Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

Maygʻa ohang et, Navoiykim, mugʻanniy har zamon 
Aysh tahrisin ayon aylar lisoni ud ila.
[Xazoyin ul-maoniy, II b. – 542] 


202 
Arabcha 
mashshoq
soʻzining asl lugʻaviy ma`nosi 
oʻqituvchi, ustoz; usta
boʻlib, hozirgi 
oʻzbek adabiy tilida 
xalq cholgʻu asboblarida musiqa asbobi chaluvchi sozanda 
ma`nosida 
qoʻllanadi:
Barot polvon “dodxoh kelibdi, shekilli”, deb samovar tomonga qaragan edi, dutor, 
tanbur, gʻijjak, nay, doira koʻtarib kelayotgan mashshoqlarga koʻzi tushdi. 
(M. Ismoiliy, 
Fargʻona tong otguncha) 
Demak, 
mashshoq 
soʻzining ma`nosi hozirda toraygan.
 
Cholgʻuvchi
soʻzi ham 
cholgʻu chaluvchi sozanda; musiqachi 
ma`nosi anglatadi:
 
Ozodaxon cholgʻuvchilar bilan yangi aytiladigan qoʻshiq haqida pichirlashib turgan edi.
(N. 
Aminov, Qahqaha.) 
Alisher Navoiy asarlarida 
raqqos
soʻzi quyidagi ma`nolarda qoʻllangan:
1) oʻyinchi: 
2) tipirlovchi, bezovta. [Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugʻati,1983. – II ж.: 615] 
Raqqos
soʻzi asli arabcha boʻlib,
oʻyinga, raqsga tushuvchi
ma`nosini anglatadi. Hozirgi 
oʻzbek adabiy tilida 
raqsga tushuvchi san`atkor erkak; oʻyinchi
ma`nolarida ishlatiladi.[Oʻzbek 
tilining izohli lugʻati,2008. – 3-ж.: 361] 
Oʻyinchi
1) Oʻyinchi. Sfdsh; oʻyinga tushuvchi, oʻynayotgan, yaxshi oʻynaydigan. 
Oʻyinchi yigit chetga chiqishi bilan kipriklariga surma qoʻygan… yoʻgʻon bir juvon oʻrtaga 
chiqib, yoʻrgʻalay boshladi.
(P.Tursun, Oʻqituvchi.) 
2) raqsga tushuvchi shaxs; raqqos yoki raqqosa. 
Shoʻx yigitlar oʻyinchiga xushomad 
qilar, qiyqirishar edi
. (P.Tursun, Oʻqituvchi.) [Ўзбек тилининг изоҳли луғати,2008. – 5-ж.: 
140] 
Hofiz
– 1. saqlovchi, himoya qiluvchi: 
Qur`ongʻa sen oʻlgʻan kibi yakson hofiz, 
Boʻlsun sanga barcha ishda Qur`on hofiz. 
[Xazoyin ul-maoniy, I b. – 756] 
2) yoddan biluvchi; Qur`onni yoddan biluvchi qori: 

Alar naz holatida va mavt sakarotida erdilar, hech hofiz hozir ermas erdikim, alar boshida 
qur`on oʻqugʻay. Bu mahalda Xoja Dehdor yetishti. Alarning vido diydorlarigʻa musharraf 
boʻlub, qur`on oʻqugʻali boshladi…
[Xamsat ul-mutaahayyirin, XIV– 63] 
3) ashula aytuvchi, hofiz: 
Chekti bulbul kibi ming lahn ila doston hofiz, 
Yoʻq aningdek yana bu davrda xushxon hofiz
.[Xazoyin ul-maoniy, II a. – 162] 
Hofiza 
– yodlash, yoddan saqlash, yodlash mahorati, yodlab qolish quvvati: 
Debturki, haq subhonahu va taolo manga hofiza berib erdiki, har ne qalamim taxtigʻa kirsa, 
yodimdin chiqmas erdi.
[Nasoyim ul-muhabbat, XV – 119] 
Navogoʻ
– kuychi, ashulachi, mutrib: 
Koʻzining nozi eldin eltib uyqu, 
 
Anga uyqu keturmakka navogoʻ.
[Farhod va Shirin, 34] 
Xonanda
– hofizlik, ashula aytishlik.
Kasb-hunar nomlarining ifodalovchi lugʻaviy birliklar koʻproq 
-chi
affiksi vositasida 
hosil qilingan va bu an`ana turkiy tillar, jumladan, oʻzbek tilining barcha taraqqiyot 
bosqichlarida saqlanib qolgan. Fikrimizni Alisher Navoiy tomonidan fors-tojik tilida 
kuzatilmaydigan, oʻzbek tiligagina xos boʻlgan 
-ch va -chi
affikslari bilan mansab, hunar 
ma`nosidagi otlar yasalishi haqida fikr yuritilib, oʻnlab dalillarni keltirilgani ham tasdiqlaydi. 
A.Nurmonovning koʻrsatishicha, u garchi soʻz yasalish tuzilishi boʻyicha fikr bildirmasa 
ham, lekin soʻz yasashga asos, yasovchi vosita va yasalma tushunchalari haqida ma`lumotga ega 
boʻlgan[Nurmonov, 2012: 305]. Xususan, 
-chi 
yasovchi vositasining imkoniyati kengligi, asos 
qismga qoʻshilib, bu qismning ma`nosi bilan bogʻliq turli shaxs otlarini hosil qilishini bayon 
qiladi:


203 
“Yana bir adolari borki, ba`zi alfozning soʻnggʻida “ch”, “yoy”ki, “chi” lafzidur, 
ottururlar, yo mansabning yo hunarning yo peshaning izhori uchun; forsiyda yoʻqtur, balki alar 
ham turkcha ayturlar. 
Mansabda andoqki, qoʻrchi va suvchi va xizonachi va kerak-yarogʻchi va chavgonchi va 
nayzachi va shukurchi va yurtchi va shilonchi va axtachi yoʻsunligʻ koʻptur”[Alisher Navoiy, 
2000:22]. Jumladan, 
“hunar va pesha egasi” 
ma`nosini bildiradi: 
qushchi, qoʻruqchi, tamgʻachi, 
jibachi, yurgʻachi, xolvochi, kemachi, qoʻychi, qozchi, quvchi, turnachi, kiyikchi, tovushqonchi 
kabi soʻzlarni ham 
-chi
bilan yasalishi haqida fikr yuritilgan

Bundan koʻrinib turibdiki, hozirgi 
oʻzbek tilidagi 
-voz
(kaptarvoz), 
-paz 
(shirimonpaz, holvopaz), 
-boqar 
(qoʻyboqar), 
-soz 
(tamgʻasoz) kabi bir qator ot yasovchilar vazifasini ham Alisher Navoiy davrida, eski oʻzbek 
eski oʻzbek tilida
-chi
affiksi bajargan. Shuningdek, hozirgi oʻzbek adabiy tilida 
-chi
affiksi bilan 
yasalgan kasb-hunar nomlarining salmogʻi koʻpligi ham mulohazalarimizning yorqin dalilidir. 
Hatto hozirda ham 
-chi
vositasida kasb-hunar nomlari yasalishi davom etmoqda:
biznechi, 
birjachi, kompyuterchi, tijoratchi, soliqchi, paynetchi
kabi.
Xullas, Alisher Navoiy asarlarida 300 dan ziyod kasb-hunar nomlari qoʻllangan: 
adib, 
ayolgʻuchi, alamkash, anjumshunos, atibbo, bazzoz, bakovul, baxshi, baxyasoz, bovurchi, 
borkash, bogʻbon, buzkash, vazir, voiz, gozur//kozur, gulchin, dabir, dalk, dallol, darbon, 
dehqon, didbon, donarez, doyagar, doranda, jodu, jat, jomabof, zorib, zakotchi, imom, itmakchi, 
yirov, kaniz, kemachi, lashkar, lahnapardoz, maktabdor, malloh, marzbon, massoh, matbaxiy, 
misohat, moshita, muboshir, muzdur, mulozim, munshiy, murabbiy, musavvir, muhaddis, 
muhandis, muhosib, muhrdor, mavokash, mavosoz, mavkar, najjor, nayzachi, naqshband, 
naqshsoz, naqqosh, novakash, nozir, novvoy, notiq, obposh, oshpaz, ohangar, payk, poykor, 
sabbogʻ, sabukash, savdogar, savdopesha, sayyod, sakbon, tabbox, tabib, tahvildor, temirchi, 
teshavor,ustod, farrosh, chokar, choʻpon 
kabi[Alisher Navoiy,1983-1985].
Bulardan 
ayolgʻuchi, 
anborkash, 
anjumshunos, 
atibbo, 
attor, 
afsona-guzor, 
afsonapardoz, afsonasaroy, axtarshunos, axtachi, bazzoz, bakovul, banno, barbatnavoz, 
barzagar,boni//boniy,doygar, naqshpayvand, novakash, rozaliq, vazzon, gozur//kozur, gulchin, 
goʻrkan, goʻyanda, dabir, darbon, daryogard, daryokash, didbon, diramsanj, doygar, itmakchi 
kabi kasb-hunar nomlari eskirgan,
alamkash,diramsanj, zakotchi, jallod, kanizak, kohin, sayrafiy, 
sarrof, shigʻovul 
kabi kasb-hunar nomlari tarixiy soʻzlar qatlamidan oʻrin olgan. 
Eski oʻzbek tilida iste`molda boʻlgan 
adib, baxshi, me`mor,muhandis, muallim, 
murabbiy, musavvir, novvoy, oshpaz, raqqos, savdogar, sozanda, suvchi, tabib, temirchi, 
farrosh, xattot, naqqosh, sangtarosh, bogʻbon, voiz, dallol, dehqon
kasb-hunar nomlari bugun 
ham iste’molda faol qoʻllanmoqda. 
Tahlillardan anglashiladiki, har qanday semantik maydonning taraqqiyotini oʻrganishda 
tilga oid tarixiy manbalarmuhimilmiyvaamaliymanbaboʻlaoladi. 
 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish