Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/464
Sana05.06.2022
Hajmi6,85 Mb.
#639528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   464
Bog'liq
ANJUMANMATERIALLARI.19.11.2020

Shavkat Mirziyoyev 
Davlat tili masalasi milliy gʻoyamizning asosiy tamoyillaridan biri 
boʻlishi zarur. Yosh avlod qalbiga ona tilimizni bolalikdan singdirish 
maqsadida taʼlimning barcha bosqichlarida oʻzbek tilini zamonaviy va 
innovatsion texnologiyalar asosida mukammal oʻrgatishga alohida 
eʼtibor qaratishimiz lozim. Toki, bolalarimiz oʻzbek tilida ravon 
oʻqiydigan, ravon yozadigan va teran fikrlaydigan insonlar boʻlib 
yetishsin

Shavkat Mirziyoyev 
 
 
 
 
 
 
 
 



Majidov Inomjon Urushevich, 
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri 
 
Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar! Hurmatli konferensiya qatnashchilari! Xonimlar 
va janoblar! 
Bu yil oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil toʻladi. Oʻtgan davr mobaynida 
oʻzbek tili mavqeyini yuksaltirish borasida bir qator yutuqlarga erishildi. Eng muhimi, xalqimiz 
qalbida ona tiliga muhabbat, uni asrab-avaylash tuygʻulari barqarorlashdi. Milliy tilimizni davlat 
tili sifatida rivojlantirishning huquqiy-me’yoriy asoslari shakllandi.
2019-yil 21-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich 
Mirziyoyev tomonidan “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish 
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonning qabul qilinishi davlat tili taraqqiyoti borasida olib 
boriladigan keyingi faoliyat yoʻnalishini belgilab berdi. Shu oʻrinda oʻtgan bir yil ichida ushbu 
farmonda qayd etilgan vazifalarni bajarish, oʻzbek tilini rivojlantirish, dunyo tillari darajasiga 
koʻtarish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirildi.
Bundan 
tashqari, 
Muhtaram 
Prezidentimizning 
2020-yil 
23-sentabr 
kuni 
videokonferensiya shaklida oʻtgan BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida soʻzlagan nutqi 
muhim tarixiy voqea boʻldi. Bu chiqish xalqimizning koʻp yillik orzulari roʻyobi sifatida barcha 
yurtdoshlarimizga, oʻzini shu millatning vakili hisoblagan insonga gʻurur hamda iftixor baxsh 
etdi, ularning qalbiga shukuh olib kirdi. Qolaversa, davlatimiz rahbarining ma’ruzasi koʻpgina 
davlatlar, shuningdek, turkiy tilli mamlakatlar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi va 
umume’tirof etildi. Darhaqiqat, oʻzbek tili – oʻzbek millatining mavjudlik shartlaridan biri 
boʻlib, xalqning tarixi qadar qadimiydir. Bu til tarixi ulugʻ, kelajagi buyuk boʻlgan oʻzbek 
xalqining ona tilidir. Ona tili
 
– insonning goʻdaklik davridan oila, ijtimoiy muhitda, dastavval, 
ogʻzaki tarzda boshqalar nutqidan eshitib oʻrgangan tili. Ona tilini e’zozlash, qadrlash, serqirra 
imkoniyatlarini, soʻz boyligini borligicha saqlash, takomillashtirish, davlat tili sifatidagi mavqeyi 
va nufuzini oshirish har birimizning muqaddas burchimizdir. 
Til millatning mavjudligini belgilaydigan asosiy omil hisoblanadi. Milliy til xalqimizni 
hamjihatlikda taraqqiyot sari boshlaydi. Xalqni yanada jipslashishga, milliy qadriyatlarni asrab-
avaylashga undaydi. Til bor ekan – millat barqaror! 
Oʻzbek tilining mavqeyini yuksaltirish yoʻlida izlanayotgan filolog-mutaxassislarimizga, 
tilshunoslik, adabiyotshunoslik sohasining fidoyi olimlariga mashaqqatli, ammo faxr tuygʻusiga 
yoʻgʻrilgan ilmiy-pedagogik faoliyatlarida omad yor boʻlsin! 
Oʻzbek tilini keng doirada targʻib qilish va davlat tili sifatida takomillashtirish maqsadida 
xorijlik mutaxassislar ishtirokida oʻtkazilayotgan xalqaro anjuman ishiga muvaffaqiyat tilayman! 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish