kreolizovanniy tekst
termini lugʻatda
uygʻun matn
tarzida berilgan [Xudoyberganova, 2015: 37]. Chunki bunday matnlarda turli madaniy-semiotik
maydonlar (til, musiqa, tasvir) uygʻunlashib, yagona vizual, tuzilmaviy hamda mazmuniy
yaxlitlikni hosil qiladi.
Keyingi
yillarda
tadqiqotlar
koʻlami
ortganligi
sababli
tilimizga
lingvomadaniyatshunoslikka oid yangi terminlar kirib keldi.Ularning ayrimlarida variantlilik
kuzatilmoqda.
Masalan:
lingvokulturologiya/
lingvomadaniyatshunoslik/
lisoniy
madaniyatshunoslik, olamning lisoniy manzarasi/ olamning lingvistik kartinasi, lingvomadaniy
birlik/ lingvokulturema, lingvistik nisbiylik nazariyasi/lisoniy nisbiylik nazariyasi, temporal kod/
vaqtga doir kod. Bu kabi birliklarni terminshunoslik mezonlari asosida baholash, amaliy
tavsiyalarni ishlab chiqish zaruriy vazifalardan biridir.
Lingvomadaniy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish ham lingvomadaniyatshunoslikning
muhim vazifalaridan hisoblanadi. Tilimizda shunday obrazli ifodalar, turgʻun birliklar borki,
ularni lingvomadaniy yondashuvda tadqiq etish oʻzbek tilining ochilmagan qirralarini
koʻrsatishga xizmat qiladi. Topishmoqlar, iboralar, maqollar mana shunday birliklar sirasiga
kiradi.
Tilshunosligimizda topishmoqlarning semantik va grammatik xususiyatlari tadqiq
qilingan. [ Saparniyazova, 2005] Oʻzbek xalqining obrazli tafakkuri, xayolot kengligi, voqelikni
til vositasida aks ettirishidagi oʻziga xosligini namoyon etuvchi topishmoqlarga xos shunday
jihatlar borki, ular lingvomadaniy tadqiqotlar uchun muhim obyekt sifatida xizmat qiladi.
22
Topishmoqlarda dunyoni anglashning qadimiy usullaridan biri boʻlgan antropomorfizm
yaqqol koʻzga tashlanadi. Ularda borliqdagi predmetlar insoniy qiyofada namoyon boʻladi:
Shum
kampir, Shumaloq kampir, Ikki beti yumaloq kampir (Tandir), Eshik orqasida beli bogʻliq qul
yotar (Supurgi), Ikki ogʻa-inini bir ustunga bogʻladim (Tarozi), Kichkinagina kelinchak,
boshida bor tugunchak (Gugurt choʻpi).
Tadqiqotchilar qayd etganidek, topishmoqlarning aksariyati metaforik matndan iborat
[Saparniyazova, 2005]:
Oq yer ochdim, qora bugʻdoy sochdim (Qogʻoz, yozuv), Qora sigir
qarab turar, Sariq sigir yalab turar (Qozon, olov) kabi topishmoqlar matnida ifodalangan
mazmun boshqa bir tagma'noga ishora qilib keladi.
M.Saparniyazova oʻz tadqiqotida
Fotima-
Zuhra urishadi, Merosini boʻlishadi (Qaychi)
topishmogʻini misol sifatida keltirgan.
[Saparniyazova, 2005:60] Bu kabi matnlar voqelikni obrazli idrok etishning ixcham koʻrinishlari
hisoblanadi.
Topishmoqlarga xos yana bir xususiyat shundaki, ularda lingvomadaniy kodlardan
foydalanish yuqori darajada amal qiladi. Xususan, borliqni va undagi predmetlarni antropomorf
kod, zoomorf kod va predmetli kodlar vositasida aks ettirish topishmoqlarning muhim
belgilaridan biri hisoblanadi.
Voqelik unsurlariga ijobiy yoki salbiy munosabatni aks ettirish ham topishmoqlarga xos
xususiyatdir. Oʻzbek xalq topishmoqlaridan birida insonning ismi qamchi (predmetli kod)ga
qiyoslanadi. Bu qamchi oddiy qamchi emas, zar qamchidir, u asrlar davomida ham chirimaydi:
Otam bergan zar qamchi Ming yilda ham chirimas (Ism).
Koʻrinadiki, ushbu topishmoqda
xalqning ismlarni avloddan avlodga meros sifatida olib oʻtishi, milliy qadriyat sifatida
ardoqlashi oʻz aksini topgan.
Real voqelikni idrok etishning topishmoqlarda namoyon boʻluvchi usullari olamning
oʻzbekcha lisoniy manzarasi bilan chambarchas bogʻliq. Bu mazkur birliklarni lingvomadaniy
yondashuvda tadqiq etish muhim vazifalardan biri ekanligini koʻrsatadi.
Tilshunosligimizda lingvomadaniy yondashuvda tadqiq qilinishi lozim boʻlgan obrazli
ifodalardan biri mubolagʻadir. Mubolagʻa nafaqat badiiy asarlarda qoʻllanuvchi uslubiy figura,
balki insonning voqelikni idrok etish tarzini koʻrsatuvchi hodisa hamdir. Mubolagʻa soʻzdan
tortib matngacha boʻlgan sathda namoyon boʻladi:
Gulijonning koʻzidan ohular uyaladi.
Kiprigini koʻtarsa, Osmonlar suyanadi
(I.Mirzo. “Birinchi sevgi”). Tilimizda olamning lisoniy
manzarasini mubolagʻa vositasida yaratish mahsuli sifatida shunday oʻziga xos birliklar yuzaga
kelganki, ularda olam va lison munosabatlarining betakror jihatlarini kuzatish mumkin. Shu bois
oʻzbek tilidagi mubolagʻalarni olamning lisoniy manzarasini yaratish bilan uzviylikda tahlil
etish lingvomadaniy tadqiqotlar koʻlamini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Oʻzbek
lingvomadaniyatshunosligida
tadqiqqa
tortilmagan
mavzulardan
biri
lingvomadaniy kodlar hisoblanadi. Lingvomadaniy kodlar xususan frazeologizmlar va
maqollarda mazkur birliklarni shakllantirishda asos vazifasini oʻtaydi. Masalan, juda koʻp
frazeologizmlarning shakllanishida somatik kodlar (bosh, koʻz, qoʻl, burun, oyoq, jigar, oʻpka,
panja), zoomorf kodlar (it, mushuk, qoy, xoʻroz ) tayanch komponent boʻlgan. Umuman, har bir
obrazli turgʻun birikma asosida muayyan lingvomadaniy kod yotadi. Oʻzbek tilidagi
frazeologizmlarni mana shu nuqtayi nazardan oʻrganish va lingvomadaniy kodlar asosida tasnif
qilish orqali oʻzbekona tafakkur modellarini yaratish, millat lisoniy ongiga xos mexanizmlarni
yoritib berish mumkin.
Lingvomadaniy kodlar xalq maqollarida ham namoyon boʻladi. Bu, ayniqsa, metaforik va
oʻxshatish mazmunli maqollarga xos jihat hisoblanadi. Bunday maqollarda qoʻllangan
lingvomadaniy kodlar xalqning oʻz qadriyatlariga munosabatini yaqqol namoyon etadi. Buni
Sabr tagi – oltin, Kekkayish terakka yarashar, Ona yurting - oltin beshik
kabi koʻplab
maqollarda koʻrish mumkin.
XXI asr oʻzbek tilshunosligi ona tilimizning betakror jozibasini yangicha tafakkur, yangi
ilmiy qarashlar asosida tadqiq etuvchi yangi tilshunoslik sifatida shakllanmoqda. Bunda
23
lingvomadaniy tadqiqotlar muhim oʻrin egallaydi. Ular tilimiz mohiyatining yanada teran
tavsiflanishiga, oʻzbek lisoniy shaxsining oʻziga xos qiyofasini yaratishga xizmat qiladi.
Hozirgi globallashuv davrida esa bu nihoyatda katta e’tibor qaratilayotgan muhim masalalardan
biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |