paxsakash
soʻzi qoʻllanadi.
Muhandis
arabcha soʻz boʻlib,
injener, texnika; handasa (geometriya)ni yaxshi biluvchi,
quruvchi usta
ma`nolarini anglatadi. Eski oʻzbek adabiy tilida ham
muhandis; binokor, me`mor
ma`nolarida faol qoʻllangan:
Muhandiss topayu egnima qanot yasatay,
Uchub havosida qushlar aro oʻzumni qotay.
[Xazoyin ul-maoniy, IV b-598.]
Hozirgi oʻzbek adabiy tilida
muhandis
kasb-hunar nomining istiqlol yillarida qoʻllanishi
faollashdi va aynan shu ma`nosida faol ishlatilmoqda.
Naqshpayvand
soʻzi eski oʻzbek adabiy tilida
naqsh bogʻlovchi naqqosh
tushunchasini
anglatgan:
Koʻrub shahzoda koʻnglin mugʻligʻa band,
Boʻlub xorataroshu naqshpayvand.
[Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugʻati, 1983,
III: 98]
Hozirgi kunda esa bu kasb-hunar nomi arxaik leksikaga aylangan.
Naqqosh
soʻzi aslida arabcha boʻlib,
oʻymakor, boʻyoqchi
degan ma`nonlarni anglatadi.
Eski oʻzbek adabiy tilida
naqqosh, suratchi, naqsh soluvchi
ma`nosida qoʻllangan:
1)
musiqa san`atiga oid kasb-hunar nomlari:
ayolgʻuchi, sozanda, sozchi, mashshoq,
mugʻanniy, cholgʻuvchi, musiqachi // muzikachi //muzikant, dutorchi, dutorboz;
2)
raqs san`atiga oid kasb-hunar nomlari:
raqqos, raqqosa, oʻyinchi;
3)
qoʻshiqchilikka oid kasb-hunar nomlari:
hofiz, ashulachi, xonanda, navogoʻ,
navozanda, otarchi, artist.
Mazkur san`atga oid kasb-hunar nomlarining har biri oʻziga xos ma`no tuzilishiga, tarixiy-
etimologik manbasiga ega.
Sozanda
soʻzi asli forscha boʻlib,
quruvchi, yaratuvchi; cholgʻuvchi
kabi ma`nolarni
anglatadi. Eski oʻzbek adabiy tilida
sozanda
soʻzi cholgʻuvchi ma`nosida qoʻllangan:
Boysungʻar Mirzo… xattot va naqqosh va sozanda va goʻyandadin muncha Benazir kishikim,
aning tarbiyatidin arogʻa kirdi.
[Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lugʻati, 1983, III: 98]
Hozirgi oʻzbek adabiy tilida
milliy musiqa asboblaridan birida mashq qiluvchi
musiqachi; mashshoq, navozanda
ma`nolarida ishlatiladi:
Hovuzning ikki yonidagi ikki supani
xonanda va sozandalar egallagan, sozlarning kuyi bogʻdagi bulbullar ovoziga qoʻshilib,
yuraklarda shirin orzular uygʻotardi.
(O.Yoqubov, Koʻhna dunyo.)
Sozchi
esa sozanda soʻzining dialektal varianti boʻlib, aynan sozanda, mashshoq
ma`nosini anglatadi:
Qurbon sozchi garmon sadaflarini bosib, ajoyib sehrli kuylar hosil qilar,
oʻzi yozgan she`rni kuyga solib, qoʻshiq aytardi
(J. Sharipov, Xorazm.) [Oʻzbek tilining izohli
lugʻati,2008. – 3-ж.: 545]
Navozanda
soʻzi forscha boʻlib, eski oʻzbek tilida
xonanda, sozanda, kuylovchi
ma`nolarini anglatgan:
Qilsa navozandalar ohangi rud,
Ahli gʻino tortsa dilkash surud.
[Hayrat ul-abror, 51]
Navozanda
hozirgi oʻzbek tilining kitobiy uslubida
kuy ijro etuvchi, navo qiluvchi;
sozanda
ma`nolarida qoʻllanadi:
Qurbon sozchi garmonь sadaflarini bosib, ajoyib sehrli kuylar
hosil qilar, oʻzi yozgan she`rni kuyga solib, qoʻshiq aytardi.
(J. Sharipov. Xorazm). [Oʻzbek
tilining izohli lugʻati,2008. –3-ж.: 8]
Mugʻanniy
ham shu mavzuiy guruhga mansub boʻlib,
mutrib, sozanda; ashulachi,
xonanda
ma`nolarini anglatadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |