461
3.
Brown, R. (1973) A first language: The early stages. Cambridge, MA: Harvard
University Press.
4.
Cazden, C. (1968). The acquisition of nouns and verb inflections. Child Development,
39, -P.433-448.
5.
De Villiers, J., & De Villiers, P. (1973). A cross-sectional study of the acquisition of
grammatical morphemes in child speech. Journal of Psycholinguistic Research, 2, 267-278.
https://doi:10.1007/BF01067106
.
6.
Krashen, S. Principles and Practice in Second Language Acquisition. New York:
Pergamon Press. 1982. –Р.12.
7.
Perroni, M., Gammon, C. (1979). The acquisition of inflections in Portuguese: A study
of the development of person markers on verbs.
Journal of child language, 6, -P.53-67.
Xorij lingvodidaktikasining elektron ta’lim resurslaridan foydalanish tajribasi xususida
On the experience of use of electronic learning resources of foreign linguvodactics
Xoliyorov Oʻral Mengliyevich
*
*
Annotation.
The article discusses the use of e-learning resources in the informatization
of the educational process and the role of computer technology in language teaching and the
role of distance learning in education
.
Key words:
lingvodidactics, distance learning, information technology, philological
education
Oʻquv jarayonini axborotlashtirish − ta’limni takomillashtirish yoʻnalishlaridan biri.
Soʻnggi oʻn yillikda axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish didaktik-metodik jihatdan
ahamiyatli ekanligini koʻplab olimlarning (S.G.Grigoryev, V.V.Grinshkun, M.A.Bovtenko,
I.V.Robert, G.K.Selevko, P.V.Sisoyev, YE.K.Xenner, A.A.Kuznetsov) ishlari tasdiqlaydi.
Ta’limda elektron ta’lim resurslarini qoʻllashning oʻquv jarayoniga ijobiy ta’siri
borasida olib
borilgan tadqiqotlar ham talay.
I.V.Robert zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’limda qoʻllash muammo hamda
istiqbollarini koʻrib chiqar ekan, quyidagi xulosaga kelganligini ta’kidlaydi: “Ta’limni
axborotlashtirish hamda filologik fanlarni oʻqitish jarayonida yangi axborot texnologiyalari
vositalaridan foydalanish nafaqat tashkiliy shakl va oʻqitish usullarining oʻzgarishiga, balki
yangi oʻqitish usullarining paydo boʻlishiga olib keladi”.
V.V.Grinshkun va S.G.Grigoriyev ta’limni axborotlashtirishga “ta’lim va ta’limning
psixologik-pedagogik maqsadiga erishish doirasida mavjud
bilimlarni tizimlashtirish, yangi
bilimlarni shakllantirish uchun ma’lumot toʻplash, saqlash, qayta ishlash, tarqatish usul hamda
vositalarini qoʻllashga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy faoliyat sohasi”, – deb aniq ta’rif beradi.
Ta’limni axborotlashtirish − oʻquv jarayoniga axborotlashtirish vositalarining
integratsiyasi.
Bundan tashqari, ta’limni axborotlashtirish “kompyuter texnikasi va dasturiy
ta’minot, shuningdek, ularning mazmuni” degan ma’noni anglatadi, bu rus (istalgan ona) tilini
chet tili sifatida oʻqitish jarayonida muhim yoʻnalishlardan biri.
*
*
TerDU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi,
xoliyorov@tersu.uz
462
I.V.Robert axborotlashtirish vositalaridan foydalanishning
quyidagi maqsadlarini
aniqlaydi:
1. Oʻquvchining shaxsiyatini rivojlantirish, axborot jamiyati sharoitida hayotga
tayyorgarlik: fikrlashni rivojlantirish (vizual-samarali, vizual-majoziy, intuitiv, ijodiy,
fikrlashning nazariy turlari); estetik tarbiya (kompyuter
grafikasi, multimedia texnologiyasidan
foydalanish orqali); muloqot koʻnikmasini rivojlantirish; eng yaxshi qaror qabul qilish yoki qiyin
vaziyatga yechim taklif qilish koʻnikmasini shakllantirish; eksperimental tadqiqot faoliyatini
amalga oshirish koʻnikmasini rivojlantirish (masalan, kompyuterni modellashtirish imkoniyatini
amalga oshirish orqali); axborot madaniyatini shakllantirish, ma’lumotni qayta ishlash qobiliyati
(masalan, oʻrnatilgan foydalanuvchi paketi, turli xil grafika va musiqa muharriri yordamida).
2. Zamonaviy jamiyatni axborotlashtirish tufayli ijtimoiy buyurtmani amalga oshirish:
axborotlashtirish sohasidagi mutaxassislarni yangi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda
oʻqitish.
3. Ta’lim jarayonining barcha darajalarini intensivlashtirish: axborotlashtirish vositalarini
qoʻllash orqali oʻquv jarayonining samaradorligi hamda sifatini oshirish.
Chet elda kompyuter vositalaridan foydalangan holda til oʻrganish CALL (Computer
Assisted Language Learning) deb nomlanadi. Rus tadqiqotchi va olimlarining
asarlarida chet
tilini oʻqitishda yangi axborot texnologiyalarining joriy etilishi
Do'stlaringiz bilan baham: