Tili va adabiyoti universiteti


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet411/464
Sana03.03.2022
Hajmi6,85 Mb.
#481675
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   464
Bog'liq
Merobdan-caenda-kullanilgan-frazeologik-birliklar-va-ularning-uslubij-hususiatlari

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Абдураҳмонов Д.. Ўзбек шевалари морфологиясининг ўрганилиши // Ўзбек 
шевалари морфологияси. Тошкент, Фан, 1984. 248-271-бетлар. 
2.Малахов А. Г. Русская диалектология: теория и практика. Учебное пособие. 
Владимир, 2013. 111 с.
3. Қаранг: Ўзбек халқ шевалари луғати. – T., Fan, 1971. 
4. Абдуллаев Ф.А. Диалектал луғат тузиш принциплари // ЎТА. Т.,1966. 2-сон. 35-
41-бетлар. 
5. Мирзаев М. Диалектал сўзлар // Ўзбек шевалари лексикаси. – Т., 1966. 114-326-
бетлар. 
 
Chet elliklarga oʻzbek tilini oʻqitishning oʻziga xosliklari 
Characteristics of teaching uzbek language to foreigners 
 
Adilova Saodat Abdurahimovna
*
*
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti. saodat_adilova@mail.ru 


490 
Annotation. 
This article discusses the issue of teaching Uzbek as a foreign language. It 
examines the directions, tends that exist in teaching a foreign language, analyzes Uzbek lessons 
conducted in intensive form based on integrative approach.
 
Key words:
language teaching, Uzbek language and culture, authentic materials, 
integrative method, intensive course. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-sonli «Oʻzbek 
tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 
Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vaziri tomonidan 2019-yilning 11-dekabrida 
tasdiqlangan «Oʻzbek tilining davlat tili sifatida qoʻllanilishini kengaytirish, rivojlantirish, ilmiy 
tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash, oʻqitish metodikasini takomillashtirish boʻyicha 2019-2020-
yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi» ona tilimizning yurtimizda va dunyo miqyosida 
yanada keng targʻib qilinishiga katta imkoniyatlarni yaratdi. 
Xorijiy davlat vakillarining Oʻzbekistonga, oʻzbek tili va madaniyatiga boʻlgan qiziqishi 
tobora ortib bormoqda. Maqola muallifi tomonidan soʻnggi yigirma yil davomida Oʻzbekistonga 
turli maqsadlarda tashrif buyurgan xorijiy fuqarolarga oʻzbek tili oʻrgatib kelinadi. 
Oʻrganuvchilar orasida, masalan, Nizomiy nomidagi TDPUga ilmiy tadqiqot bilan shugʻullanish 
uchun Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy kabi davlatlardan kelgan yosh olimlar, 
talabalar, shuningdek, Buyuk Britaniya, Malayziya, Luksemburg kabi davlatlardan yurtimizga 
kelgan tadbirkorlar ham bor. Turli mamlakat vakillariga dars berish jarayonida orttirilgan tajriba 
AQSHning Arizona davlat universitetida soʻnggi oʻn yil davomida oʻzbek tili va madaniyatidan 
darslar olib borishda qoʻl kelmoqda.
Aslida har bir mamlakatda chet tillarni oʻqitishning yillar davomida shakllangan va 
sinalgan oʻziga xos metodlari mavjud boʻladi. Bunda mamlakatning geosiyosiy holati, boshqa 
davlatlar bilan munosabati, kun konyukturasi, oʻqitish sharoitlari, milliy mentalitet, 
oʻrganilayotgan tillarning davlat tiliga yaqinlik darajasi va amaliy ahamiyati kabi omillar hisobga 
olinadi. Masalan, AQShda chet tillarni oʻqitishning bir qator metodlari mavjud boʻlib, ular 
hozirgi kunda oʻqituvchilar tomonidan uygʻunlashtirilgan holda qoʻllaniladi. Shunday 
metodlardan ayrimlari quyidagilar:
- tarjima metodi (asosan oʻlik tillarni oʻrganishda qoʻllaniladi, soʻzlar va grammatik 
qoidalar yod olinadi); 
- ogʻzaki metod (oʻqituvchi monologini qayta soʻzlash va matn boʻyicha savollarga javob 
berish tizimiga asoslaniladi); 
- psixologik metod (soʻz va soʻz bildirgan tushuncha oʻrtasida assotsiatsiyalarni topishga 
asoslaniladi); 
- toʻgʻridan toʻgʻri oʻrgatish metodi (chet til ona tiliga yoki biror boshqa tilga murojaat 
qilmasdan, umuman tarjimadan foydalanmagan holda oʻrgatiladi); 
- oʻqish metodi (talaba oʻrganilayotgan tilda qancha koʻp matn oʻqisa, u mazkur tilning 
xususiyatlarini, grammatik qoidalarini, gap qoliplarini shunchalik koʻp oʻzlashtiradi va shu tariqa 
tushunish, gapirish, yozish koʻnikmalari ham rivojlanadi) va boshqa metodlar. 
AQSH universitetlarida chet tilni oʻqitishdagi u yoki bu metodni tanlash ta'lim 
muassasasiga bogʻliqdir: davlat ta'lim muassasalari odatda davlat tomonidan tasdiqlangan 
ta'limiy dasturlar doirasida ish koʻradi, xususiy universitetlar esa istalgan metodikani tanlash 
huquqiga egalar. Binobarin, mazkur mamlakatda mavjud boʻlgan barcha metodikalar amaliyotda 
sinab koʻrilgan, samara bergan va toʻlaqonli asoslangandir. Biroq, tajribada isbotlanishicha, 
alohida olingan bu metodlarning hech biri universal metod hisoblanmaydi, hech biri istalgan 
auditoriya va maqsadlar uchun qoʻl kelavermaydi. Yuqorida aytilganidek, koʻpgina metodlar 
qorishiq holda qoʻllaniladi. Masalan, avval tarjima metodi va toʻgʻridan-toʻgʻri oʻrgatish 
metodlari tamomila qarama-qarshi metodlar sifatida ishlatilgan boʻlsa, keyinchalik ularning eng 
qiziqarli va samarali jihatlari bir konsepsiyaga birlashtirildi va bu metod aralash metod sifatida 


491 
tanildi. Dastlab amerikalik metodist, professor Piter Xegboldt tomonidan ishlab chiqilgan va turli 
auditoriyalarda sinab koʻrilgan aralash metoddan bugungi kunda Angliya, Germaniya, Belgiya, 
Fransiya kabi bir qator mamlakatlarda ham foydalanilmoqda. Mazkur metod asosan intensiv 
oʻqitish kurslari uchun moʻljallangan boʻlib, u qisqa vaqt ichida oʻquvchining kundalik 
turmushga oid mavzularda oʻz fikrini ogʻzaki va yozma tarzda erkin bildira olishi, u qadar 
murakkab boʻlmagan boshqa mavzulardagi matnlarni tushunishi, grammatika boʻyicha zaruriy 
minimumni egallashini ta'minlashi kerak.
Shu bilan birga, AQSHda boshqa bir qator mamlakatda boʻlgani kabi, “suggestopediya” 
nomi bilan tanilgan metodika keng rivoj topdi, uning muallifi - bolgar pedagogi G.Lozanov 
[Lozanov, 2005: 2]. Ta'limni intensifikasiyalash va gipnoz bilan bogʻliq boʻlgan bu metod 
turlicha baholangan, tanqid ostiga ham olingan, olqishlangan ham. Biroq uning natijalari 
hayratlanarlidir. “Suggestopedia” asosida dars olib boradigan pedagoglar maxsus 
tayyorgarlikdan oʻtadilar. Bunda ta'lim oluvchilarning yangi tilni tezkorlik bilan oʻrganishlari 
uchun maksimal qulay sharoit yaratiladi, har bir oʻquvchi oʻzining gʻayrioddiy lingvistik 
qobiliyatlari borligiga ishontiriladi, dars harakatda va oʻyinlar yordamida oʻtkaziladi, 
shuningdek, materialni qabul qilishni yengillashtirish maqsadida musiqiy ta'sir oʻtkaziladi, 
doimiy ravishda multimedia vositalaridan foydalaniladi va hokazo. Mazkur metod qoʻllanganda 
tilni oʻrganish tezligi qirq-ellik barobar oshadi, chunki kuniga yod olinadigan soʻzlar va jumlalar 
soni odatiy metodikadagi raqamlardan ancha koʻp (qayd etilgan rekord - bir kunda mingga yaqin 
yangi soʻz va ibora). 
Shimoliy Amerikaning bir qator universitetlarida yoz oylarida turli tillarni intensiv 
oʻrgatuvchi maxsus kurslar tashkil etiladi. Jumladan, Arizona davlat universiteti Kritik tillar 
institutida 2007-yildan beri oʻzbek tili va madaniyatidan dars beriladi. Kurslarda qatnashayotgan 
talabalarning aksariyati poliglotlardir, ular uch va undan ortiq tilni egallaganlar va yozgi intensiv 
kurslarga boshqa bir tilni, madaniyatni oʻrganish niyatida keladilar. Xoʻsh, yoshi, kasbi, kelib 
chiqishi turlicha boʻlgan bu amerikaliklarni oʻzga tillarni oʻrganishga nima majbur qiladi? 
Avvalo, mamlakatda har xil tilda soʻzlashuvchi immigrantlarning koʻpligi. Ikkinchidan, bir 
nechta chet tilni bilish kishilarning liberalligidan dalolat beradi, ular nafaqat oʻzining tili va 
madaniyatini biladilar, sevadilar, balki oʻzga millat vakillariga ham hurmat bilan qaraydilar. 
Aynan shu sababli amerikalik oʻquvchi-talabalar ta'lim bosqichlarida oʻz xohishlariga koʻra bir 
yoki bir necha tilni tanlash va oʻrganish huquqiga egalar. Umuman olganda, har bir talabaning 
chet tilni, xususan, oʻzbek tilini oʻrganishdan oʻz maqsadi bor: shaxsiy qiziqish, ya'ni oʻzbek 
tilini yoqtirgani tufayli, xalqaro biznes bilan bogʻliq tashkilotga ishga kirish uchun Markaziy 
Osiyo tillaridan birini bilishi kerak boʻlgani uchun, “Til ta'limiga oid kompyuter resurslari” deb 
nomlangan laboratoriyadagi faoliyatiga kerak boʻlgani uchun, ilmiy-tadqiqot ishi aynan yurtimiz 
tarixi yoki madaniyatimiz bilan bogʻliq boʻlgani sababli, yoki Oʻzbekistondagi tarixiy obidalarni 
koʻrishni orzu qilgani va oʻzbek xalqining tilini bilish boshqa turkiy xalqlarning tilini va 
madaniyatini oʻrganishga asos (baza) boʻla olishi tufayli va hokazo. Bu kabi sabab va maqsadlar 
esa tilni intensiv ravishda oʻrganish uchun kuchli motivatsiya boʻlib xizmat qila oladi.
Intensiv kurslarda biror til va madaniyat boʻyicha olib boriladigan darslarda koʻpincha 
autentik vositalardan, multimedia resurslaridan, integrativ metod asosida yozilgan darslik va 
oʻquv qoʻllanmalaridan foydalaniladi. Shu bilan birga, har bir oʻqituvchi mavjud boʻlgan 
metodlarni oʻz guruhining bilim saviyasi, oʻquv vaziyat, mavzu kabilarga moslashtirgan holda 
oʻzgartirib qoʻllay oladi. 
AQSHda davlat ta’lim departamenti (American Council of Teachers of Foreign 
Languages) tomonidan belgilab berilgan standartga muvofiq istalgan ikkinchi til integrativ 
metod asosida oʻqitiladi. Shu bilan birga standartlarda “5 ta C” tamoyiliga amal qilish lozimligi 
ham ta’kidlangan, ya'ni Communications, Cultures, Connections, Comparisons and Communities 
(muloqot, madaniyat, aloqa, qiyoslash, hamkorlik kabi beshta amalga rioya qilinishi kerak). Har 
bir oʻquv qoʻllanma, har bir dars shu beshta “C” ni oʻz ichiga olishi shart. Shu oʻrinda ta’kidlash 


492 
lozimki, amerikaliklar maxsus kurslarni yoki qoʻllanma va elektron resurslarni nomlashga 
ehtiyotkorlik bilan yondashishadi, masalan, “Oʻzbek tili fonetikasi” deb emas, “Oʻzbekcha 
talaffuz” deb nomlashni ma’qul koʻrishadi [Intensive Methods of Teaching Uzbek Language, 
2006]. 
Amerika universitetlari qoshidagi Markaziy Osiyo tillarini oʻrganish institutlari va 
markazlarida oʻzbekcha sun'iy til muhitini yaratish masalasi ijobiy hal boʻlgan. Yuqorida sanab 
oʻtilgan holatlar buning dalilidir. Bulardan tashqari, “Til ta'limiga koʻmaklashuvchi kompyuter 
resurslari” deb nomlangan laboratoriyada istalgan bosqich uchun multimedia dasturlari ishlab 
chiqilgan. 
AQSHning oliy ta'lim muassasalarida oʻqitiladigan fanlar, xususan, ikkinchi til boʻyicha 
tuzilgan dastur (syllabus) lar alohida e'tiborga loyiq, chunki aynan shu dasturlarda koʻrsatilgan 
talablar, mazmun, erishiladigan natijalar roʻyxati talabalarning nafaqat tilni bilishi, balki oʻzbek 
turmush tarzi, madaniyatiga xos boʻlgan tushunchalardan xabardor boʻlishini taqozo etadi.
Shu bilan birga, integrativ metodda til ta'limidagi toʻrt xil amal (gapirish, tinglab tushunish, 
oʻqish, yozish)ni oʻrganish va grammatik bilimlarni egallash zarurligi inkor etilmaydi. Aksincha, 
oʻzbek tilini oʻrgangan talabalar markazlashtirilgan tarzda Performance Testing Project (PTP) 
nomli sinov testlarini topshiradilar. Mazkur tekshiruvga oid yoʻriqnomada talabaning tilni 
egallaganlik darajasini belgilash mezonlari keltirilgan. Ularga koʻra, tilni bilishning boshlangʻich 
(novice 1, novice 2), oʻrta (intermediate 1, intermediate 2) va yuqori (advanced 1, advanced 2) 
darajalari ajratiladi. Har bir daraja uchun leksik-frazeologik minimumni egallash, grammatik 
qoidalarni bilish, muayyan hajmda va murakkablikdagi matnlarni tinglab tushunish, tuzish, 
yozish, oʻqish boʻyicha talablar ishlab chiqilgan, misollar yordamida tushuntirilgan. Topshirilgan 
imtihon natijalari talabaning keyingi faoliyati yoki ta’lim olishida muhim ahamiyatga ega 
boʻladi. 
Arizonadagi mashgʻulotlarda, asosiy adabiyot sifatida Indiana universiteti mutaxassislari 
tomonidan nashr ettirilgan “Oʻzbek tili. Boshlangʻich bosqich” darsligi qoʻllaniladi [Azimova, 
2010]. Har kungi darsda, muayyan nutqiy mavzu boʻyicha yettita boʻlim qamrab olinadi: suhbat, 
nazariy ma’lumot, oʻqish, yozish, madaniyatga oid ma'lumotlar, qoʻshimcha autentik materiallar, 
ta'limiy oʻyinlar. Mashgʻulot davomida gazeta maqolalari, oʻzbek filmlari, telekoʻrsatuvlari, 
radioeshittirishlari, qoʻshiq, kuy va kliplar, fotosuratlar, oʻzbek turmush tarziga xos boʻlgan va 
Oʻzbekistondan keltirilgan predmetlar kabi turli xil vositalardan, “Jigsaw reading”[Aronson, 
2008: 20], “Socratic seminar”, “Philosophical Chair” [Haug, 2013: 31] kabi metodlardan, 
youtube, mtrk.uz, ziyonet.uz, tdpu.uz saytlaridan foydalaniladi. Har haftaning soʻnggi kuni 
oʻtkaziladigan nazorat ishida hafta davomida egallangan bilim, koʻnikma, malakalar kompleks 
tekshiriladi. Erishilgan natijalarga koʻra ta'kidlash mumkinki, integrativ metod asosida tashkil 
qilingan darslar yaxshi samara beradi – talabalar tilni qisqa vaqt ichida oʻrganish imkoniga ega 
boʻladilar, ularning kommunikativ kompetentlik darajasi sezilarli ortadi. 2020-yil yoz oylaridagi 
tajriba shuni koʻrsatdiki, onlayn shaklda ham oʻzbek tilini intensiv oʻqitish va yaxshi natijalarga 
erishish mumkin. Hatto masofadan oʻqitishning oʻziga xos bir qancha qulayliklari ham borki, 
ular til ta'limiga yangicha yondashuvni talab qiladi, turli sharoitga moslashuvchan metodikalarni 
yanada rivojlantirish zarurligini koʻrsatadi. 

Download 6,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish