Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

yer tagida ilon qimirlasa biladi, 
ilonning yogʻini yalagan, sichqonning ini ming tanga, tuyaning dumi yerga tekkanda, ignadek 
narsani tuyadek qilmoq, bir kesak bilan ikki qargʻani urmoq, chumoliga ham ozor bermaslik, 
kelasi qovun pishigʻida, tarvuzi qoʻltigʻidan tushmoq
va boshqalar.
Rus tilidagi iboralar tarkibida oʻrmonda oʻsadigan oʻsimliklar va hayvonlar nomi 
koʻproq uchraydi va ular orqali milliy-madaniy xususiyatlar aks ettiriladi. Masalan: 
показать 
где раки зимуют, растут как грибы после дождя, всяк кулик своэ болото хвалит, одного 
поля ягода, вот так клюква, в одной норе два барсука не уживутся, дрожит как 
осиновый лист.
Tahlilga tortilgan fransuz, oʻzbek va rus tillaridagi iboralarni til oʻrganuvchilar 
oʻzlashtirishlari orqali ularda madaniyatlararo muloqotga kirishish imkoniyatlari kengayadi, 
oʻzbek tilidagi bilim, malaka, koʻnikmalari yanada mustahkamlanadi.
Ma’lumki, til ta’limida tilning ona tili, xorijiy til, ikkinchi til, davlat tili sifatida oʻqitilishi 
oʻziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Har bir tilning davlat miqyosidagi maqomi 
uning mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy oʻrni, joʻgʻrofiy-siyosiy holati kabi qator omillardan kelib 
chiqib belgilanadi. Yurtimizda umumiy oʻrta ta’lim yetti tilda olib boriladi va ularning har biri 
uchun oʻz tili ona tili hisoblanadi. Ular oʻzbek tilini davlat tili sifatida oʻrganadi. Ta’lim rus tilida 
olib boriladigan sinf va guruhlarda esa oʻzbek tilini ikkinchi til yoki xorijiy til sifatida emas, 
balki davlat tili sifatida oʻqitish maqsadga muvofiq. Bugungi kunda olimlarimiz orasida ona tili 
va adabiyoti, oʻzbek tili terminlari oʻrniga fanning nomini, oʻquv dasturi nomini yagona “oʻzbek 
tili” deb nomlash taklifini berayotganlari ham yoʻq emas.
Yurtimizda ingliz, nemis, fransuz va boshqa chet tillaridan fan dasturlarining mazmun-
mohiyati, mavzularning mantiqiy ketma-ketligi va uzviyligini ta’minlash maqsadida 
uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standartlari Chet tilini oʻrganishning umumevropa 
kompetensiyasi CEFR ishlab chiqilib joriy etilganligi xususida yuqorida gapirdik. CEFR – 
Yevropada barcha chet tillarni oʻrganish, oʻrgatish va baholashga doir masalalarni oʻz ichiga 
oladi. Oʻzbek tilini ham Oʻzbekistonda yashayotgan boshqa millat vakillari uchun ona tili 
sifatida emas, uni davlat tili sifatida oʻrganish va oʻrgatishda chet tilini oʻrgatish 
metodologiyasidan foydalanish foydadan xoli boʻlmaydi.
Bugungi kunda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi va ta’lim vazirliklari 
tomonidan har bir sohaning tajribali mutaxassislari yordamida 21 ta fandan Konsepsiyalar ishlab 
chiqilmoqda, oʻquv dasturlari xalqaro tajribalar asosida yangilanmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimida 
maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha ta’limning barcha bosqichlarida umumta’lim fanlarining 


249 
uzviy oʻqitilishiga asosiy e’tibor qaratilgan. Ushbu fanlar qatorida ona tili va adabiyot, hamda 
oʻzbek tili fanlari ham oʻrin olgan. Maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni maktabga tayyorlov 
guruhlariga toʻliq jalb etilishini uchun, bolalarda nutq oʻstirish, tillarni oʻrganish, matematika, 
musiqa boʻyicha ilk koʻnikmalarni aynan kichik yoshdan boshlab shakllantirishga qaratilgan
maxsus dasturlar va uslubiy qoʻllanmalar yaratish yurtimizda yashovchi turli millatlar 
farzandlarining davlat tilidan lugʻaviy koʻnikmalarini mazkur bosqichdan boshlash va maktab 
ta’limida uzluksiz davom yettirilishini ta’minlash zaruratini yuzaga keltirmoqda. Bu esa oʻzbek 
tilidan kompetensiyaviy darajalar boʻyicha davlat ta’limi standartlari talablari va majburiy 
minimal ta’lim mazmunini ta’lim bosqichlari kesimida qaytadan koʻrib chiqishni taqozo etadi.
Yuqoridagi tahlillar ta’lim oluvchilarda oʻzbek tili fanidan egallangan bilimlari asosida 
amaliy nutqiy koʻnikmalarni shakllantirish, ularni bosqichma-bosqich nutqiy malakaga aylantirib 
borish hamda ushbu bilim, koʻnikma va malakalarni turli muloqot vaziyatlarida erkin qoʻllash 
layoqati – nutqiy kompetensiyani rivojlantirishga qaratiladi. Buning uchun til faoliyatining 
barcha turlari: nutq materialini tinglab tushunish, gapirish, oʻqish, yozish amallarini birga 
qoʻllagan holda darslarni tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Oʻquv dasturlarining uzviylik va uzluksizligini ta’minlash oson ish emas, u juda katta 
mehnat talab etadi, vazirlik va idoralar mutasaddilari bir yoqadan bosh chiqarib, Prezidentimiz 
oldimizga qoʻygan maqsad va vazifalar sari ildam qadam tashlashni talab etadi. Oʻquv 
dasturlarining uzviyligini ta’minlash vazifasining davomi darsliklardagi uzviylikka, 
takroriylikning oldini olishga, davlat budjetini iqtisod qilishga, farzand larimiz bir xil bilimlarni 
takroriy olishga vaqt ketkazmasligiga xizmat qiladi. 
Yuqoridagi taklif va tavsiyalar ta’lim mazmuniga singdirilsa, oʻylaymizki, Oʻzbekistonda 
yashovchi barcha millat vakillarining oʻqish va ishlash jarayonida mahalliy millat vakillari bilan 
teng munosabatda boʻlishlari, barcha sohalarda oʻzbek tilida yerkin fikr almashishlari uchun 
yanada yuqoriroq darajada zamin yaratilgan boʻlar edi. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish