477
Qoraga moyil qizil ot, toʻriq, toʻrigʻ, toʻriygʻ “Farhang oʻzbeki-forsi”. Qora qizil(ot rangi)
“Oʻzbek tilining soʻzligi” bu uchala izoh ham bir xil, ammo Afgʻoniston oʻzbek
shevalarida toʻriq soʻzi turlicha talaffuz qilinadi.
Toy –
otning bolasi: “Ot oʻrnini toy bosar”, “Otalar soʻzi” oʻzbek tili soʻzligi. Ot
bolasiki, yoshi ikki yildan oz boʻlsa. Farhangi oʻzbeki-forsi. Otning bir yoshdan ikki
yoshgacha boʻlgan boʻlasi. “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”.
Sayis/otboqar –
otboqar, hayvonlarga qarovchi. Oʻrta Osiyo xonliklarida harbiy va
xoʻjalik ehtiyojlari uchun saqlangan otlarni parvarish qiluvchi shaxs. “O ʻzbek tilining
izohli lugʻati”. Mahtar, u kishiki otni parvarish beradi” farhang oʻzbeki-forsi”. Otlarni
parvarish qilish bilan shugʻullanuvchi kishi, otlarga qarovchi. “Oʻzbek tili soʻzligi”.
Otboqar bilan sayis soʻzi orasida “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da deyarli farq
berilmagan, ammo Afgʻoniston oʻzbek shevalarida ikkalasi farqlanadi. Sayia soʻzi otlarni
sogʻligʻi, yemini berish vaqti, oʻgʻloqqa tayyorlashi bilan shugʻulanuvchi kishi. Sayis,
bogʻlanib boqilgan, oʻgʻloq chopiladigan ot bilan shugʻullanadi. Otboqar barcha otlar
bilan, otlarga somon tashlash, yem berish, jullab-yalanggach qilish bilan shugʻullanuvchi
kishi. Sayis ot tabibi sifatida, otboqar oylikli ishchi sifatida.
Yugan –
ot, eshak ksabi uy hayvonlarini boshqarish uchun ular boshiga
solinadigan, suvliq, tigin va qayish tasmalardan yasalgan abzal. “Oʻzbek tilining izohli
lugʻati”. Oʻzbek tili soʻzligida ham ayni izoh keltirilgan. Afgʻonistonda yugan faqat otga
xos bir abzal, eshakka nuxta sifatida ishlatiladi.
Ayil –
egarning usti bilan otning qornidan aylantirib bogʻlanadigan toʻqali qayish.
Oʻzbek tili soʻzligida va hamda farhangi oʻzbeki-forsida ham ayni izoh berilgan. Ammo
Afgʻoniston oʻzbeklari nutqida ayil faqat bit ot uchun emas, balki ot, eshak, hoʻkiz kabi
hayvonlarga ham ishlatadi.
Uzangi –
egarning ikki tomoniga qayish bilan bogʻlab, osib qoʻyadigan, otga
minish va egarda oyoqlarni tirab oʻtirish uchun xizmat qiladigan, metalldan yasalgan ot
abzali. “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”. Yarim doʻmaloq shakilli, egarning ikki tomonida
osilgan boʻlib, otga minguncha oyoqlarni shunga tiraydi. “Farhangi oʻzbeki-forsi”.
Egarning ikki tomonida ip, arqon yoki qayish bilan bogʻlab osib qoʻyiladigan, otga minish
va egarda oyoqlarini tirab oʻltirish uchun xizmat qiladigan filiz (temir)dan yasalgan ot
abzali “Oʻzbek tili soʻzligi”. Ayrim shevalarda uzangi soʻzi yuzangi, kalta uzangi shaklida
ham uchratishimiz mumkin.
Noʻxta
– ot-ulovni bogʻlash, ertaklash, haydash uchun boshiga solinadigan abzal.
“Oʻzbek tilining izohli lugʻati”. Ot, hoʻkiz, sigir va shu kabi hayvonlarni bogʻlash,
yetaklash, haydash uchun boshiga solinadigan abzor, buyum. “Oʻzbek tili soʻzligi”.
Do'stlaringiz bilan baham: