usta, suvchi, sozanda, jibachi
,
choʻpon
kabi.
Olmoshlar:
u, Shul, ul, bari, barcha, oʻz, men, sen, biz, siz
kabi.
Atoqli otlar:
Temurbek, Poʻlod Oʻgʻlon, Oy, Tangri
kabi.
“Zafarnoma” leksikasida qoʻllangan umumturkiy soʻzlar turli davrlarga oid turkiy yozma
manbalar tilida, shuningdek, boshqa turkiy tillarda aynan yoki turli fonetik farqlar bilan, ma’no
evrilishlari bilan ishlatilganini kuzatish mumkin.
“Zafarnoma” leksikasidagi oʻz qatlamga oid soʻzlarni asar yaratilgan davrdan oldingi davr
manbalari leksikasi va hozirgi oʻzbek tili leksikasiga qiyoslab oʻrganish lozim. Shunday
qilinsagina asar tarjimasi yaratilgan davr leksikasi haqida aniq tasavvur hosil qilinadi. Ayniqsa,
asar leksikasini hozirgi oʻzbek adabiy tili va shevalar leksikasiga nisbatan taqqoslash jarayonida
juda koʻp soʻzlar tarkibida roʻy bergan fonetik, leksik, oʻzgarishlarni aniqlash imkonini beradi.
“Zafarnoma”dagi oʻz qatlamga oid soʻzlarning hozirgi oʻzbek tilidagi qoʻllanishini
quyidagi qonuniyatlar asosida belgilash mumkin:
1.
Asar tilida qoʻllangan soʻzlar hozirgi oʻzbek adabiy tilida ham oʻsha shakl va oʻsha ma’noda
ishlatiladi.
2.
Asar tilida qoʻllangan soʻzlar hozirgi oʻzbek adabiy tili va shevalarida turli fonetiik shakllarda
qoʻllaniladi.
3.
Asar tilida ishlatilgan soʻzlar hozirgi oʻzbek tilida qoʻllanilmaydi.
158
4.
Asar tilidagi ayrim soʻzlar hozirgi oʻzbek tilida ma’no kengayishi yoki torayishiga uchragan
holda ishlatiladi.
Biror soʻzning ikki yoki undan ortiq turkiy tilda uchragani bu leksemaning ularning
birortasidan ikkinchisiga qabul qilinganini koʻrsatmaydi. Bunday umumiylikning sababi turkiy
tillarning asli bir manbaga, bir genetik asosga aloqador ekanligi, ularning lugʻat fondi qadimda
yagona manbaga taalluqli boʻlganini koʻrsatadi.
Demak, umumturkiy leksikasining mushtarakligi tarixiy-genetik umumiylikdir. Shunisi
ham borki, soʻzning umumiy mulklik belgisi turkiy leksika uchun yagona va asosiy mezon boʻla
olmaydi. Chunki bunday mushtarik soʻz oʻzlashgan element boʻlishi ham mumkin.
Ma’lumki, har bir til lugʻat tarkibining boyishining ichki manbalar orqali amalga oshadi.
Shuning uchun oʻz qatlamga oid soʻzlar manbalar tilida etakchilik qiladi. Lekin dunyoda hech
bir til yoʻqki, boshqa tillardan soʻz oʻzlashtirilmagan boʻlsa.
Oʻzbek tili lugʻat tarkibining taxminan yarmini turkiy soʻzlar tashkil qilgani holda, qolgan
qismini eroniy, arab, moʻgʻul tilidan, keyingi yuz yil davomida esa rus tilidan va rus til orqali
Gʻarbiy Yevropa tillaridan kirgan soʻzlar, oz miqdorda boʻlsa ham, hind, urdu pushtu, xitoy va
boshqa tillardan kirgan soʻzlar tashkil qiladi [Usmonov, 1968: 108]. “Zafarnoma” leksikasida
ham arab, fors, moʻgʻul, xitoy, fransuz, tohar, hind, sanskrit va yunon tillariga oid soʻzlar
uchraydi. Ayniqsa, arabcha va forscha oʻzlashmalar asarda katta oʻrin egallaydi.
Tadqiqotchi Aysha Kik “Zafarnoma” tilida 5201 ta turkiy qatlamga oid, 3077 ta arabcha,
1211 ta forscha, 32 ta moʻgʻulcha, 10 ta yunoncha, 4 ta xitoycha, 3 ta fransuzcha, 2 ta
sanskritcha, 1 ta toharcha soʻzlar ishlatilganini ta’kidlaydi.
3077 soʻzning arabcha boʻlishi asar soʻz boyligiga nisbatan oʻttiz foizdan ortiqni tashkil
qiladi. Hozirgi oʻzbek tilida esa arabcha soʻzlar lugʻat tarkibining taxminan 13 foizda 20
foizgacha boʻlgan miqdorini tashkil qiladi[Usmonov, 1968: 123].
XIV-XV eski oʻzbek tilida arab tili leksikasi sezilarli qatlamni tashkil etadi [Borovkov,
1961:42-43]. Shu bois, Navoiy asarlari tili ma’lum tarixiy sabablar natijasida arab va fors-tojik
tillaridan olingan soʻz va iboralar har qachongidan ham koʻp. SHoir poetik va ilmiy asarlari
tilidagi soʻz boyligining tahminan 30-33 foizini arab tilidan kirgan soʻzlar tashkil qiladi, fors-
tojik leksik unsurlari ham 18-20 foizgacha boradi [Abdushukurov, 2015: 73].
Koʻrinib turibdiki, Navoiy zamonasida, 1424-1524-yillarda fors tilida yaratilgan
“Zafarnoma” asarining 1519 yildagi eski oʻzbek tiliga tarjimasi tilidagi arabcha soʻzlar miqdori
ham Navoiy asarlari tilida Shu tilga oid soʻzlarning qoʻllanish foizi bir-biriga mos keladi.
Arabcha soʻzlar tilimizga VII-VIII asrlardan boshlab kirdi, deb hisoblash mumkin: bu
arablarning Shu davrda Oʻrta Osiyoni zabt etishlari bilan bogʻlanadi [Usmonov,1968: 121]. Agar
tojik soʻzlari oʻzbek tiliga soʻzlashuv tili orqali, adabiyot orqali va boshqa yoʻllar bilan kirgan
boʻlsa, arab soʻzlari birinchidan kitob, madrasa, din orqali, ikkinchidan tojik tili orqali kirgan
[Usmonov,1968: 123].
VII-IX asrlardayoq soʻzlarning qachonlardir Arabistonda qoʻllangan ma’nolaridan boshqa
ma’nolarda qoʻllanishi tez-tez uchraydigan boʻlib qoldi. Oʻzbek tiliga kirib qolgan arabcha
soʻzlar oʻzbek tili sharoitida semantik oʻzgarishlarga uchramasligi, ayniqsa, mumkin emas edi
[Usmonov,1968: 122]. Arab va oʻzbek tillari boshqa til oilasiga mansubligi, ularning biri flektiv
ikkinchisi agglyutinativ til boʻlgani sababli arab tilidan bizning tilimizga turli davrlarda
oʻzlashgan soʻzlar oʻzbek tilining fonetik qonuniyatlari ma’lum darajada moslashdi, ularning
imlosida unchalik oʻzgarish boʻlmasa ham, talaffuzi va qoʻllanishida eski oʻzbek tilining
tabiatiga mos ravishda lisoniy jarayonlar sodir boʻla boshlagan. Bundan tashqari VII-VIII
asrlardan bizning tilimizga oʻzlashgan arabcha soʻzlarning aksariyatining ma’nosi hozirgi arab
tilidagi ma’nolaridan farq qiladi yoki qoʻllanmaydi. Chunki oʻsha davr arab tili hozirgi arab tili
uchun oʻlik til hisoblanadi[Usmonov,1968: 121]. Asli arabcha soʻzlar “Zafarnoma” tarjima
qilingan davrda V-VI asrlik umrga ega boʻlgan, garchi kelib chiqishi arabcha boʻlsa-da, oʻz
qatlamga oid soʻzlar kabi leksik-semantik oʻzgarishlarni oʻzida aks ettirgan. Umuman, arab
159
lugʻaviy birliklari, birikmalarining turkiy tillar, xuchusan, oʻzbek tiliga oʻzlashish jarayonlari
haqida bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilgan.
Mutaxassislar ta’kidlaganlaridek, XVI asr boshida Movarounnahr ijtimoiy, siyosiy,
madaniy hayotida jiddiy oʻzgarishlar, buhronlar, talotumlar yuz berdi. Temuriylar davlati kuch-
qudratining oʻzaro urushlar bois zaiflaShuvi, koʻchmanchi oʻzbeklarning Movarounnahrni oʻz
tasarrufiga kiritishi, SHayboniylar davlatining XVI asr oxirida oʻzaro feodal kurash oqibatida
siyosiy sahnasidan ketishi, feodal tarqoqlikning kuchayishi negizida XVI-XVIII asrlarda Xorazm
xonligi, Buxoro amirligi va Qoʻqon xonligining tashkil topishi bilan bogʻliq jarayonlar oʻzbek
adabiy tili tovush tizimi, soʻz yasalishi, gap qurilishiga biron bir jiddiy yangilik kiritmasa-da,
lekin uning leksik-semantik sathiga sezilarli ta’sir oʻtkazdi [Dadaboyev, Hamidov, Xolmonova,
2007: 117].
XVI asr birinchi yarmi oʻzbek adabiy tili leksikasiga nazar tashlash, uni har tomonlama
tahlil va tasnif qilish soʻz boyligi tizimida XIV asr ikkinchi yarmi, ayniqsa, XV asrga xos
leksemalarning deyarli saqlanib qolganini koʻrsatadi. Shu bilan birga har bir tilning leksik
tarkibida hayotdagi ijtimoiy oʻzgarishlar oqibatida yuz beruvchi jarayonlarning qayd etilgan eski
oʻzbek tili leksikasi uchun ham mustasno emasligini urugʻlash zarur [Dadaboyev, Hamidov,
Xolmonova, 2007: 119]. Albatta bu oʻzgarishlar arabcha soʻzlar semantikasida ham sodir
boʻlgaginini ham e’tibordan chetda qoldirmasligimiz ma’qul.
Oʻzbek tiliga bir qancha arab va fors soʻzlari kirib, ular ham oʻzbek tilidagi umumxalq
elementlarini ma’lum darajada kuchaytirdi. Bunday soʻzlar oʻzbek tili tarkibida katta oʻrin
tutibgina qolmasdan, oʻz shakllarini saqlab qolgan holda, mahalliy dialektlar ta’siriga ham
uchraydi [Asqarov, 2015: 445].
“Zafarnoma” leksikasida
takalluf
soʻzi, “hurmat-ehtirom”, “mulozamat” ma’nolarini
ifodalaydi [Oʻzbek tilidagi arabcha va forscha soʻzlar lugʻati, 1996: 46]:
...
Do'stlaringiz bilan baham: |