Tili va adabiyoti universiteti


Son turkumiga oid soʻzlar asosida shakllangan biblionimlar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet362/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

 
Son turkumiga oid soʻzlar asosida shakllangan biblionimlar 
Biblioms formed on the basis of number of words 
 
Aqmanova Shahnoza Alimboyevna*
*
 
 
Annotation: 
This article analyzes the morphological, syntactic and lingvodidactic 
features of biblionims involving words belonging to the number category. 
Key words: 
biblionim, number, series of numbers, ordinal number, quantity number, 
morphonogical analysis, compound-biblionim, sentence- biblionim. 
Sonlar predmetlarning sanogʻi va asosan, aniq miqdori uchun ishlatiladigan soʻzlar 
hisoblanadi. Sonlar hayotimizda shunchalik katta ahamiyatga egaki, bugungi texnologiya asri 
va raqamli iqtisodiyot davrida ularsiz biror tartibli va unumli ishni tasavvur qilish qiyin. 
Qadimgi yunon faylasufi Pifagor “Sonlar barcha mavjudotning oʻzagidir”, deb aytgan 
boʻlsa, amerikalik yozuvchi Haynlayn Robert “Raqamda ifodalash mumkin boʻlmasa, bu fikrlar 
xolos”, deya ta’kidlaydi [Abdullayev Y., 2015:5]. Darhaqiqat, faqat raqamlar orqali fikrlarning 
miqdoriy oʻlchovi aniqlanadi.
Hayotning har bir jabhasida faol qoʻllaniluvchi sonlardan yozuvchi va shoirlar ham 
mahorat bilan foydalanganlar. Oʻzbеk tili turli tariхiy davrlarda yuzaga kеlgan хilma-хil 
bibliоnimlarga juda bоy boʻlib, bu nоmlar oʻzbеk хalqining uzоq madaniy va ma’naviy 
qadriyatining ajоyib durdоnalaridan biridir. Asar haqida birlamchi ma’lumot beruvchi va 
kitobxonni oʻziga chorlovchi ana shunday biblionimlarni tanlashda ham koʻpgina adiblar son 
soʻz turkumiga oid soʻzlarga murojaat qilganlar. Masalan, “Ikki eshik orasi” (Oʻtkir Hoshimov), 
“Uch mushketyor” (Aleksandr Dyuma), “Birinchi muallim” (Chingiz Aytmatov) , “Oʻn 
sakkizga kirmagan kim bor?” (Shukur Xolmirzayev) kabi kitoblarning nomlariyoq asar haqida 
oʻquvchida qisqa taassurot uygʻotadi. Binobarin, son turkumiga oid soʻz bilan ifodalangan har 
qanday nom mavhumlikdan biroz holi, aniqlikka yaqin ekanligi bilan ajralib turadi.
Son morfologik va sintaktik xususiyatining oʻziga xosligi bilan ham boshqa turkumlardan 
farq qiladi. Shunga koʻra, son turkumi bilan hosil qilingan biblionimlar ham oʻziga xos 
alohidalik xusiyatiga ega.
Son bilan ifodalangan biblionimlarni ma’no va grammatik xususiyatiga koʻra miqdor son 
va tartib sonlarga boʻlish mumkin. Tartib son predmetning aniq tartibini, ketma-ketlikdagi 
oʻrnini 
bildirish, 
shuningdek, 
boshqasidan 
farqini 
koʻrsatish 
uchun 
ishlatiladi 
[Sayfullayeva.232]. Chingiz Aytmatovning “Birinchi muallim”, Asqad Muxtorning 
“Toʻqqizinchi palata”, Maqsud Shayxzodaning “Uchinchi kitob”, Abdulla Oripovning “Birinchi 
muhabbatim” biblionimlarida yuqorida aytib oʻtilgan xususiyatlar oʻz aksini topganligini koʻrish 
mumkin. 
Miqdor son predmetni sanash, donalash, taqsimlab yoki taxminlab koʻrsatish uchun 
ishlatiladi. Son turkumi qatnashgan biblionimlarning aksariyati sanoq sonlar asosida hosil 
boʻlgan: Gabriyel Garsiya Markesning “Yolgʻizlikning yuz yili” romani, Oʻtkir Hoshimovning
“Ikki karra ikki – besh” qissasi, Ivan Bulinning “Uch musofir hikoyasi” toʻplami va h.k. Agata 
Kristining “Oʻnta negr bolasi” biblionimini esa dona son bilan ifodalangan deyish mumkin.
Ma’lumki, keyingi yillardagi son turkumiga oid tadqiqotlarda sanoq son sirasida 
bir
soʻzi 
qoʻllanish va vazifasi jihatidan qator oʻziga xosliklarga ega ekanligi ta’kidlab kelinmoqda. 
*
*
Urganch davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi 


424 
Xuddi shu xususiyatga ega boʻlgan biblionim sifatida Nodar Dumbadzening “Yurakning bir 
parchasi” asari nomini keltirish oʻrinli.
Biblionimlar oʻlchov birliklari ishtiroki bilan ham hosil qilinadi. Maqsud Shayxzodaning 
“Chorak asr devoni” biblionimi misolida numerativlar ya’ni hisob soʻzlar deb ataluvchi bunday 
soʻzga guvoh boʻlamiz.
Biblionimlar tarkibidagi sonlar tuzilish jihatidan sodda va murakkab sonlarni tashkil 
qiladi.
Sodda sonlar bilan ifodalangan biblionimlarga

Chexovning “Uch opa-singil” qissasi, 


Odil Yoqubovning “Ikki muhabbat” qissasi, Turob Toʻlaning “Yetti zogʻora qissasi” asari, 
Abdulla Avloniyning “Ikki sevgi” dramasi, Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Besh bolali yigitcha” 
romanlarini misol keltirishimiz mumkin.
Jyul Vernning “Oʻn besh yoshli kapitan” romani, Asqad Muxtorning “Toʻqson toʻqqiz 
miniatura” qissasi, Zohir A’lamning “Afandining qirq bir pashshasi” hikoyasi, Maqsud 
Shayxzodaning “Oʻn besh yilning daftari” she’riy toʻplami murakkab sonlar bilan ifodalangan 
biblionimlar sirasiga kiradi.
Kuzatishlar natijasida son turkumiga xos soʻz bilan hosil qilingan biblionimlar, asosan, 
bosh kelishikdagi soʻz bilan ifodalanishi ma’lum boʻldi. Misol tariqasida Isajon Sultonning “ 
Qirq kokilli kelinchak” qissasi, Tolstoyning “Uch oʻlim” hikoyasi, Hamid Olimjonning “Ikki 
qizning hikoyasi” dostoni, Aleksandr Volkov qalamiga mansub “Yetti yer osti qirolligi”
ertaklar toʻplamlarini keltirish mumkin. Ayrim ijodkorlar asarlari nomlaridagina otlashgan son 
bilan kelgan biblionimlarni koʻrishimiz mumkin. Shukur Xolmirzayevning “Oʻn sakkizga 
kirmagan kim bor?” qissasi fikrimiz dalilidir. Koʻrinadiki, joʻnalish kelishigi son turkumida 
kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosini “oldingi sonni keying fe’lga vositali 
toʻldiruvchi va hol vazifasida bogʻlash” tarzida xususiylashtiradi [Sayfullayeva, 238-b].
Nutqimizda tushunchalarni, fikrlarimizni aniqroq ifodalash maqsadida faqat bir soʻzni 
qoʻllamay, birikma holatida keltirishga harakat qilamiz. Soʻz oʻz ma’noviy imkoniyatini toʻlaroq 
va ravshanroq namoyon qilishi uchun boshqa bir mustaqil soʻzga ehtiyoj sezadiki, bu soʻz uning 
ma’noviy ehtiyojni qondirmogʻi uchun ham ma’noviy, ham grammatik jihatdan unga muvofiq 
boʻlmogʻi lozim. Shunga koʻra son soʻz turkumi qatnashgan biblionimlar, asosan, soʻz birikmasi 
shaklida tuzilganligining guvohi boʻlamiz: “Uch mushkityor”, “Ming bir qiyofa”, “Birinchi 
muallim”, “Uch opa-singil” va hokazo. Ushbu misollardan ham ma’lumki soʻz birikmasi 
shaklidagi biblionimlar bitishuv usulida hosil boʻladi. Bitishuvda birikkan soʻzlarning oʻzaro 
aloqasi, asosan, tartib va ohang bilan belgilanadi. Son ishtirok qilgan biblionimlar son+ot 
qolipida uchraydi. Asqad Muxtorning “Toʻqqizinchi palata”, Odil Yoqubovning “Ikki 
muhabbat” hikoyalari, Maqsud Shayxzodaning “Oʻn she’r”, “Uchinchi kitob” she’riy 
toʻplamlari, Chingiz Aytmatovning “Birinchi muallim” qissasi biblionimlari shular 
jumlasidandir.
Shuningdek, son soʻz turkumiga oid soʻz qatnashgan biblionimlar orasida tugal mazmun 
ifodalab, gap shaklida keluvchi asar nomlarini ham uchratish mumkin. Oʻtkir Hoshimovning 
“Ikki karra ikki – besh”, Shukur Xolmirzayevning “Oʻn sakkizga kirmagan kim bor?” qissalari 
nomlari sintaktik yaxlitlik hosil qilib, gap koʻrinishida namoyon boʻlgan. Soʻz shaklidagi, soʻz 
birikmasi shaklidagi biblionimlarga nisbatan gap-biblionimlar kitobxonda asar haqida chuqurroq 
tasavvur uygʻotishga xizmat qiladi.
Umuman, biblionimlar oʻziga xos xususiyatga ega boʻlgan hodisa sifatida yozma nutq 
taraqqiyoti jarayonini kuzatish uchun qimmatli manba boʻlib xizmat qiladi. U yoki bu davrda 
keng tarqalgan biblionimlar oʻz tuzilishi bilan oʻsha davr tili maromlarini aniq aks ettiradi va til 
tarixida muhim oʻrin tutadi [Nuritdinova R., Toshkent:2005]. Kuzatishlar natijasida son soʻz 
turkumiga oid soʻz qatnashgan biblionimlarda ham ana shu xususiyatlar namoyon 
boʻlganligining guvohi boʻldik.

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish