Tili va adabiyoti universiteti


Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasining taraqqiyot xususiyatlari



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasining taraqqiyot xususiyatlari 
Development features of comparative-historical grammar of turkish languages 
Xolmanova Zulxumor
*
 
Annotation:
 The article discusses the importance of comparative and historical grammar 
of Turkic languages in the study of phonetics, lexicon, morphology and syntax of Turkic 
languages. The phonetic compatibility of the Turkic, Mongolian, Tungus-Manchurian languages, 
which are based on the Altaic language, and the commonalities of the Korean grammar with the 
Altaic languages, which belong to this language family, were discussed.
*
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti universiteti professori, filologiya 
fanlari doktori; xolmonova@navoiy-uni.uz. 


322 
Key words: 
ancestor language, language family, Altaic language family, language 
groups, Turkic language group, genetic brotherhood, language classification, classification 
criteria, genealogical classification, eastern Turkic languages, western Turkic languages.
 
Til oilalarini oʻrganish qadim davrlardan tilshunoslarning dastlabki e’tiborida boʻlgan. 
Jumladan, oltoy tillari oilasiga kiruvchi tillar xususida tadqiqotlar olib borilgan. Xususan, N.A. 
Baskakovning “Алтайская семья языков и ее изучение”; V.Kotvichning “Исследование 
алтайских языков”, N.P. Direnkovaning “Грамматика алтайского языка” kabi izlanishlari
shular jumlasidandir. 
Bir qator turkologlar tadqiqotlarida oltoy tillarining genetik jihatdan qarindosh ekanligi 
asoslangan. J.Deni “Dunyo tillari” kitobida turkiy, moʻgʻul, tungus-manchjur guruhiga kiruvchi 
tillarning quyidagi umumiy belgilarini koʻrsatadi: 
1. Fonetik sathda: unlilar uygʻunligi, soʻz boshida sonor tovushlarning ishlatilmasligi, 
soʻzda undosh tovushlarning yonma-yon kelmasligi, soʻz oxiridagi 
n
tovushining beqarorligi. 
2. Morfologik sathda: grammatik rodning yoʻqligi, oʻzakning mustaqil ma’no anglatishi, 
agglyutinativ xususiyatga egaligi; suffiksal xarakterdaligi, ya’ni prefikslarning yoʻqligi, 
predloglar oʻrnida koʻmakchilarning qoʻllanishi, grammatik son – birlik va koʻplikning 
mavjudligi. 
3.Sintaktik sathda: gapning muayyan qurilishga egaligi, son bilan ifodalangan 
aniqlovchilarda sonda moslashuvning uchramasligi, soʻroq ma’nosining ifodalanishida 
yuklamalarning qatnashishi, aniqlovchi vazifasida keluvchi sifat, son, olmoshlarning 
aniqlanmishga muvofiq oʻzgarmasligi va h.k. 
4.Leksik sathda: lugʻat tarkibida umumiy qatlamning mavjudligi, bir boʻgʻinli soʻzlarda 
mushtaraklikning yaqqol sezilishi, boshqa tillar ta’sirida leksikaning oʻzgarishi va shu kabilar. 
Oltoy tillariga mansub boʻlgan turk, moʻgʻul, tungus-manchjur va koreys tillarining 
genetik aloqalarini oʻrganish davom etmoqda. Bu borada tadqiqotlar yaratilmoqda.
Turkologiya sohasidagi ilk tadqiqotchilardan biri Filipp fon Stralenbergdir. U oʻn uch yil 
davomida Sibirdagi qavmlarning ijtimoiy hayoti va tillariga doir “Tatar tillari” nomli asar 
yaratdi. Bu asari bilan Ural-oltoy maktabiga asos soldi. Stralenberg turkiy qavmlarni “Kichik 
Tatariston” va “Katta Tatariston” kabi nomlar ostida ikki hududiy guruhga ajratgan. Asarga ilova 
qilingan “Poliglotta tabulasi” jadvalida qalmiq, tatar tillariga oid soʻzlar bilan bir qatorda 
moʻgʻul, tungus soʻzlari ham keltirilgan. “Tabula” oʻttiz ikki “Tatar” (bu ta’bir Stralenbergniki – 
Х.Z.) sheva va lahjalari haqida bahs yuritadi. Bu jadvalda har lahja va shevaga doir hisob 
raqamlari bilan bir qatorda “teŋri”, “gök” kabi oʻttiz beshta turkiy soʻz ham berilgan.
“Tabula”da qayd etilgan oʻttiz ikki til, dastavval, olti guruhga ajratilgan:
1. Fin-ugor (muallif izohiga koʻra “uygʻur”): major, fin, vogul, cheremis, permyak, 
votyak, ostyak. 
2. Turk-tatar: tatar, yoqut, chuvash. 
3. Samodiy.
4. Moʻgʻul-manchjur: qalmiq, manchjur, tangut. 
5. Tungus: tungus, kamasin, arin, koryak, kuril. 
6. Qoradengiz va Xazar dengizi oʻrtasidagi xalqlar tili. 
Stralenberg asarida turkiy xalqlar: chuvash, tatar, boshqird, yoqut, turkman, qoraqalpoq,
baraba va xon turklari tillari haqida fikr bildirilgan. Stralenberg yaratgan Ural-Oltoy nazariyasi 
XIX asr boshlariga qadar bu sohadagi yagona manbalardan biri boʻlib keldi [4,11]. 
Olimlar oltoy tillarini oʻrganar ekanlar, birinchi navbatda, ularning tasnifi masalasini hal 
qilishga kirishdilar. Koʻplab olimlar tasnifida, xususan, V.Shotta va N. Baskakov ishlarida oltoy 
tili uch guruhga boʻlinadi:
1. Turkiy tillar guruhi.
 
Bu guruhga oʻttizdan ortiq tillarni kiritish mumkin. Shuning uchun 
ham N.A. Baskakov turkiy tillar oltoy oilasining katta qismini tashkil qilishini ta’kidlagan. 


323 
2. Moʻgʻul tillari guruhi. Bu guruhga 
qalmiq, xalxa, buryat, moʻgʻul, dunsyan
kabi tillar 
kiradi. 
3. Tungus-manchjur tillari. Bu guruh boshqalarga qaraganda kichikroq boʻlib,
evenk, 
nigedal, xumari, solon, nanay, manchjur, sibin, jurjen
tillarini oʻz ichiga oladi.
Turkiy tillarni ilk bor tasnif qilgan olim Mahmud Koshgʻariy turkiy tillar qurilishini 
tasvirlashda qiyosiy metoddan foydalangan. Yigirmaga yaqın qabila tillaridagi leksik birliklarni 
misollar asosida izohlagan. Soʻzning lugʻaviy ma’nosi, qaysi qabila tilida koʻproq uchrashi, 
fonetik tuzilishi borasida muhim ma’lumotlar keltirgan. U turkiy tillarning leksik, morfologik va 
fonetik xususiyatlarini bir-biriga qiyoslab, oʻxshash va farqli jihatlarini koʻrsatdi. Lugʻatda 
turkiy tillar leksikasiga mansub 7500 atrofidagi soʻzni izohladi.
Koshgʻariy XI asrda yashagan turkiy xalqlarning tillarini ikki qismga ajratadi: 
1.Sharqiy turkiylar tili. 2.Gʻarbiy turkiylar tili. Birinchi guruhga Bolosogʻun, Koshgʻar 
atrofida yashaydigan xalqlarning tillarini kiritdi. Bular 
chigil, qarluq, uygʻur, tuxsi, yagʻmo
kabi 
xalq va qabilalar tillaridan iborat edi. Qolgan tillarni ikkinchi guruhga kiritdi.
Mahmud Koshgʻariy qabilalar hayoti va tilini tarixiy asosda yoritdi. Keyingi davrlarda 
mavqeyi nisbatan pasaygan qarluqlar, tangutlar, basmil va boshqa qabilalar tili ham devonda
keng izohlangan. Asarda keltirilgan qabilalar leksikasi haqidagi ma’lumotlar tarixiy
jihatdan muhim ahamiyatga egadir. Mahmud Koshgʻariy ayrim shevalargagina xos boʻlgan
til hodisalarini ham, koʻpchilik qabilalarning umumlashgan til xususiyatlarini ham izchil
ravishda aks ettirdi. Bu ma’lumotlar Oʻrta Osiyo xalqlari tillarining, jumladan, oʻzbek
tilining shakllanishida asos boʻlgan qabila tillarini aniqlashda muhim material boʻlib
xizmat qiladi. 
“Devon”da qabilalar tilida soʻz yasalishi masalasi ham yoritildi. Mahmud Koshga‘ariy
til faktlari asosida qabilalarning bir-biriga boʻlgan munosabatini koʻrsatdi, qabilalarning bir-
birlari bilan qoʻshilishi natijasida yuzaga kelgan boshlangʻich xalq tili namunalarini oʻsha
davrdagi iqtisodiy, ijtimoiy sharoitlar asosida yoritib berdi. Oʻzbeklar, qozoqlar, qirgʻizlar, 
turkmanlar, uygʻurlar, tatar va boshqa xalqlarning qadimgi sodda tillari namunalarini
mukammal izohladi. Bu xalqlar devon materiallari asosida oʻzlarining tillari qaysi qabila
tili asosida shakllanganini aniqlash imkoniyatiga ega boʻldilar. Mahmud Koshgʻariy oʻz 
davriga xos til xaritasini ham yaratdi [1].
Turkiy tillar tasnifi bir qator mezonlarga asosan amalga oshirilgan.
N.A.Baskakov turkiy bobo tilni ikki guruhga ajratgan: 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish