Tili va adabiyoti universiteti


  Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet363/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

 


425 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Abdullayev Y. Qiziqarli statistika. – Toshkent: Ta’lim: 2015-yil. 
2.
Nuritdinova R. Oʻzbek onomastikasi terminlarining lisoniy tahlili. Avtoreferat. – 
Toshkent, 2005-yil.
3.
Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Oʻquv qoʻllanma. – 
Toshkent, 2009-yil.
4.
Yoʻldoshev B. Oʻzbek onomastikasi masalalari. – Samarqand, 2012-yil.
5.
Shayxova K. Asar sarlavhalarini tanlash asoslari. Respublika yosh tilshunoslari 
konferensiyasi tezislari. VII. – Тoshkent, 1995-yil. 
Semantik razmetkaning oʻrganilishi va amaliyotda qoʻllanilishi 
Study of semantic markup and its application in practice 
 
Аxmedova Dildora Bahodirovna*
*
 
 
Аnnotation.
The article provides information about semantic markup, approaches in 
Russian and European linguistics, the naming and functions of semantic tags, their importance 
and possibilities. 
Key words:
corpus linguistics, electronic texts, semantic markup, tagging, lexical-
semantic group, word structure, Russian national corpus. 
 
Semantik teg ( rus., razmetka)
– til korpuslaridagi soʻz yoki soʻz birikmasining ma`lum 
bir semantik kategoriya yoki undan ham kichikroq semantik guruh (leksik-semantik guruh, 
semantik maydon va toʻda)ga mansubligini bildiruvchi, ma’noni maxsuslashtiruvchi belgi, 
izohlar majmui. Korpusning semantik teglari soʻz ma’no(lar)i spetsifikasi, soʻzning omonimlik, 
sinonimlik bilan bogʻliq izohlar majmuyini tuzish, soʻzni kategoriyalash, uning mavzuviy guruh, 
leksik-semantik guruh, semantik maydonga mansubligini belgilash, derivatsion xarakteristikasi, 
atash ma’nosi kabi belgilarni qamrab oladi.
 
Semantik razmetka – mutaxassislar tomonidan atroflicha oʻrganilgan masala. Til 
korpuslarining dastlabki avlodi elektron matnlar yigʻindisi boʻlsa, undan keyin soʻrovga javob 
beruvchi interfeys bilan ishlovchi vosita, keyinchalik lingvistik va ekstralingvisvistik
razmetkalangan tom ma’nodagi korpuslar boʻlib shakllandi. Lingvistik razmetkalangan korpuslar 
dastlab faqat morfologik, keyinroq morfo-sintaktik, oxirgi yillarda esa lingvistik razmetkaning 
mukammal koʻrinishi – morfologik, sintaktik hamda semantik razmetkaga korpus rivojlanish 
bosqichini boshdan kechirdi. Korpusga semantik razmetka olib kirish dastlab nazariy jihatdan 
asoslandi, semantik razmetka muammolari tadqiq qilindi. Y.D. Apresyan, I.M. Boguslavskiy, 
B.L.Iomdin, Y.V. Biryalsev, A.M. Yelizarov, N.G. Jilsov, V.V. Ivanov, O.A. Nevzorova,
V.D. Solovyev, I.S. Kononenko, Y.A. Sidorova, Y.I. Yakovchuk, Y.V. Raxilina, G.I. Kustova, 
O.N.Lyashevskaya, T.I. Reznikova, O.Y. Shemanayeva, A.A. Kretovlarning tadqiqotlarini 
shunday ishlar sirasiga kiritish mumkin. Quyida ushbu tadqiqotlarning semantik razmetka 
muammolari yoritilgan diqqatga molik jihatlariga toʻxtalamiz. 
M.Y. Zagorulko, I.S. Kononenko, Y.A. Sodorovaning “Система семантической 
разметки корпуса текстов в ограниченной предметной области” maqolasi semantik razmetka 
tamoyillari, matn semantik razmetkasi arxitekturasi, razmetkalangan korpusdan foydalanish, 
korpus atamalar lugʻatini toʻldirish, semantik- sintaktik gipotezalar tahliliga bagʻishlangan. 
Y.D. Apresyan, I.M. Boguslavskiy, B.L. Iomdinning “Синтаксически и семантически 
аннотированный корпус русского языка: современное состояние и перспективы”
*
*
Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti 


426 
maqolasida mavjud semantik razmetkalangan korpuslar qiyosiy tahlil qilinib, mushtarak va farqli 
oʻrinlar koʻrsatilgan.
I.S. Kononenko, Y.A. Sidorovaning “Система семантической разметки корпуса текстов 
как инструмент извлечения экспертных знаний (на материале текстов по катализу)” 
maqolasida semantik razmetkalangan matndan ma’lumotni ajratib olish yoʻl va usullari, interfeys 
imkoniyati ochib berilgan. 
Y.V. Biryalsev, A.M.Yelizarov, N.G. Jilsov, V.V. Ivanov, O.A. Nevzorova, V.D. 
Solovyevning “Модель семантического поиска в коллекциях математических документов 
на основе онтологий” maqolasida semantik kolleksiya modellari, ontologiyaga asoslangan 
modellashtirishning afzalliklari bayon etilgan. 
P.V. Jeltov “Семантическая разметка национального корпуса чувашского языка” 
maqolasida Chuvash tili milliy korpusi semantik razmetkasi haqida soʻz yuritadi. Xususan, 
Chuvash tili milliy korpusida ishlatish mumkin boʻlgan semantik teglar majmui tavsiflanadi. 
Olimning fikricha, ushbu leksik tasnif universal tasnif sanalib, istalgan tilda qoʻllanishi mumkin. 
Korpus lugʻatining amaliy ahamiyati qidiruv-soʻrov sifatini yaxshilay olishida, foydalanuvchiga 
qulaylik yaratishida koʻrinadi. Uning fikricha, semantik tasnif va razmetka biror-bir dasturlash 
paradigmasiga moʻljallangan boʻlishi kerak. 
T.I. Reznikova, M.V.Kopotevlarning “Лингвистически аннотированные корпуса 
русского языка (обзор общедоступных ресурсов)” nomli maqolasi rus tilidagi bir necha 
korpuslar: Rus tili milliy korpusi (NKRY), Rus tilining Tyubingen korpusi, Gazeta matnlari 
korpusi, ХАNКО korpusining lingvistik razmetkasi, ularning imkoniyati va oʻziga xosligi 
tahliliga bagʻishlangan. 
A.A. Kretov “Анализ семантических помет в НКРЯ” nomli maqolasida Rus tili milliy 
korpusida semantik razmetkaning ahamiyatini atroflicha izohlaydi. Uning fikricha, Rus tili milliy 
korpusi semantik razmetkasi eng kamida ikki jihatdan amaliy ahamiyatga ega: tilshunos va 
tilshunos boʻlmagan mutaxassisning kundalik ehtiyojiga javob beradi (1); tilshunosning tadqiqot 
manbai boʻlib xizmat qiladi (2). Birinchi ehtiyoj, odatda, krossvord ixlosmandlari tomonidan 
ishlatiladi: ular soʻralgan mazmunni ifodalovchi soʻz yoki soʻzlar guruhini qidirishadi. Bunda 
foydalanuvchi korpusdan oʻziga kerakli mazmunni ifodalaydigan soʻzni (sinonimik qator, gipo-
giperonimik qator, antonym, semantik maydon, leksik-semantik guruh, leksik-semantik maydon) 
imkon qadar koʻproq topa olishi kerak.Qidiruvning ikkinchi xili leksikolog tomonidan amalga 
oshiriladi: u korpus asosida leksikani tipologik, diaxron jihatdan tadqiq etadi. Rus tili milliy 
korpusining ilmiy va amaliy ahamiyati zamonaviy rus tili leksik-semantik sistemasini 
tavsiflashdan iborat ekan, demak, semantik izohlar tizimi ham shu talabga javob berishi lozim.
NKRY semantik teglar tizimida har bir teg 3 tadan 7 tagacha izohdan iborat boʻladi. Bu 
teglar birlikni butun-boʻlak munosabatida, semantik maydon, leksik-semantik guruh va toʻda, 
markaz, qurshov doirasidagi oʻrnini belgilashiga qarab oʻz nomlanishi, vazifasiga ega boʻladi. 
A.A. Kretov teglarni konstanta, operator-klassifikatorga ajratadi. Semantik razmetka teglar 
tizimini misol asosida oʻrganamiz: 
Sp t:constr bino va inshoot (uy, chordoq, koʻprik). 
Ushbu 
teglar tizimida Sp konstanta, t:constr esa klassifikator.
Rus tili milliy korpusining tuzilishi, xususiyati, ahamiyati, lingvistik razmetkasi va 
imkoniyatlari haqida koʻp sonli tadqiqot olib borilgan. Rus tili milliy korpusi tajribasini 
oʻrganish u bilan amaliy jihatdan ishlash, tadqiqotlarni oʻrganish asosida amalga oshadi. 
Shunday tadqiqotlarda korpusning semantik razmetkasi atroflicha tavsiflangan, yutuq va 
kamchiliklar koʻrsatib berilgan. Yuqorida sanab oʻtilgan tadqiqotlar, Rus tili milliy korpusi, 
Chuvash tili korpusi, Qalmiq tili milliy korpusi, Boshqird tili korpusi semantik razmetkasini 
tahlil qilish asosisa semantik razmetkaning umumiy xarakteristikasini berishi bilan ahamiyatli. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish