526
-soʻzlarning asl va koʻchma ma’nosini tushunib olishdagi qiyinchiliklar;
-gap boʻlaklarni aniqlashda, aniqrogʻi, tarkibi oʻzgartirilgan gaplarni tahlil qilishdagi
chalkashliklar;
- badiiy adabiyotni kam mutolaa qilishi va hokazolar.
Yuqorida tilga olib oʻtilgan kamchiliklarning negizi, albatta, kitobxonlikka borib taqaladi.
Badiiy adabiyot mutolaasi ona tili va adabiyot darslaridagi a’lo bahoni ta’minlabgina qolmay,
oʻquvchi-yoshlar uchun kelgusida kattagina hayot maktabi va yoʻllarini yoritguvchi mayoq
vazifasini oʻtaydi. Zero, yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “Bugungi
bolalar ertaga butun xalqqa aylanadi. Yoshlarni kitobga qaytarishimiz kerak. Yoshlarning kitob
oʻqishga boʻlgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan doʻst boʻlishiga, kitobxonlik
saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim boʻladi”. Bu esa oʻz navbatida, har
bir ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi zimmasiga yuksak mas’uliyat yuklaydi. Buning uchun
ona tili va adabiyot darslarida yangi axborot va ilgʻor pedagogik texnologiyalaridan foydalanib
oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqlarini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini oshirishni
maqsad qilib qoʻygan har bir oʻqituvchi quyidagi ishlarni amalga oshirishi maqsadga
muvofiqdir:
dars boshida oʻquvchilarni yangi nashr etilgan adabiyotlar bilan tanishtirib borish hamda
mutolaa daqiqasini tashkil etish;
oʻquvchilarni koʻproq badiiy asar oʻqishga jalb etish;
oʻquvchilarga qoʻshimcha adabiyotlardan yangi ma’lumotlar berish;
ona tili darslarida har bir mavzu haqida yanada kengroq ma’lumot berish;
badiiy asar qahramonlarining nutqini yod olish;
darslikdagi topshiriqlar bilan cheklanmaslik;
darslikda berilgan parchalarning toʻliq matnini oʻqib kelishni buyurish;
mumtoz asarlar lugʻati bilan ishlash;
aruz vazni tahliliga e’tibor qaratish;
darslarda va darsdan tashqari toʻgaraklarda, uy vazifalarini bajarishda imlo lugʻatidan
keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish;
dars davomida turli mavzudagi matnlardan foydalanish: badiiy asarlar va she`rlardan
foydalanib oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqini rivojlantirish;
oʻquvchilarda mustaqil ijodiy fikrni shakllantirish, olgan bilimini hayot bilan bogʻlay
olish, kasb-hunarga qiziqtirish, iqtisodiy, huquqiy, ekologik madaniyat kabi koʻnikmalarni
rivojlantirish;
oʻquvchilarda ilmiy dunyoqarash, estetik did, insonparvarlik va boshqa bir qator xislatlarni
mujassamlashtirish va hokazo.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, oʻqitish samaradorligini oshirish uchun ona tili dasturiga mos
keladigan, oʻquvchilarga moʻljallangan izohli, sinonim, zid ma’noli, shakldosh, eskirgan,
uyadosh soʻzlar, qoʻshma soʻzlar, paronim, dubletlar, imlo, oʻzlashgan soʻzlar kabi oʻnlab
lugʻatlarga ehtiyoj sezilmoqda. Chunki soʻz ma’nosini farqlash jarayonida, ijodiy ishlar yozishda
bunday qoʻllanmalar oʻquvchi tafakkuri uchun ma’naviy ozuqa vazifasini oʻtaydi. Shundagina
oʻquvchilarning ona tili fani boʻyicha oʻzlashtirgan bilimlari mustahkamlanadi, imloviy
savodxonligi ortadi, hozirjavoblik qobiliyati rivojlanadi, fikrini qisqa va loʻnda ifodalash
qobiliyati shakllanadi.
Har bir ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi yuqorida tilga olingan muammolar ustida
bosh qotirib, turli yechimlar oʻylab topib, samaradorlikka erishsa, ma’naviyatli, mantiqiy fikrlash
qobiliyatiga ega, badiiy asarni mustaqil ravishda muhokama qila oladigan, oʻz fikrini nutq
sharoitiga mos ravishda ogʻzaki va yozma shakllarda mustaqil bayon etadigan, nutqi ravon, har
jihatdan yetuk va barkamol shaxsni kamol toptirish uchun oʻz hissasini qoʻshgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: