziga xos usuli
bor. Buni shartli ravishda uchga boʻlish mumkin.
1.
Tayyor matnni hech qanday oʻzgarishsiz olish.
2.
Matnni qisqartirish.
3.
Matnga qoʻshimcha qoʻshish.
Badiiy matnlarda maqollar sarlavha sifatida kam uchrasa-da, ularning oʻziga xos
vazifalari matn uchun, uning mazmuniy iroki uchun juda muhim.
Oʻzbek adabiyoti namunalariga qaraydigan boʻlsak, maqollardan sarlavha sifatida
foydalanish Gʻafur Gʻulom ijodida koʻp uchraydi. Uning hikoyalari sarlavhalarida maqol va
iboralardan ham foydalanilgan. Masalan,
Men nima deyman-u, Qoʻbizim nima deydi;
Oʻynashmagin arbob bilan; Kalta gap ikki doʻst; Oyoq olishiga qaraydi
kabi hikoyalar maqol
va iboralar asosida nomlangan boʻlib, ularning mazmuni bevosita hikoya matni ichiga singdirib
yuborilgan. Gʻafur Gʻulomning aksariyat hikoyalari hazil va yumor asosiga qurilgan boʻlib,
aslida ularning tagida tanqid, achchiq haqiqatlar mavjud boʻladi. Аdib ayni shunday hikoyalariga
xalq maqollari va iboralaridan sarlavha tanlaydi. Tanlangan sarlavhaning oʻziyoq kitobxon
uchun hikoya haqida juda koʻp maʼlumot beradi.
Umuman, badiiy matn sarlavhalari uning turli janrlari talabidan kelib chiqib, juda ixcham
va mazmunli, emotsional-ekspressiv imkoniyatlari keng til birliklaridan tanlanishi lozimligi
tadqiqotlarda bayon qilingan. Sarlavha sifatida intertekst turlaridan foydalanish ham
sarlavhaning matn mazmunini oʻzida ifodalashi, emotsional-ekspressiv imkoniyatlarining yarq
etib koʻzga tashlanish imkonini beradi. Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, intertekstuallik bu
kodlangan maʼnoni oʻquvchi tomonidan tushunilishidir. Shu bois ham intertekst sifatida
tanlangan sarlavhalar oldindan keng omma uchun tanish matnlar boʻlishi kerak, aks holda matnni
tushunish jarayonida kommunikativ muvaffaqiyatsizlik yuz beradi.
Sheʼriy matnlarda mashhur badiiy asarlar, ularning qahramoni nomlaridan sarlavha
sifatida foydalanish ham keng tarqalgan. Xususan, Аbdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romani
va uning qahramonlari Kumush, Otabek, Zaynab kabilar muayyan bir sheʼr sarlavhasi sifatida
tanlanadi hamda shu sheʼrning mazmuni bevosita sarlavha asosida shakllanadi. Muhammad
Yusuf, Iqbol Mirzo kabi shoirlar ijodida bunday sarlavhali matnlarni koʻplab uchratish mumkin.
96
Biz intertekst asosidagi sarlavhalarning matn mazmuniy idrokiga taʼsirini oʻrganish
maqsadida tajriba oʻtkazdik. Tajribamizning dastlabki matni shoir Erkin Vohidovning “Shum
bola” sheʼri.
Do'stlaringiz bilan baham: |