Tili va adabiyoti universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Жамолхонов Ҳ., Умаров А. Ўзбек ёзувининг XX аср тарихи. I китоб. 
Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси. – Т.: 2017. – Б. 460. 
2.
Каримов Н. XX аср адабиёти манзаралари. Биринчи китоб. Oʻzbekiston. – Т.: 
2008. – Б. 536. 
3.
Тарихнинг номаълум саҳифалари (илмий мақолалар, ҳужжат ва 
материаллар, хотиралар). Учинчи китоб. Oʻzbekiston. – Т.: 2012. – Б. 280. 
4.
www. shosh.uz 
5.
www.vikipedia.org
 
 
“Diskurs” tushunchasining lingvistik talqiniga doir 


259 
About the linguistic interpretation of the concept of “discourse” 
 
Sayidiraximova Nasiba Sayidmaxamadovna

 
Аnnotation:
 
This article examines the concept of discourse as a linguistic phenomenon. 
It also analyzes the application and approach, the interpretation of this phenomenon in 
linguistics. The points of view on the concept of the discourse of foreign linguistics are 
generalized and analyzed. 
Key words
: discourse, cognitive approach, discourse analysis, speech-text-dialogue, 
speech process 
Zamonaviy tilshunoslik ilmi hozirgi kunda yangi tadqiqot metodlarini talab etuvchi qator 
yangi yoʻnalishlar bilan boyib bormoqda. Diskurs ham shunday yangi sohalarga taalluqlidir. 
“Diskurs” tushunchasi oʻtgan asrlardayoq polisemantik xarakterga ega boʻlgan. Xususan, 
P.Serio fransuz anʼanasi doirasida “diskurs”ning sakkiz xil farqlovchi sema-tushunchalari 
roʻyxatini tuzgan va “matn” tushunchasi nazariyasida “diskurs”ning koʻpmaʼnoliligini belgilagan 
hamda “diskurs” tushunchasining muayyan mualliflar tomonidan kiritilgan va milliy anʼanalar 
asosida farqlanuvchi uch asosiy qoʻlanishdagi xususiyatini aniq belgilagan [Serio P. 1999, 
19993: 1]. Uning ishlarida keltirilishicha: 
1. “Diskurs” tushunchasining lingvistik qoʻllanishi, amerikalik tilshunos Z.Xarris 
tomonidan 1952-yil chop etilgan “Diskurs-analiz” nomli maqolasining nomi sifatida qayd 
etilgan. Mazkur termin yigirma yillardan keyingina toʻla lingvistik tushuncha sifatida qayd etila 
boshlandi. Tilshunoslik ilmida diskurs nutq tahlilida belgilanuvchi kommunnikativ vaziyat 
tarkibidagi “nutq, matn, dialog” sifatida qaraladi. Shuningdek, lingvistik nuqtayi nazardan 
kommunikativ vaziyat doirasida qaraluvchi axborot harakati qonuniyati tarzida ham belgilanadi. 
Bunday qarashda diskurs dinamik-statik hodisa sifatida matnga qarshi qoʻyiladi. Aynan mana 
shu tushunchada diskurs ingliz tilshunoslik anʼanasi asosida qoʻllanganini koʻrishimiz mumkin. 
2. Fransuz strukturalistlari M.Fuko, A.Greymas, J.Derrid, Y.Kristevlar; keyinchalik 
M.Peshyolarning ishlarida “diskurs” publitsistik uslubga tenglashtiriladi. Bunda ular “diskurs”ni 
muayyan ijodkorning individual til-uslubi sifatida qayd etadilar va “Qanday diskurs yoki 
kimning diskursi” tushunchalari nuqtayi nazaridan qaragan holda diskurs ijtimoiy xarakter kasb 
etadi deb taʼkidlaydilar. 
3. Diskursning uchinchi maʼnoda qoʻllanishi, eng avvalo nemis faylasufi va 
jamiyatshunosi Y.Xabermas nomi bilan bogʻliq. U “diskurs”ni ijtimoiy reallikdan maksimal 
darajada chekinish ehtimoli boʻlgan va kommunikatsiya ishtirokchilari nuqtayi nazariga bogʻliq 
ravishda tanqid va muhokama qilinishi mumkin boʻlgan jarayon, hodisa sifatida belgilaydi, 
yaʼni Diskurs-muhokama tarzida. 
Yuqorida qayd etilgan makrotushunchalar (hamda ularning turlichaligi) 1970-yillarda 
fransuz diskur tahlili maktabining shakllanishiga asos boʻldi. Bu esa “diskurs” terminining 
gumanitar sohalardagi maqomi masalasini yanada murakkablashtirdi. Shuningdek, “diskurs” 
termini, zamonaviy tilshunoslikda, “tekst” terminiga yaqin ekanligi qayd etiladi, biroq u nutqiy 
muloqot jarayoniga muvofiq ravishda tus oluvchi dinamik hodisa; matn esa uning aksi, yaʼni 
nutqiy faoliyat natijasi sifatida mushohada etiluvchi statik obyekt sanaladi. Baʼzan “diskurs” bir 
vaqtning oʻzida ikki komponent (nutqiy faoliyatning sotsial kontekstiga joylangan dinamik 
jarayoni va uning mahsuli, yaʼni matn)ni oʻzida birlashtiradi. Shuningdek, diskursni “bogʻli 
nutq” sifatida tushunish holatlari ham uchraydi, bu unchalik toʻgʻri emas, chunki har qaday
matn tarkibi muayyan bogʻlovchi vositalar asosida tashkil topadi. Bizningcha, “diskur” 

Dotsent, filologiya fanlari nomzodi, Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasi 


260 
tushunchasi “dialog” tushunchasiga yaqinroq. Diskurs, har qanday kommunikativ akt sifatida 
ikki fundamental jihat – adresat va adresantdan tashkil topadi. Bunda soʻzlovchi va adresat 
diskurs ishtirokchisi sifatida (bu jarayoda gap dialog haqida ketyapti) shaxslar oʻrtasida 
navbatma-navbat taqsimlanadi. Agar diskursda bir kishining nutqi ustunlik qilsa, unday diskurs 
monolog sanaladi. Biroq monolog – bu diskurs bir kishining nutqi deb qarash u qadar toʻgʻri 
emas, chunki monologda ham adresat muhim sanaladi. Mohiyatiga koʻra esa monolog (garchi 
anʼanaviy tilshunoslikda dialog va monolog qarama-qarshi qoʻyilishiga qaramay) dialogning 
oʻziga xos koʻrinishi sanaladi. 
Umuman olganda, “matn” va “dialog” koʻplab konnotaiv xususiyatga ega degan 
anʼanaviy qarashlar bu tushunchalarning erkin qoʻllanishini chegaralaydi. Shu sabali “diskurs” 
termini tilning nutqiy vaziyatga bogʻliq ravishdagi turli qoʻllanish mahsuli sifatidagi tushunchani 
kasb etishi mazkur termin uchun ayni berilgan taʼrif sifatida belgilanadi. Diskursiv tahlilning 
ilmiy tus olishi esa soʻnggi oʻn yilliklardangina boshlandi va diskursiv tahlil muammosi 
tilshunoslik ilmining markaziy masalasi darajasiga koʻtarilmoqda. 
Zamonaviy struktur-semiotik tadqiqotlarga bagʻishlangan ishlarda ham diskurs 
tushunchasiga juda keng doirada yondashilganligini kuzatish mumkin. Yaʼni nutqiy faoliyat 
jarayonining ogʻzaki va yozma ifodasi mahsuli sifatida [Gurochkina, 2009: 2]. Diskurs 
tushunchasi ostida soʻzlovchining subyektiv, sotsiomadaniy nutqiy faoliyati nazarda tutiladi. 
Yaʼni, diskurs - bu matnning rellashish shakli. 
Bizningcha, diskurs quyidagi nutqiy faoliyat birliklari (nutqiy aktlar, ifodalar):
a) sintaktik ( yaʼni ifoda); 
b) semantik (maʼno-mazmun); 
s) pragmatik (xabar) plandan tashkil topadi. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish