463
–
elektron lugʻat (shu jumladan oʻquv);
–
oʻrganilayotgan tilda multimedia materiali;
–
ixtisoslashtirilgan oʻquv resursi;
–
elektron aloqa vositasi: sinxron (chat, tezkor xabar, videokonferensiya), asinxron
(elektron pochta, munozara guruhi, forum, elektron byulleten).
Uslubiy maqsadga muvofiq, S.G.Grigoryev va V.V.Grinshkun oʻquv
elektron nashr va
manbalarini oʻquv, oʻquv simulyatorlari, boshqaruv, ma’lumot olish, namoyish, taqlid,
laboratoriya, modellashtirish, hisoblash, oʻquv, aloqa kabi turlarga ajratadi. Quyida internetdagi
eng mashhur elektron manbalarni koʻrib chiqamiz.
A.V.Filatova filologik fanlarni oʻqitish jarayonini optimallashtirish hamda nutqiy
faoliyatning barcha turlarini takomillashtirish uchun blog texnologiyasidan foydalanishni taklif
qiladi. Oʻqitish blogi ta’limning metodologik, pedagogik maqsadini amalga oshirish uchun
interfaol platforma boʻlib xizmat qiladi; talabaning oʻquv faoliyatini boshqarishning samarali
vositasi hisoblanadi. Oʻqituvchi va talaba uchun bepul blog yaratadigan
eng mashhur saytlar
sifatida Google Blogger, Live Journal, Word Presslarni ajratish mumkin. Muallif tomonidan
e’lon qilingan ma’lumotga sharh qoʻshishga imkon beradigan blogdan farqli oʻlaroq, viki veb-
saytlaridan foydalangan holda nafaqat bitta foydalanuvchi, balki Internetda masofadan turib,
material joylashtirish, tahrir qilish imkonini teradigan dasturlar mavjud. Bir guruh talabalar bitta
hujjat yaratish ustida ishlashi, unga oʻzgartirish, qoʻshimcha kiritishi bilan xarakterlanadi. Rus
tilini chet tili sifatida oʻqitishda Viki texnologiyasidan foydalanish chet ellik talabaning yozuv
qobiliyatini muvaffaqiyatli rivojlantirishga yordam beradi. Vikini yaratish uchun Pbworks,
Wikispaces Classroom
platformalaridan foydalanish mumkin. Oʻzbek tili ta’limiga
ham Viki
hamda blog texnologiyasini olib kirish oʻquvchi/ talabaning tilni oʻrganishda faollashuviga sabab
boʻladi.
Podkast (podcast) − mutaxassis boʻlmagan istalgan kishi tomonidan ishlab chiqilgan,
Internetda tinglash, koʻrishga moʻljallangan mavjud boʻlgan audio / videomahsulot.
A.G.Solomatina ta’lim podkastidan foydalangan holda nutq, tinglash qobiliyatini
rivojlantirishning uslubiy tizimini toʻrt blokdan iborat tarkibiy qismga ajratadi:
-
maqsadli blog;
-
nazariy blog (yondashuv, oʻqitish tamoyili);
-
texnologik blog (oʻquv tarkibi, usul, bosqich, vositalari);
-
baholovchi-samarali blog (mezon, koʻrsatkich, natija).
Rus tilini chet tili sifatida oʻqitish podkastlari talaba/oʻquvchining tinglash hamda nutq
qobiliyatini rivojlantirish (rus tilini idrok etish; rus tilida gapirish qobiliyatini oʻrgatish)
maqsadida ishlatiladi. Mustaqil ravishda podkast yaratish uchun oʻqituvchi/ talaba Podomatic
elektron resursidan foydalanish mumkin.
Veb-kvest (webquest) − bu global Internet resurslaridan foydalangan holda har qanday
mavzudagi loyiha faoliyati ssenariysi boʻlgan murakkab oʻquv Internet-resurslaridan biri. “Veb-
qidiruv aniq belgilangan tuzilishga ega; koʻpincha chet ellik talabaning
kelajakdagi kasbiy
faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan muammoli mavzuni tadqiq qilish, har tomonlama oʻrganishga
qaratilgan”.
YE.M.Shulgina dissertatsiyada veb-qidiruv texnologiyalarini til oʻqitish jarayonida nafaqat
“oʻqitishning an’anaviy shakli”ni, balki “masofadan turib” ishlashga imkon beradigan tarkibiy
qism, oʻqitish va monitoring usullarini oʻz ichiga olgan “yaxlit didaktik konstruksiya”ni yaratish
mumkinligini isbotladi. Talaba/oʻquvchining til oʻrganishi uchun zarur boʻlgan jarayonni
ta’minlaydigan, didaktik xarakterli Internet muhitida mustaqil ta’lim faoliyatini boshqarishga
zamin yaratiladi. Bunday tizim bir vaqtning oʻzida qidirish, konstruktiv ishlarni bajarish
usullarini ishlab chiqish vositalari bilan ta’minlangan. Ta’lim boʻyicha veb-kvestlar orasida
Quest Garden juda mashhur; u koʻplab loyihalarni amalga oshirish yoki mustaqil, shaxsiy veb-
qidiruvni yaratishni taklif qiladi.
464
Shunday qilib, axborot vositalaridan foydalanish filologik fanlarni oʻrganish, oʻqitish
imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Oʻqituvchi tayyor elektron manbadan
foydalanishi,
shuningdek, oʻz oʻquv elektron nashrlarini va interfaol oʻquv topshiriqlarini
yaratishi mumkin. Bu esa materialni vizual taqdim etish, uni talaba/oʻquvchi tomonidan tez,
samarali oʻzlashtirishga imkon beradi. Filologiya fanlarini oʻqitish jarayonida blog, Viki
texnologiyasi va veb-qidiruvdan foydalanish talabaga masofadan turib loyihalarni amalga
oshirishga imkon beradigan kunduzgi ta’lim imkoniyatlarini kengaytiradi. Oʻquv jarayoniga
axborot texnologiyalarini joriy etish nutq faoliyatining barcha turlari, koʻnikmalarini
rivojlantirishga yordam beradi, talaba shaxsini shakllantirishni ragʻbatlantiradi hamda
oʻqituvchining vaqtini tejaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: