Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

asosiy 
vazifalari 
keltirilgan: 
1. 
Bilish vazifasi
– madaniyat insoniyatning oʻziga xos shakldagi ma’lumotlari bazasidir. 
Zero, madaniyat jamiyatning tarixiy taraqqiyoti davomida olingan bilimlarni toʻplab, bilish, 
oʻrganish, insonni uni oʻrab turgan muhitni oʻzlashtirishi uchun maqbul imkoniyatlarni yaratadi.
2. 
Tarixiy vorisiylik vazifasi 
(yoki informasion vazifa) — ijtimoiy merosning avloddan 
avlodga oʻtishi (translyatsiyasi), ajdodlar tajribasini hisobga olish, an’analari, ularning 
qoʻllanilishi, yangi madaniy muhitga moslashuvi va sharhi. Madaniyatning bu vazifasi 
jamiyatning jamoaviy xotirasini, uning tarixiy tajribasi davomida toʻplangan xazinasini namoyon 
etadi. 
3. 
Semiotik yoki belgi
(qad.yun. 

«belgi») 
vazifa. 
Madaniyatning oʻzi belgiolar tizimidan 
iborat boʻlib, tillarni egallamay turib
 
ushbu madaniyat mazmunini anglab boʻlmaydi.
4. 
Tartibga va me’yorga soluvchi vazifa. 
Bu vazifa insonlar shaxsiy va ijtimoiy 
faoliyatining turli koʻrinishlarini belgilash (tartibga solish, boshqarish bilan bogʻliq. Madaniyat 
mehnat, maishiy hayot, shaxslararo va guruhlararo munosabat doirasida madaniyat u yoki bu 
darajada insonlar xulqiga ta’sir qiladi, ularning xatti-harakatlariga, u yoki bu moddiy yoxud 
ma’naviy qadriyatlarning tanlovini belgilab beradi. Bu vazifani bajarishda madaniyatning asosiy 
ustunlari sifatida ma’lum bir tarixiy vaziyatda aniq bir jamiyatda qabul qilingan axloq va huquq 
maydonga chiqadi.
5. 
Aksiologik vazifa
madaniyatning eng muhim sifat holatini ifoda etadi. Madaniyat 
qadriyatlar tizimi sifatida insonda ma’lum bir ehtiyojlar va yoʻllanmalarni shakllantiradi. 
Insonlarning uning darajasi va sifatiga qarab u yoki bu odamning madaniyatliligi darajasiga
baho berishadi. «Qadriyatlar tizimi madaniyatning ichki tub mohiyatini, individlar va ijtimoiy 
jamoalarning ehtiyojlari va manfaatlarining ma’naviy kvintessensiyasini shakllantiradi”. 


254 
6. 
Kommunikativ vazifa. 
Madaniyat insoniyat muloqot uchun shart-sharoitlarni va 
vositalarni shakllantiradi, tabiiy va sun’iy tillar yordamida subyektlar oʻrtasidagi belgili-
informasion oʻzaro ta’sirini ta’minlab beradi. M. Jardianning yozishicha, «kommunikatsiya va 
madaniyat bir-biriga chambarchas bogʻlangan. Madaniyat – tarixiy jihatdan yetkazib beriladigan 
qadriyatlar, ma’nolar va me’yorlar tizimi. Ramzlar va ma’nolar muyayan bir shaklda, qandaytir 
bir tartibda belgilanadi, insonlar u haqda gapiradi, oʻylaydi, his etadi, kommunikatsiya esa 
insonlarni oʻzaro birlashtiradi. 
7. 
Ijtimoiy integratsiya va birdamlik vazifasi. 
Madaniyat jamoa manfaatlari va 
ehtiyojlarini hamkorlikda qondirish, guruh birdamligi va oʻzaro tushunish, oʻzaro ta’sir 
koʻrsatish darajasini koʻtarish, barqaror jamoatchilik munosabatlarini oʻrnatish va jamoaning 
jamoaviy ijtimoiy faoliyati uchun zamin hozirlaydi.

Har bir ijtimoiy jamoada oʻz madaniyati 
shakllanadi, mazkur madaniyat uchun xos boʻlgan, bu jamoaning vakillari ongi hamda xulqini 
belgilab beradigan qarashlar, qadriyatlar, yuksak gʻoyalarning yagona tizimi bilan 
mustahkamlanadi. 
8. 
Gumanitar yoki inson yaratuvchilik vazifasi. 
Madaniyat insonning jismoniy-ma’naviy 
moyilliklari va qobiliyatlarini, uning birlamchi tabiatini mukammallashtirish, kamolga 
yetkazishni maqsad qiladi. «Kultura» soʻzi lotinchadan olingan boʻlib “erga ishlov berish va 
yerga qarash” degan ma’noni bildiradi va lotincha 
«patira» —
«birlamchi materiya», «stixiya, 
unsur» (ya’ni, oʻzgartirish, madaniylashtirish kerak boʻlgan) ma’nosini anglatuvchi tushunchaga 
qarama-qarshi qoʻyiladi. Qadimgi Rim madaniyatida «kultura» atamasi keyinchalik keng 
ma’noda – “tarbiya”, “ta’lim”, “hayot tarzi”, “taraqqiyot” shaklida sharhlana boshalndi.
Til oldin paydo boʻlganmi yoki madaniyat?
E.Sepir til madaniyatdan oldin paydo 
boʻlgan, chunki til madaniyatga nisbatan ma’no ifodalovchi vosita sanaladi, deb hisoblagan. Til 
milliy madaniyat mavjudligi va uning ifodalanishining asosiy shakli sifatida namoyon boʻladi. 
Biroq E.Sepirga koʻra, til ijtimoiy va madaniy rivojlanish mahsulidir. Til madaniyatning 
ijtimoiylashgan qismidir[Sepir, 1993 : 23].
Til va madaniyatning mushtarakligi nimada?
Birinchidan, nutq ham madaniyat ham 
konseptual tanlab olishni talab qiladi. Ikkinchidan, tillar ham, madaniyatlar ham kamdan kam 
holatlarda oʻz-oʻzicha yetarli boʻladi. Bu ikki hodisaning farqini E.Sepir shunday izohlagan: 
Jamiyatni 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish