avvalo, tildagi terminlarning oʻzbekcha muqobillarini
amalda qoʻllash (
agar mavjud boʻlsa
), ikkinchidan
,
xorijiy terminlarning oʻzbekcha
muqobillarini yaratish (
agar mavjud boʻlmasa
) va barcha tegishli sohalarda bir xilda
ishlatilishini taʼminlash davlat tili qonuni va mustaqilligmizning talabidir. Masalan,
imlo
–
orfografiya,
bekat
– ostanovka,
imtihon
– ekzamen,
sinov
– zachyot,
boʻlim
– seksiya,
tahlil
–
analiz,
devonxona
– kanselyariya,
shevashunoslik
– dialektologiya kabi soʻzlarning birinchilarini
tilimizda keng koʻlamda qoʻllash maqsadga muvofiq.
Uchinchidan, jamiyat va til taraqqiyoti bilan birgalikda, terminlarning turli sabablarga
koʻra, ilm-fanga kirib kelishi va faol ishlatilishi tabiiy hodisa boʻlib, bu til siyosatining, jamiyat
taraqqiyotining mantiqiy va zaruriy mahsuli hisoblanadi. Tilimizga kirib kelayotgan
terminlarning oʻzbekcha muqobili (atamasi) boʻlgan taqdirda ham, ulardan butunlay voz kechib
boʻlmaydi. Aksincha, ularni ham bilishimiz va ulardan ham oʻrinli foydalanishimiz lozim.
Chunki terminlar dunyo miqyosida faolligi bilan, fan uchun xizmat qilishi bilan ajralib turadi.
Jamiyat bor ekan, ilm-fan va taraqqiyot bor ekan, terminlarning qamrovi hamda qoʻllanilish
doirasi kengayib boraveradi.
Toʻrtinchidan
,
tilimizning leksik qatlami tabiiy ravishda yangi soʻz va terminlar hisobiga
boyib, rivojlanib boradi. Bunday rivojlanish, avvalo tilning oʻz ichki imkoniyatlari asosida,
ikkinchidan xorijiy tillardan soʻz va terminlar oʻzlashtirish orqali amalga oshadi.
Demak, tildagi terminlar, soʻzlar va atamalar oʻzaro bogʻliq hodisalar boʻlib, ular til
taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanadi. Bunda oddiy soʻz faollashib, atamaga, atama esa ilmiy
terminga aylanishi mumkin. Yoki aksincha, ilmiy terminlar, faol atamlar passivlashib, eskirib
qolishi va umumisteʼmoldan chiqib ketishi va soʻz zaxirasiga aylanishi, tabiiy holdir.
Beshinchidan
,
amaliy tavsiyalar sifatida aytish lozimki, tilimizdagi termin, soʻz va
atamalarning yuqorida taʼkidlangan oʻziga xos xususiyatlarini bilish, ularni oʻzaro farqlash va
oʻz oʻrnida ishlatish, ayni paytda, tildagi turli gʻalizliklar hamda muammolarning oldini oladi,
fikrning toʻgʻriligi va mantiqiyligini taʼminlaydi. Bir lisoniy hodisaning boshqasi bilan aralashib
ketishi, ilmdagi har xillik, palapartishlik kabi salbiy jihatlarni bartaraf etadi. Shunday ekan,
yuqorida zikr etilgan til hodisalarini, avvalo, oʻzaro farqlash, qolaversa, ularning nozik oʻziga
xosliklari, leksik-semantik xususiyatlarini eʼtiborda tutish va talqin qilishda toʻgʻri va amaliy
(empirik) fikrlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |