160
XV – XVII asrlardagi fors tilida bitilgan turli manbalarda ijtimoiy-iqtisodiy, ma’muriy,
harbiy, madaniy-ma’rifiy terminlarning uchrashi mazkur hududlarda yashovchi turkiyzabon va
forsiyzabon xalqlarning davlat va harbiy tuzilishi, ularning turli jabhalardagi munosabatlari,
Shuningdek, Buyuk ipak yoʻlining ta’siri bilan izohlanadi. Oʻzbek va tojik tillarining oʻzaro
munosabatini ularning tarixi bilan bogʻliq holda tekshirish tilShunosligimizning dolzarb
masalalaridan biri hisoblanadi.
Turkiy va eroniy xalqlar oʻrtasidagi adabiy aloqalar, tarjimashunoslik kabi omillarning
tillarning oʻzaro ta’siri borasida tutgan rolini oʻrganish bugungi kunning dolzarb
vazifalaridandir. Chunki oʻzbek tili kontaktlarining hozirgi holatini yaxshi tuShunish uchun
mazkur masalaning tarixiga nazar tashlash kerak [Rahmonberdiyev, 1989: 11].
Fors va tojik tillarida yozilgan manbalarning oʻzbek tiliga tarjima qilinishi mazkur tillarga
oid koʻpgina soʻzlarning tilimizga kirib kelish jarayonini kuchaytirgan.
XV – XVII asrlardagi fors tilida bitilgan turli manbalarda ijtimoiy-iqtisodiy, ma’muriy,
harbiy, madaniy-ma’rifiy terminlarning uchrashi mazkur hududlarda yashovchi turkiyzabon va
forsiyzabon xalqlarning davlat va harbiy tuzilishi, ularning turli jabhalardagi munosabatlari bilan
izohlanadi. Oʻzbek va tojik tillarining oʻzaro munosabatini ularning tarixi bilan bogʻliq holda
tekshirish tilshunosligimizning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Umuman, XVI asr boshlari eski oʻzbek adabiy tili holatini oʻzida toʻliq mujassam etgan
muhim manbalardan biri Sharafiddin Ali Yazdiy qalamiga mansub «Zafarnoma» asarining
oʻzbek tilidagi tarjimasidagi eroniy tillarga oid oʻzlashmalarni tadqiq qilishbu fikrlarimizni
dalillaydi.
“Zafarnoma” dagi oʻz qatlamga mansub soʻzlarning aksariyati oʻzbek tilining oldingi
taraqqiyot bosqichlarida ham qoʻllanadigan leksemalardan iborat. Shuningdek, asar tilida
qoʻllangan turkiy soʻzlarning oldingi yaratilgan manbalar tilida uchramaydigan ma’nolari, soʻz
yasalish jarayonlari turkiy soʻzlarning miqdorining oshishiga va ma’no taraqqiyotiga katta hissa
qoʻshgan.
Eroniy qatlamga mansub soʻzlarning hozirgi oʻzbek adabiy tilida faol ishlatiladi. Shu bilan
birga ayrim soʻzlarning asarda anglatgan ma’nolari hozirgi oʻzbek adabiy tilida anglatgan
ma’nolaridan farq qiladi. “Zafarnoma” asari fors-tojik tilidan oʻzbekchaga oʻgirilganini hisobga
olganimizda ham turkiy soʻzlarga fors-tojikcha soʻzlarning sinonim boʻlib kelgan holatlarni koʻp
uchratamiz.
XV – XVII asrlardagi fors tilida bitilgan turli manbalarda ijtimoiy-iqtisodiy, ma’muriy,
harbiy, madaniy-ma’rifiy terminlarning uchrashi mazkur hududlarda yashovchi turkiyzabon va
forsiyzabon xalqlarning davlat va harbiy tuzilishi, ularning turli jabhalardagi munosabatlari bilan
izohlanadi. Eroniy qatlamga mansub soʻzlar ichida substrat sifatida qarashga mumkin boʻlganlari
ham uchraydi.
Arab lugʻaviy qatlamiga mansub koʻpchilik soʻzlar ham asar tilida koʻp ishlatilgan. Asar
tilidagi arab soʻzlari oʻzbek tilidagi umumxalq elementlarini ma’lum darajada kuchaytirgan.
Bunday soʻzlar oʻzbek tili tarkibida katta oʻrin tutibgina qolmasdan, ba’zilari oʻz shakllarini
saqlab qolgan holda, mahalliy dialektlar ta’siriga uchragan holda qoʻllangan.
Do'stlaringiz bilan baham: