Tili va adabiyoti universiteti



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet435/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

1-2-sinflar uchun 
“Mening oilam”, “Navbatda turishni bilasizmi?”, “Foydali 
sabzavotlar”, “Oy Yerdan kattami?” “Jamoat transportlari”. 
3-4-sinflar uchun 
“Soʻzni topib ishlating”, “Oʻzim xarid qilaman”, “Qizil kitob”, 
“Immunitetim – qalqonim”, “Til bilganga ming tanga”, 
“Matematika – fanlar otasi” “Jamgʻarma pullarim”, “Ism qanday 
qoʻyiladi?”. 
5-6-7-sinflar uchun
“Soʻzdan soʻzning farqi bor”, “Nega bunday nomlanadi?”, 
“Dasturchilik qanday kasb?”, “Quyosh tizimida nechta sayyora 
bor?”, “Huquqshunos – huquq posboni”, “Mening birinchi biznes 
loyiham”, “Nobel mukofoti”, “Bahslashganda hurmat qil”, 
“Oʻzbekchasi bor-ku?!”, “Sayyohlarga gidlik qilsam-chi?” 
Yuqori sinflar uchun
“Oqsaroyga bitilgan hikmat”, “GMO: siz qarshimisiz?”, “Turizm 


521 
– iqtisodimiz tayanchi”, “Qachon men ham saylayman?”, “Mening 
blog postlarim”, “Moliyaviy piramida”, “Qimmatli qogʻozlar”, 
“Muqobil energiya”, “Maktab gazetasining muharriri”, “Diqqat, 
korrupsiya!”, 
“Nanotexnologiyalar”, 
“Ijtimoiy 
tarmoqlar”, 
“Zamonamiz qahramonlari”.
Taklif etilayotgan dastur loyihasiga koʻra, ona tilini oʻrgatishda darslar uchun lingvistik 
mavzular emas, balki nutqiy mavzular asos qilib olinadi. Darslikdagi matnlar, mashq va 
topshiriqlar ana shu nutqiy mavzu doirasida tuziladi. Bunday darslarda oʻquvchi ona tilning 
ijtimoiy-amaliy ahamiyatlarini oʻrganish bilan birga, olam haqidagi ensiklopedik bilimlarni ham 
oʻzlashtirib boradi. Uning dunyoqarashi oʻz ona tili qamrovida kengayib boradi. Oʻz-oʻzidan 
oʻquvchi til har qanday ilmning bilish vositasi ekanini intuitiv tarzda boʻlsada anglay boshlaydi. 
Turli vaziyatlarda ona tilidan samarali hamda toʻgʻri foydalanish koʻnikmalarini egallaydi. 
Tilning xos qonuniyatlari, grammatik qoidalar esa shu darsdagi mashq va topshiriqlarga 
singdirib yuboriladi. 
Nutqiy mavzularni belgilashda quyidagi muhim omillarni nazardan qochirmaslik zarur: 
1.
Nuqiy mavzuning oʻquvchi yoshiga mutanosibligi; 
2.
Nutqiy mavzuning amaliy ahamiyati, dolzarbligi; 
3.
Nutqiy mavzuning belgilangan til kompetensiyalari, malaka talablarini ochib 
berishdagi potensiali; 
4.
Nutqiy mavzuning qamrovi, bir necha soat uchun moʻljallanishi. 
Nutqiy mavzuni belgilashda oʻquvchi yoshini hisobga olish juda muhim sanaladi. Bu 
oʻrinda, shu yoshdagi bolaning idroki, oʻzlashtirish qobiliyati, yoshiga belgilangan til malaka 
talablari, ijtimoiy ehtiyojlari, qiziqishlari, soʻz boyligi, oʻqish tezligi va shu kabi boshqa omillar 
hisobga olinishi shart. Aks holda tanlangan mavzu oʻquvchiga murakkablik qilishi, oqibatda u 
shu mavzu doirasida berilgan til kompetensiyalarni oʻzlashtira olmasligi mumkin. 
Nutqiy mavzuning amaliy ahamiyati, dolzarbligi deganda bu mavzuning inson hayotidagi 
oʻrni nazarda tutiladi. Yaʼni tanlangan mavzu faqatgina til kompetensiyalarni oʻzlashtirish uchun 
vosita emas, balki hayotiy bilim va koʻnikmalar manbayi boʻlishi ham zarur. Ayni damda, 
mazkur mavzu bolaning hayotida muayyan amaliy ahamiyat kasb etishi ham lozim. Masalan, 1-
sinflar uchun belgilangan “Mening oilam” mavzusi doirasida oʻquvchi qarindoshlikni bildiruvchi 
soʻzlar va kishilarning ismlarini bildiruvchi soʻzlarni ajrata olish, bu soʻzlarning imlosini bilish 
kabi koʻnikmalarni egallash bilan birga oilaning muqaddasiligi, oilaning ijtimoiy ahamiyati, 
oilaga xos muayyan anʼanalar haqida muhim bilimlarni oʻzlashtiradi. Yoki 2-sinflar uchun 
belgilangan “Qoʻriqlanadigan hayvonlar” mavzusi doirasi oʻquvchi hayvon nomlari va 
hayvonlarga atab qoʻyilgan nomlar imlosi kabi grammatik koʻnikmalarni egallash bilan birga, 
Oʻzbekistonning noyob tabiati, Qizil kitob va unga kiritilgan hayvonlar, tabiat qoʻriqxonalari 
haqidagi qiziqarli hamda kerakli bilimlarni oʻzlashtiradi. 3-sinflar uchun belgilangan “Oʻzim 
xarid qilaman” mavzusida nutqiy mavzularning amaliy ahamiyati yaqqolroq koʻrinadi. Bu 
mavzu doirasida oʻquvchi sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi muloqotda qoʻllaniladigan til birliklari, 
ularning talaffuzi va imlosi, soʻzlarga soʻroq berish orqali miqdorni bildiruvchi va hisob 
soʻzlarni aniqlash, -ta qoʻshimchasi yordamida miqdor sonlarni hosil qilish kabi grammatik 
koʻnikmalarni egallash bilan birga, bu bilimlari amalda, bozor yoki doʻkondagi xarid 
jarayonlarida ham qoʻllay oladi. 
Har qanday nutqiy mavzu ham dasturda belgilab qoʻyilgan til kompetensiyalari va 
malaka talablarini ochib berishda mos kelmasligi mumkin. Shu sababli mavzu tanlashda bu 
mavzuning tildagi muayyan grammatik qonuniyatlari qamrab olishiga eʼtibor qaratish zarur. 
Misol uchun, “Mening mahallam” mavzusining joy nomlari imlosi, atoqli otlarni bilish, “Bolalar 
qoʻshiqlari” mavzusining unli tovushlarni ajratish, “Qizil kitob” mavzusining hayvonlarga atab 
qoʻyilgan nomlar imlosini bilish kabi malaka talablarini qamrab olishi oldindan nazarda tutilgan. 


522 
Tanlangan nutqiy mavzuning qamrovi keng boʻlishi zarur. Zero, bir mavzu doirasida bir 
necha soatlik dars oʻtilishi nazarda tutiladi. Demak, tanlangan nutqiy mavzuning qamrovi bir 
nechta matn, turli mashq va topshiriqlar tayyorlanishi uchun yetarli darajada boʻlishi talab 
yetiladi. Bundan tashqari, oʻquvchining bir necha soat davomida bir mavzu doirasida darsga 
tayyorlanishi uning zerikib qolishiga olib kelmasligi kerak. Shu maʼnoda, mavzu qanchalik keng 
boʻlsa, unga bogʻliq biri ikkinchisini takrorlamaydigan matnlar, qiziqarli mashq va topshiriqlar 
tayyorlashning imkoni koʻproq boʻladi. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish