Tili va adabiyoti universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. Уч томлик. II том. –Т.: ЎзФА, 1960. – 
Б. 389. 
2.
Шипова Е.Н. Словарь тюркизмов в русском языке. Алма-Ата, Наука, 1976. – 
Б.323. 
3.
Маҳмуд ибн Ҳусайн Кошғарий. Туркий сўзлар девони (Девону луғоти-т-турк). 1-
жилд, Т.: Мумтоз сўз, 2013. – Б.212. 
4.
Навоий асарлари луғати. –Т.: Ғ.Ғулом, 1972.– Б. 652. 
5.
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 жилдли. 4-жилд. -Т.: Фан, 
1989.– Б. 22. 
6.
Дадабоев. Ҳ. “Девону луғатит турк”нинг тил хусусиятлари. –Т.: ТДШИ, 2017, –
Б.79. 
 
Ikki tillilik va Navoiyning boshqa tillarga munosabati 
Bilingualism and navoi’s attitude to other languages 
Yusufov Berdak
 

 
 
 
Annotation
: In this article, Navoi's approach to other languages, more precisely Persian 
and Arabic were analyzed. The reason for the frequent use of Arabic and Persian words, the 
problems of bilingualism at that time and its impact on the Uzbek language are also discussed. 
Key words
: history of language, turkology, Navoi language, bilingualism, arabic 
Oʻtmishda turkiy tillar, jumladan, oʻzbek tili boshqa til oilasiga kiruvchi tillar bilan yaqin 
aloqada boʻlgan. Ayniqsa, fors va arab tillari tilimiz tarixida sezilarli iz qoldirgan. Arab va fors 
tillarining oʻzbek tiliga ta’sirini oʻrganish dolzarb masalalardan biridir. Bu haqda akademik 
N.Karimov shunday yozadi: “Oʻzbek tilining hanuzgacha oʻrganilmay kelinayotgan 
masalalaridan biri, bir tomondan, arab va fors tillarining, ikkinchi tomondan lahja va 
shevalarning oʻzbek adabiy tilining shakllanishidagi roli va oʻrni boʻlsa, ikkinchisi oʻzbek 
(turkiy) tilining rus va boshqa tillarga koʻrsatgan ta’siri masalasidir”. [ Karimov, 2019]. 
Turkiy va fors tillarining oʻzaro munosabatlari uzoq tarixga borib taqaladi. Yirik 
turkolog K.M.Musayev bu haqda shunday yozadi: “Turk va fors-tojiklarning til munosabatlari 
bundan bir necha ming yilliklar oldin boshlangan”.[ Musaev, 1989: 26]. 
Qadimda Oʻrta Osiyoda yashagan soʻgʻdlar, saklar, massagetlar tillari eroniy tillar 
guruhiga kirgan. Baqtriyaliklar, parfiyanlar, parikaniylar, xorazmiylar kabi xalqlarning, turkiy va 
forsiy xalqlarning bir mintaqada, bir hududda yashaganliklari ular tillarining bir-biriga ta’sir 
qilishlariga sabab boʻlgan. 
VIII asrda Oʻrta Osiyo arablar tomonidan bosib olingan. Ana oʻshandan to IX asrgacha, 
ya’ni somoniylar davrigacha arab tili hukmron til, davlat tili edi. Davlat ishlari shu tilda olib 
borilgan. Somoniylar davrida arab tilini tojik tili sekin-asta siqib chiqara boshlaydi. Arab tili 
uzoq asrlar davomida din tili, fan tili sifatida saqlanib qoladi. 

O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi; berdakyusuf@bk.ru 


152 
Qoraxoniylar, saljuqiylar va gʻaznaviylar davrida Oʻrta Osiyoda turkiy xalqlar soni 
boshqa xalqlarga nisbatan koʻpchilikni tashkil etadi, shuning natijasida bu hududda til vaziyati 
ham turkiylar foydasiga hal boʻladi. 
Begona tillardan soʻz olishda ham ogʻzaki nutq, ham yozma nutq muhim rol oʻynagan. 
Masalan, tojik tilidan soʻz oʻzlashtirishda ogʻzaki nutq koʻproq rol oʻynagan, chunki oʻzbek va 
tojiklar oʻtmishda bir-biri bilan bir shahar yo qishloqda, umuman yaqin hududlarda yashashgan. 
M.Koshgʻariy bu haqda shunday yozadi: “Balasogʻunliklar soʻgʻdcha va turkcha soʻzlaydilar, 
Tiraz va Madinatulbayzo shaharlarining xalqlari soʻgʻdcha, ham turkcha soʻzlaydilar”, -deydi. [ 
Qoshgʻariy, 1960: 66]. 
Tilimizga fors tilidan ham ogʻzaki, ham yozma nutq orqali soʻz oʻzlashgan. 
Movarounnahr va Xurosonda oʻzbek(turk) va fors-tojik xalqlarining birga va bir-biriga 
yaqin yashashlari natijasida zullisonaynlik, ya’ni ikki tillilik yuzaga keladi. 
Movarounnahr va Xurosonda oʻzbek va tojik xalqlarining bir-biri bilan bordi-keldisi, 
oʻzaro aloqalari, qoʻshnichilik munosabatlari yaxshi boʻlgan. Bu haqda A.Navoiy shunday 
yozadi: “Bu ikki toifaning yigiti va qarisi, balki uluqdan kichik borisi orasida ixtilot 
alassaviyadur.Har miqdorki, bu birining ul biri bila omizish va guftuguzori bor, ul birning ham 
bu bir bila takallumi guftori bor”,-deydi.[ Navoiy, 2000: 11-12]. 
Turklar (oʻzbeklar)ning hammasi fors tilini bilishi, hatto u tilda she’rlar yoza olishini
shunday ifodalaydi: “Ammo turkning ulugʻdan kichigiga deguncha va navkardin begiga 
degincha sort tilidan bahramanddurlar, andogʻkim oʻz xurd ahvoligʻa koʻra ayta olurlar, balki 
ba’zi fasohat va balogʻat bila ham takallum qilurlar. Hatto turk shuarosikim forsiy til bila rangin 
ash’or va shirin guftor zohir qilurlar”. [ Navoiy, 2000:12]. 
Lekin bu ikki tillilik sharoitida har ikki xalq vakillari bir-birining tillarini baravar 
bilmasliklarini, sortlar(forslar) oʻzbek tilida soʻzlasha olmasliklarini shunday qayd etadi: “Ammo 
sort ulusining arzolidin ashrofigʻacha va omiysidin donishmandigʻacha hech qaysi turk tili bila
takallum qila olmaslar va takalum qilgʻonning ma’nisin ham bilmaslar”,-deydi. [ Navoiy, 2000: 
12]. 
Demak, oʻzbeklar ikki tilli, forslar ikki tilli emas. Navoiy oʻzining “ Majolisun-nafois” 
asarida 459 ta (bu asarning turkcha nashrida 461 ta) shoir haqida ma’lumot beradi va ulardan 
faqat oʻn oltitasi oʻzbek tilida yozishini qayd etadi. Qolganlarining hammasi fors tilida ijod 
qilishini yozadi. 
Navoiy oʻzinig “Muhokamatul-lugʻatayn” asarida arab, fors, hind va turkiy tillarga oʻz 
munosabatini bildiradi. Masalan, u arab tili haqida shunday yozadi: “Barchasidin arab tili fasohat 
oyini bila mumtoz va balogʻattazyini bila moʻ‘jizatirozdurkim, hech takallum ahlining munda 
da’vosi yoʻqtur va soʻzi sidq va ishi taslim-oʻqdurkim, malikun allomun jalla va aloning kalomi 
moʻ‘jiznizomi ul til bila nozil va Rasul alayhis-salavotu vasallamning ahodisi saodat anjomi ul 
lafz bila vorid boʻlubdur” .[ Navoiy, 2000: 9]. Navoiy bu erda Qur’on arab tilida nozil 
boʻlganligi va paygʻambar alayhissalomning hadislari ham u til bilan aytilganligini yozmoqda. 
Arab tili barcha tillardan mumtoz ekanligi, bunda hech kimning da’vosi yoʻqligini 
ta’kidlamoqda. 
Navoiy “Muhokamatul-lugʻatayn”da turkiy tilning fors tilidan koʻp jihatdan ustunligini 
isbotlagandan soʻng shunday yozadi: “Bu soʻzlardin xatm mundoq bilmasun va muddaiy bu
nav’ gumon qilmasunki, mening ta’bim turk alfozigʻa muloyim tushgan uchun, ta’rifida 
mubolagʻa izhor qilurmen va forsiy iboratqa munosabatim ozroq uchun inkor va naf’yigʻa isror 
koʻrguzurmenkim, forsiy alfoz istifosin va ul iborat istiqsosin kishi mendin koʻprak qilmaydur 
erkin va saloh va fasodin mendin yaxshirok bilmaydur erkinkim...”.[Navoiy, 2000: 24]. 
XV asrda Oʻrta Osiyodagi ikki tillilik haqidagi E.N.Najipning fikri haqiqatga unchalik 
toʻgʻri kelmasligini aytish joiz. U yozadi: “Ikki tillilik turkiylar orasida ham va tojiklar orasida 
ham, ma’lumotsiz va ma’lumotli kishilar orasida ham oddiy bir hol boʻlib qoladi. Masalan, turk 
tilli XV asr shoirlari Lutfiy va Navoiy ikki tilli edi, ular fors tili va turkiy tilda ijod qilganlar”. 


153 
Ikki tillilik turkiylar va forslar orasida birday oddiy bir holga aylanib qolmagan. XV asrda fors-
tojik shoirlaridan hech kim oʻzbek (turkiy) tilida Navoiy va Lutfiy forscha yozganday yozmagan. 
Shuningdek, Sh.Shoabdurahmonovning ”Ikkala tilning bir-biriga ta’siri masalasida hal qiluvchi 
omil ularning asrlar davomidagi madaniy aloqalar munosabatidagi oʻzaro zarurat sanaladi”, deb 
yozishi unchalik toʻgʻri emas. [Shoabdurahmonov, 1962: 222]. Agar oʻzaro ta’sir, deganda ikki 
tilning bir-biriga teng, bir xil ta’siri, deb tushuniladigan boʻlsa, u holda yuqorida aytilganidek, 
tarixda bunday boʻlmagani, bir tilning ikkinchi tilga koʻp, kuchli ta’sir qilganini koʻrish mumkin. 
Demak, zarurat har ikki tomonda boʻlmagan, faqat bir tomonda, ya’ni turkiylarda boʻlgan. 
Forscha-turkiycha ikki tillilik ancha oldin boshlangan. Navoiy davrida u rivojlangan. Bu 
jarayon to XX asr boshlarigacha davom etgan. Bunga misol sifatida har ikki tilda ijod etgan 
S.Ayniy va A.Fitrat kabi adiblarni koʻrsatish mumkin. 
Arab va fors tillarining ta’siri, ulardan soʻz oʻzlashtirish miqyosi hamma davrda bir xil 
boʻlmagan. Masalan, turkiy xalqlarning mushtarak obidasi “Oʻrxun-Enasoy” yodgorliklarida 
arabcha soʻzlar uchramaydi. [Abdurahmonov Gʻ., Rustamov A, 1981: 80] 
Ikki tillilik sharoitida esa, ayniqsa, XV-XVI asrlarda mumtoz adiblarimiz asarlarida 
arabcha va forscha unsurlar koʻpaygandan koʻpaygan. Bunga misol sifatida Navoiy asarlaridan 
dalillar keltiramiz. 
Navoiy asarlarida shunday jumlalar borki,ularda faqat Fe’llargina oʻzbekcha, xolos. 
Masalan, “Jahon mazra’ida jamiyat donalarin ekti, chun salim gavhari koni maoniy erdi va 
mustaqim zehni mavridi fayzi subhoniy, kalom ahligʻa tarfiya va ibtihojlar va kalom xayligʻa 
ravnaq va rivojlar dast berdi”. [Muhakamat Al-Lughatain, 1966: 35]. Quyidagi baytdagi bitta 
soʻz oʻzbekcha, qolganlari forscha, ikkinchi baytda esa bitta soʻz oʻzbekcha, qolganlari arabcha. 
Osuda charandavu paranda, 
Uyquda gazandavu daranda. (“Layli va Majnun” IX-247) 
“Muhokamat ul-lugʻatayn”dan olingan quyidagi yigirma toʻrtta soʻzdan iborat uzun
jumla faqat arabcha va forscha unsurlardan iborat: “Va sulton us-salotinki, mazhari lutfi ilohiy 
va mazhari anvori haqoyiqi nomutanohiydur va farxunda zamiri ulum gavharining daryosi va 
xujasta xotiri xoksor bandalar zotining kimiyosidur.”Muhokamatul-lugʻatayn”, XVI-34). 
Navoiyda birinchi misrasi arabcha boʻlgan baytlar ham uchrab turadi: 
Ashraqat min aksi shamsil ka’si anvorul-hudo, 
Yor aksin mayda koʻr, deb jomdin chiqti sado.
(“Badoyi’ ul-bidoya”,I-29) 
Bihamdik fathi abvobil-maoniy, 
Nasib et koʻngluma fath oʻlmaq ani.
(Alı-şır Nevauı. FerhadU Şırın,Ankara,1994,s.77.) 
Navoiyning she’riy asarlarida butun bir bayt toʻliq forscha yoki arabchadir: 
Diloromu Diloroyu Diloso, 
Gulandomu Sumanboʻyu Sumanso. (“Farhod va Shirin”,VIII-272) 
Bosirau somiau lomisa, 
Zoyiqau shomma bila xomisa. (“Hayrat ul-abror, VII-94) 
Arabcha, forscha soʻzlar XI asr yodgorligi boʻlgan “Qutadgʻu bilig”da qoʻllana 
boshlagan. Bu davrda turkiy tilga arab va fors tillarining ta’siri ham kuchli emas edi. 
M.Koshgʻariy oʻsha davrdagi turkiy tilga arab tili bilan bellasha oladigan til sifatida qaraydi. Bu 
haqda u shunday yozadi: “Bu tartib arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib oʻzib 
borayotgan turk tilini toʻliqroq yoritish jihatidan ham yaxshi edi”. [Koshgʻariy, 1960: 46]. 
XIII asrdan boshlab turkiy tillarda arabcha-forscha soʻzlar asta-sekinlik bilan koʻpaya 
borgan. Masalan, arabcha, forscha soʻzlar “Qutadgʻu bilig”da nisbatan taxminan XII asrda 


154 
yaratilgan “Hibatul-haqoyiq”da koʻproq qoʻllangan. Shu tariqa yozma yodgorliklarimizda asta-
sekinlik bilan arabcha, forscha leksik birliklar koʻpaygandan koʻpayib borgan. 
Temuriylar davrida eski oʻzbek tilidagi adabiyot rivojlandi.XV-XVI asrlarda, ayniqsa, 
Navoiy asarlarida bu jarayon oʻzining kulminatsion nuqtasiga etgan. Bu davrni, aniqrogʻi XV 
asrning ikkinchi yarmini V.V.Bartold “turk she’riyatining gullagan davri” deydi. [Bartold, 1963: 
162]. Xuddi mana shu davrda Alisher Navoiy yashab ijod etdi. SHoir tilini tadqiq etgan olimlar 
uning asarlarida arabcha va forscha soʻzlar koʻp qoʻllanganligini qayd etishgan. G.Blagova: “Bu 
davr chigʻatoy tili uchun arabizmlarning yuqori darajada koʻp ekanligi xosdir(ayniqsa Navoiyda, 
u arab grammatik elementlarini ham keng qoʻllagan)”. [Blagova, 1997: 149-150]. Ushbu olima 
boshqa bir asarida shunday yozadi: “Navoiy leksikonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻi 
arabcha va forscha oʻzlashmalardan iborat”. [Blagova, 1986: 50]. 
F.Abdullayev esa Navoiyda arabcha va forscha soʻzlarning aniq miqdorini keltiradi: 
“Alisher Navoiy asarlari tilida ma’lum tarixiy sabablar natijasida arab va fors-tojik tillaridan 
olingan soʻz va iboralar har qachongidan ham koʻp edi. Ayniqsa, shoirning poetik va ilmiy 
asarlari tilidagi soʻz boyligining taxminan 30-33 protsentini arab tilidan kirgan soʻzlar tashkil 
qiladi, fors-tojik leksik elementlari ham 18-20 protsentgacha boradi”. [Abdullaev, 1968: 254]. 
B.Bafoevning yozishicha, Navoiyda “qaydlangan soʻzlarning 35,7 protsentini umumturkiy, 
64,59 protsentini oʻzlashtirilgan soʻzlar tashkil etadi”. Oʻzlashtirilgan soʻzlarning 30,62 foizi 
arabcha, 21,08 foizi forscha ekanligini ta’kidlaydi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yuqorida keltirilgan Navoiy asarlari tilida arab va fors-
tojik tillaridan olingan soʻzlarning soni taxminiydir, chunki bu ma’lumotlar Alisher Navoiyning 
oʻn besh jildli asarlari asosidadir. Ma’lumki, shoirning oʻn besh jildli asarlari toʻliq emas. 
Navoiyning yigirma jildli toʻliq asarlari 1987-2003 yillarda nashr etilgan. Qolaversa, koʻpchilik 
tadqiqotchilar boshqalar bergan ma’lumotlarga tayanib, oldingi eski taxminiy ma’lumotlarni 
e’lon qilishgan. Ba’zi olimlar “Navoiy asarlari leksikasida arabcha va forscha-tojikcha soʻzlar 
koʻpchilikni tashkil qiladi,” qabilida noaniq gaplar bilan cheklanilgan. [Bafoev, 1981: 
120].Bundan tashqari, Navoiy asarlari tilidagi arabcha, forscha-tojikcha soʻzlarni qaysi prinsip 
asosida sanashgani noma’lum, Masalan, arabcha, fors-tojikcha soʻzlarga oʻzbekcha soʻz 
yasovchi qoʻshimchalar qoʻshib soʻz yasalgan 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish